Uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati
kechiktirilgan uzoq muddatli sarflar
Tovar-moddiy zaxiralar
Kelgusi davr sarflari
Debitorlar (olinadigan schotlar) j
Uzoq muddatli investitsiyalar
O'matiladigan asbob-uskunalar
Pul mablag'lari, qisqa muddatli investitsiyalar va bosbqa joriy aktivlar 17.2-rasm. Korxona aktivlari(mablag'lari)ningturkumlanishi. Asosiy vositalarga yer, yemi obodonlashtirish, binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari, hisoblash texnikasi transport vositalari, ishchi hamda mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga o‘xshashlar kiradi.
Asosiy vositalami hisobga olish uslublari №5-»Asosiy vositalar» nomli BHMSda keltirilgan. (0‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazir- ligida 20-yanvar 2004-yil 1299-raqam bilan ro'yxatga olingan).
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, o'matiladigan asbob-uskunalar, карitai qo'yil- malar va uzoq muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Bulaming mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq to'xtalib o'tamiz.
Asosiy vositalar - korxona xo'jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko'rsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalami amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
№7-»Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq nomoddiy aktivlar - moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan, xo'jalik faoliyatida foydalanish maq- sadida nazorat qilinadigan, shuningdek, uzoq vaqt (bir yildan ko'p) ishlatish uchun mo'ljallangan mol-mulk obyektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida aktiv deb olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; o'lchanadigan; ahamiyatga molik bo'lgan; ishonchli bo'lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya’ni uni ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo'lgan hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xau», savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko'rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Korxonaning joriy aktivlarigz tovar-moddiy zaxiralari, kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan qarzlar, olinadigan schotlar (debitor qarzlar), pul mablag'lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar kiradi.
Xo'jalik yurituvchi subyekt aktivlari tarkibida joriy aktivlaming ro'yxati keng va xilma-xil bo'lib, ular doimo aylanishda bo'lganligi sababli uzoq muddatli aktivlarga qaraganda nisbatan yuqori likvidli hisoblanadi. Joriy aktivlaming naqd pulga aylantirish oson bo'lgan qismi yuqori likvidli deyiladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi mablag'laming ikkinchi qismini mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular kishi mehnati yo'naltiriladigan mablag'lardir. Mehnat buyumlari tarkibiga urug'lik ko'chatlar, yem- xashak, yosh chorva mollari va boquvdagi mollar, yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, yoqilg'ilar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr sarflari va boshqalar kiradi. Mehnat buyumlari ishlab chiqarish jarayonida qatnashib mehnat vositalaridan farq qilgan holda, bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotning tannarxiga to'Iiq o'tkazadi. Mehnat buyumlarining pulda ifodalangan yig'indisi aylanma ishlab chiqarish mablag'lari deb ataladi.
Tovar-moddiy zaxiralari korxonaning ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag'laridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag'lari quyi- dagilarga bo'linadi: ishlab chiqarish zaxiralari - o'stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, urug'lik va ko'chatlar, ehtiyot qismlar va ta’mirlash materiallari, neft mahsulotlari, qattiq yoqilg'i, mineral o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi qayta ishlanadigan vositalar, idish va idish materiallari, boshqa materiallar, ta’mirlashga va boshqa asosiy faoliyat ehtiyoji uchun ishlatiladigan qurilish materiallari, tugallanmagan ishlab chiqarish- kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlar, chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlari, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi xarajatlar, ustaxonalaming tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, kelgusi davr sarflari.
Zaxiralar, kapital qo'yilmalar va ta’mirlash xarajatlari (qurilma va materiallar) tugallanmagan kapital qurilish, kapital tuzatish xarajatlari kapital qo'yilmalar va kapital ta’mirlashdagi aylanma mablag'lar qatoriga kiradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovar qismi (ya’ni sotishga mo'l- jallangan qismi), pul mablag'lari debitorlar bilan hisoblashuvdagi va muomala jarayoniga xizmat qiluvchi mablag'lar muomala sohasidagi mablag'lami tashkil etadi.
Sotgan mahsulotlari uchun korxonalar pul oladilar va bu pullardan ishlab chiqarish vositalari (materiallar, urug'lik, neft mahsulotlari) sotib olish, ish haqi berish, davlat budjeti bilan hisoblashish va boshqa maqsadlar uchun foydalanadilar. Korxonaning pul mablag'lari bankning hisob-kitob schoti va maxsus schotlarida yoki kassada saqlanadi. Korxona ixtiyorida mahsulot sotishdan va xizmat ko'rsatishdan tushgan pullardan tashqari ishlab chiqarishni kengaytirishni budjetdan moliya- lashtirish yoki mavsumiy sarflami qoplash uchun olingan kredit shaklidagi pul mablag'lari ham bo'ladi.
Sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlar uchun pul mablag'lari kelib tushishi amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat bajarilgan vaqtidan kechikib sodir bo'ladi. Sotilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor bo'lgan kor- xonalar yoki ayrim shaxslar debitorlar, qarzning o‘zi esa (hisob- lashuvdagi mablag'lar) debitor qarz deb ataladi.
Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablag'lari amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar) ko'rinishida omborlarda, pul mablag'lari kassada yoki hisoblashuvda (debitor qarz) bo'lishi mumkin.
Noishlab chiqarishdagi mablag'larga iste’mol sohasidagi mablag'lar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi. Lekin ehtiyojlami qondirib, ulaming ishlab chiqarishi faoliyatiga jiddiy ta’sir ko'rsatadi.
2. Mablag'larning vujudga kelish manbalari va maqsadli
tayinlanishi bo'yicha turkumlanishi Xo'jalik mablag'larining mavjudligi va joylashuvi xo'jalikning iqtisodini to'liq tavsiflay olmaydi. Buning uchun manbalaming tegishligini bilish zarur.
Xo'jalik mablag'lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko'ra korxonaning o'z mablag'lari manbalari va majburiyatlari yoki qarzga olingan mablag'lar manbalariga bo'linadi (2.3-rasm).
Korxonaning o'z mablag'lari manbalari xususiy /capital, maqsadli tushumlar hamda kelgusi davr xarajatlari va to ‘lovlari uchun zaxira- lardan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq korxonaning xususiy kapitali: ustav kapitali, qo'shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.