13.1-rasm. Buxgalteriya hisobotlarining turkumlanishi. Moliyaviy hisobotda korxona faoliyatidan olinadigan moliyaviy natijalar, ulaming iqtisodiy tavsifiga muvofiq turlari bo'yicha guruhlanib aks ettiriladi. Aktivlar, passivlar va kapital balansda korxona moliyaviy holatini bevosita baholaydigan elementlarga kiradi.
O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagi asosiy shakllami o'z ichiga oladi:
buxgalteriya balansi;
moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot;
. asosiy vositalar harakati to'g'risidagi hisobot;
pul oqimlari to'g'risida hisobot;
xususiy kapital to'g'risida hisobot;
izohlar, hisob-kitoblar va moliyaviy hisobotga tushuntirishlar.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi o'zgarishlami ko'rsatadi. Bunday axborotlardan ko'plab iste’molchilar quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
kreditlar berish bo'yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul qilish uchun;
subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;
d) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to'g'risida tasavvurga ega bo'lish.
Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ulami to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo'riqnoma 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Yillik moliyaviy hisobot shakllarini tuzishdan oldin katta tayyor- garlik ishlari amalga oshiriladi. Uning mazmuni hisob ma’lumotlarining mulklar va manbalarining haqiqiy mavjud qoldiqlariga mosligini tasdiqlash bilan belgilanadi.
Shuning uchun yillik balansni tuzishga yil davomida tuziladigan balanslarga qaraganda juda yuqori ishonchlilikni ta’minlash talabi qo'yiladi.
Bunda tayyorgarlik ishlarining negizi barcha turdagi xo'jalik mablag'lari va mablag‘lar manbalarini to'liq inventarizatsiya qilishdan iborat.
Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar bilan tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to'ldirilishini nazarda tutadi. Balansni tuzishdan oldin analitik hisob schotlari bo'yicha qoldiqlar va oborotlar bosh daftardagi schotlar bo'yicha qoldiqlar va oborotlar bilan solishtirilib, tekshirilishi lozim. Bunda ulaming tengligiga ishonch hosil qilish zarur.
Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma’lum talablar qo'yiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini baholash qoidalariga rioya qilish kerak.
Xo'jalik yurituvchi subyektning mulklari va majburiyatlarini baholashning umumiy tartibi 0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidangi qonunining 12-moddasida belgilangan.
Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining bahosini shakllantirish tamoyillari quyidagi yondashuvlami nazarda tutadi;
pul to'lash yo'li bilan sotib olingan mulklar sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo'yicha baholanadi;
bepul olingan mulklar balansda hisobga olingan sanadagi bozor bahosi bo‘yicha aks ettiriladi;
x xo'jalik yurituvchi subyektning o'zida tayyorlangan mulklar ulanti tayyorlash xarajatlarining summasi bo'yicha balansga qabul qilinadi;
> asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiya hisoblash xo'jalik yurituvchi subyektning moliya-xo'jalik faoliyati natijalari qanday bo'lishidan qat’i nazar amalga oshiriladi;
r asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar balansda qoldiq qiymati bo'yicha baholanadi;
> mulklar va majburiyatlami baholashning boshqacha uslublari amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid bo'lmagan hollarda ruxsat etiladi.
Buxgalteriya hisobotlari shakllariga qo'yiladigan umumiy talablar ularda bo'yab tuzatish va noaniqliklar bo'lmasligini nazarda tutadi. Agar shakllarda xatolar aniqlansa, ular o'matilgan qoidalar bo'yicha tuzatilishi lozim.
Buxgalteriya hisobotlarida aniqlangan xatolar ular qaysi davrga taalluqli bo'lishlaridan qat’i nazar hisobot davridan keyingi birinchi davrda (chorakda, yil boshidan) tuzatilishi lozim. Tuzatishning bunday varianti ichki audit xizmad yoki nazorat organlari tomonidan aniqiangan, tekshiruvlar va inventarizatsiya chog'ida aniqlangan noaniqliklami tuzatishga ruxsat etiladi.
