Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xuquqiy va me’yoriy asoslari



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə139/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xuquqiy va me’yoriy asoslari.
Qisqa davr ichida respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimining shakllanib borishida olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan ko‘plab ilmiy, nazariy, amaliy ishlar qilindi va qilinmoqda. Masalan, 1996 yil 30 avgustda buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilindi.
XX asrning oxirlariga kelib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil tarzda xalqaro bozor maydoniga yuz tuta boshladi. Natijada boshqa sohalar kabi amaldagi buxgalteriya hisobi tizimida ham yangicha atamalar, fikrlash va qarashlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarish va islohotlarga moslashish talabi negizida an’anaviy buxgalteriya hisobi tizimida yangilanish bosqichini tez va og‘ishmay amalga oshirish natijasida Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) shakllana boshlandi. Hozirda Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining 24 ta standarti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi va uni rivojlantirish davom etmoqda.
Hisobning paydo bo‘lishi bevosita kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hisobdan foydalanishgan. qabila boshlig‘i o‘z qabilasini saqlab qolish uchun qaysi fasl qachon keladi, qabilasida qancha odam bor, ular uchun qancha oziq-ovqat to‘plash kerak kabi hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Dastlab hisob qurollari sifatida qo‘l barmoqlaridan foydalanilgan (ba’zi hollarda bu odatdan hozir ham foydalanamiz). Hozirda ham jamiyatning bir bo‘lagi hisoblangan har bir oilaning o‘z hisob-kitobi bor. Qaysi oilada hisob-kitob yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha oilaning turmush sharoiti yaxshi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hisob insonlarning hayotiy borlig‘i va hamkoridir.
Ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarda yuritilayotgan hisob siyosati o‘ziga xos prinsiplarga amal qilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Bux­galteriya Hisobi Milliy Standartlarining (BHMS) birinchi sonli standartida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning prinsiplari sifatida quyidagilar keltirilgan:

  • ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish;

  • uzluksizlik;

  • xo‘jalik muammolari, aktivlar va passivlarni baholash;

  • ishonchlilik;

  • ehtiyotkorlik;

  • mazmunning shakldan ustunligi;

  • ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;

  • moliyaviy hisobotning betarafligi;

  • aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;

  • hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi;

  • tushunarlilik;

  • ahamiyatlilik;

  • muhimlilik;

  • haqqoniy xolis taqdim etish;

  • tugatilganlik;

  • izchillik;

  • o‘z vaqtidalik;

  • offseting (moddalarning o‘zaro qoplanishi);

  • xolislik.

Buxgalter buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga ma’muriyat ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning maxfiyligini saqlashlari shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
Buxgalter ma’naviy qiyofasini ifodalovchi me’yorlari va belgilari metodologiya buxgalteriya xisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi. Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi.
Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag‘larni aks ettiruvchi axborotlarni shakllantiradi. Har xil jarayonlarda sodir bo‘ladigan operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag‘lar turi va manbalari juda ko‘pdir. Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirish, hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi.
Markazlashgan buxgalteriya hisobida barcha boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlar xo‘jalikning bo‘linmalarida tuzilib, markaziy buxgalteriyaga topshiriladi va u erda bu hujjatlarni ishlash, xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schyotlarida aks ettirish, choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzish amalga oshiriladi.
Markazlashmagan buxgalteriya hisobi yuritilganda dastlabki va yig‘ma natijalarni ishlash, sintetik va analitik hisobni yuritish hamda balans va hisobotlarni tuzish xo‘jalikning bo‘linmalarida amalga oshiriladi.



Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin