0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq boshqa ayrim turdagi xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun hisobotni taqdim qilishning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin.
Xo'jalik yurituvchi subyektlaming yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor banklar, biijalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko'chirish sarflarini to'lab undan nusxa olish huquqlariga egadirlar.
Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, sug'urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar biijalari, investitsiya fondlari hamda boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotini, ularda ko'rsatilgan ma’lumotlar to'g'riligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangach, hisobot yilidan keying! yilning birinchi mayigacha e’lon qilishlari shart.
Xo'jalik yurituvchi subyekt tugatilganida (bankrot, ixtiyoriy ravishda yoki boshqa asosda tugatilishi) sud yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan bankrot deb e’lon qilingan yoki tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan sanaga yakuniy moliyaviy hisobot tuzadilar. Xo'jalik yurituvchi subyektni tugatishga doir muomalalami hisobga olish, tugatish balansi va hisobotini tuzish uchun javobgarlik tugatish komissiyasiga yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektni tugatishni amalga oshiradigan boshqa organga yuklatiladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektning aktivlari tugatish balansida tugatish komissiyasi tomonidan aniqlangan bahoda, ya’ni ulami sotish mumkin bo'lgan baholarda baholanadi. Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Tugatilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektning majburiyatlari aniqlashtiriladi va ulami tuzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlar bilan birga qo'shib, tugatish balansida aks ettiriladi.
Nazorat savollari Buxgalteriya hisobotini ta’riflang.
Buxgalteriya hisobotlarining turlari, mohiyati va ahamiyati nimadan iborat?
Yillik buxgalteriya hisobotining tarkibi qanday?
Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining baholanishini shakllantirish tamoyillari qanday?
Buxgalteriya hisobotiga qanday talablar qo'yiladi?