Tuzatishlar tegishli tarzda izoh berilib, tuzatish sanasi ko'rsatilgan holda railbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga qo'yiladigan talablar, umuman olganda joriy buxgalteriya hisobini shakllantirishga qo'yiladigan talablarga mos keladi.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashki- lotlar tomonidan yoki buxgalteriya hisobiga doir mutaxassis bilan fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida yuritiladigan tashkilotlarda buxgalteriya hisobotlari xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari hamda hisobni yurituvchi chet tashkilot vakili yoki mutaxassis tomonidan imzolanadi.
3. Umumlashtirilgan (konsolidatsiyalangan)
moliyaviy hisobot Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ma’lum yuridik va moliya-xo‘jalik munosabatlarida bo'lgan ikki va undan ortiq korxo- nalaming hisobotlarini umumlashtirishdan iborat. Konsolidatsiyalash metodologiyasi va texnikasi xalqaro hamda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlaming milliy standartlarida ishlab chiqilgan va bayon qilingan. Konsolidatsiyalashning maqsadi korporativ gumhga kiruvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar to'g'risidagi axborotlami yagona xo'jalik yurituvchi subyekt sifatida umumlashtirilgan holda taqdim etishdan iborat. Bunda korporativ guruhga kiruvchi har bir mustaqil korxona barcha xo'jalik muomalalarini amaldagi standartlarga muvofiq hisobga olishi va ulaming natijalarini moliyaviy hisobot ko'rinishida rasmiylashtirishi lozim.
Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash XIX asming o'rtalarida AQSHda, kapitalning konsentratsiyalashuvi va kompaniyalaming birla- shishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham konsolidatsiyalash masalalariga kirishilgan. Hozirgi vaqtda ikki va undan ortiq korxonalarning birlashishi, xoldinglar, korporatsiyalar va moliya-sanoat gunihlarining tashkil etilishi mamlakatimiz amaliyotida ham keng tus olmoqda. Konsolidatsiyalashning zarurligi uning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Agar korporativ guruhga kiruvchi korxonalar turli mamlakatlarda joylashgan bo'Isa, guruhning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotini tuzishda ulaming hisobot ma’lumotlari yagona valutaga keltiriladi. Guruhga kiruvchi korxonalar bosh kompaniya bilan bitta mamlakatda joylashganda, ulaming moliyaviy hisobotlarini bitta valutaga keltirishga ehtiyoj bo'lmaydi va konsolidatsiyalashning yagona usiublaridan foydalaniladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 17-moddasi, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq tuziladi. Bunda bosh korxonadan ajralib chiqib faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar guruhi uchun umumlashgan moliyaviy moddalami tuzish va taqdim qilish to'g'risida so'z yuritiladi. Qonunning mazkur inoddasiga muvofiq bir yoki bir necha sho'ba korxonalar, filiallar va vakolatxonalariga ega bo'lgan korxonalar umumlashgan moliyaviy hisobot tuzadilar.
Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Umumlashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.
Bosh korxonaning sho‘ba korxonalarga qo'shgan hissalari uning moliyaviy hisobotida moliyaviy qo‘yilma sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo'linmalarini, ulaming balanslari va hisobot shakllarini belgilangan tartibda tegishli yuridik shaxsning umumlashtirilgan hisobotiga kiritish sharti bilan mustaqil balansga ajratib chiqarishlari mumkin.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot, agar bosh kompaniya o'zining barcha sho‘ba korxonalarini yopib, ular faoliyatini boshqanshni bitta yuridik shaxs doirasida amalga oshirganida, kompaniyaning hisoboti qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot rahbariyatga va kor- porativ guruhga kiruvchi korxonalaming kuzatuv kengashiga, shu- ningdek, mavjud va potensial investorlar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va davlat kabi tashqi axborotdan foydalanuv- chilarga ham taqdim etiladi. Shunisi bilan u axborot funksiyasida yopiq bo'ladi.
Axborotlardan tashqi foydalanuvchilar uchun konsolidatsiyalangan hisobot xususiy balanslaming cheklanganliklarini bartaraf etadigan, qo'shimcha axborot manbai hisoblanadi. Konsolidatsiyalangan hisobot bosh kompaniya uchun o'z hisobotini o'ziga xos «kengaytirish» va «to'ldirish» hisoblanadi.
Yuqorida bayon qilinganlami umumlashtirgan holda shuni ta’kid- lash joizki, konsolidatsiyalangan hisobot bir necha xususiyatlarga ega:
konsolidatsiyalangan hisobot yuridik mustaqil korxonaning hisoboti hisoblanmaydi. Uning maqsadi korporativ guruh faoliyatining natijalari to‘g‘risida umumiy tasawur shakllantirishdan iborat. U aniq axborot bilan ta’minlash va tahlil uchun yo'naltirilgan;
korporativ guruh a’zolari hisoblangan korxonalar o'rtasidagi kelishuvlar konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga kiritilmaydi. Unda faqat aktivlar va majburiyatlar, tashqi kontragentlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha daromadlar va xarajatlar ko‘rsatiladi. Har qanday korporativ guruh ichidagi moliya-xo'jalik operatsiyalari identifikatsiyalanadi va konsolidatsiyalash jarayonidan chiqarib tash- lanadi (konsolidatsiyalanayotgan hisobotga kiritilmaydi). Konsolidatsiyalash bosh kompaniya tarkibiga kiruvchi kompaniyalar moliyaviy hisobotlarining bir xil nomdagi moddalarini oddiy (arifinetik) jamlash emas;
guruhlar hisoboti birlashma tarkibiga kiruvchi har bir kompaniyaning moliyaviy ahvoli va faoliyat natijalari to‘g‘risidagi umumlashgan axborotlami aks ettiradi. Bu demak, bitta sho'ba korxonaning foydasi boshqasining zararini «yashirishi», bitta sho‘ba korxonaning mustahkam moliyaviy ahvoli boshqasining potensial to‘lov layoqatini «yashirishi» mumkin;
agar korporativ guruh biznesning har xil turlari bi Ian shug'ullanuvchi kompaniyalardan iborat bo'lsa, u holda mazkur guruh bo‘yicha konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ayrim muhim tafsilotlami ochib bermasligi mumkin. Guruh faoliyatining har biri segmenti to‘g‘risida qo'shimcha axborotlar yetishmagan hollarda esa №27 MHXS va YH Yettinchi direktivasi bunday ochib berishni talab qiladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotning ushbu xususiyatlari uning guruh faoliyatidagi rolini to‘liq ochib berishga imkon yaratadi. Xususan:
guruh to‘g‘risidagi ijobiy fikrlami qo'llab-quwatlash va uning fond bozoridagi mavqeini mustahkamlash (korporativ guruh va guruhdagi boshqa kompaniyalar aksiyaiari kotirovkasining o'sishi) uchun butun guruh bo'yicha umumlashgan axborotni taqdim etish;
yagona iqtisodiy birlikning moliyaviy ahvolini va xo'jalik muomalalarini aniqroq tasvirlaydi, ammo alohida moliyaviy hisobotlarining o‘mini bosmaydi;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo'ladi;
korporativ guruh a’zolarining iqtisodiy o'zaro bog'liqliligi va o'zaro ta’sirini tavsiflaydi;
ushbu hisobot bosh kompaniyaning valutasida tuzilganligi sababli bosh kompaniya uchun nazorat funksiyasini ham bajaradi;
korporativ guruh faoliyatini moliyaviy rejalashtirish va moliya- lashtirishga ta’sir ko'rsatadi va b.
Moliyaviy hisobotlami konsolidatsiyalash zaruriyati eng avvalo axborotdan foydalanuvchilaming ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilarga aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar, korporativ guruhning boshqaruv xodimlari va davlat boshqaruv organlarini kiritish mumkin (13.2- rasm).