Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


MAVZU: MUSTAQIL O‘ZBEKISTON DAVLATINING



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

 
12.MAVZU: MUSTAQIL O‘ZBEKISTON DAVLATINING 
TASHKIL TOPISHI. 
Reja: 
1. O‘zbekistonda suverenitet tendesiyasining kuchayishi va 
Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zgarishning boshlanishi. 
2. O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilinishi.
3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
Tayanch so‘z va iboralar.
Prezident Instituti, davlat boshlig‘i, 
Prezident vakolatlari, Mustaqillik Deklaratsiyasi, Mustaqillik asoslari. 
Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-
yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning Mustaqil Davlat deb 
e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida” 
hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi 
masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. 
1991-yil o‘rtalarida Markaziy hukumat olib borayotgan ichki 
siyosatni tahlil qildi. 19-21-avgust kunlari Moskva Favqulodda holat 
davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, respublikalar mustaqilligiga 
qarshi qaratilganligi xalqqa ro‘y-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari 
moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonunni qabul qildilar. So‘ngra 
reslublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. 
O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi, deb o‘zgartirildi. 
Mustaqillik belgilangan kun – 1-sentyabr 1991-yildan boshlab milliy 
bayram va dam olish kuni, deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga 
chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi. 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi 
Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha 
konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. Ushbu qonunda O‘zbekiston 
mustaqil demokratik davlat, deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy 
tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash 
qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy 
asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda 
O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z 


124 
borib, O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi 
haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilinishi 
bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish 
zarur edi. O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun 
mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yil 18-noyabrda 
Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi referendumini 
o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq, 29-dekabrda 
“Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat 
deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?” mavzuida referendum o‘tkazishga 
katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra, unda qatnashgan 
aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika 
gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida 
maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekslert 
guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish
Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy 
guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun 
loyihalarini 
ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish 
topshiriyatsi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-
noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi “O‘zbekiston Resiublikasining 
Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi” Qonun qabul qildi. O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‘i ulug‘ ajdodlarimizning aqida va 
maslayutariga mos keluvchi, millat tabiati xalqimiz ruhiyatidan kelib 
chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o‘zida aks ettirmog‘i 
kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi 
kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi. 
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X 
sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi” to‘g‘risida 
Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. 
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, 
boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuvlar tilla rangda, 
g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, torlar havo rangida, 
chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda 
berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-
dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir 
Abdulla Oripov va bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov tomonidan 


125 
tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi. Mustaqillik Konstitutsiyasi 
loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. 
Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor 
munosabatlariga o‘tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida 
demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini 
topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o‘rganib 
chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo‘limini 
alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil 
etildi. 
Ishchi 
guruh 
va komissiyalar 
1991-yilning oktyabrida 
Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yil bahorida ikkinchi nusxasini 
tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilning 26-sentyabrida umumxalq 
muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab 
takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib 
chiqildi. Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston 
Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul 
qilindi. Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 
moddadan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy 
prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi
Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh 
yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning ikkinchi bo‘limi 35 
moddadan iborat bo‘lib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, 
erkinliklari 
va 
burchlariga 
bag‘ishlangan. Bunda O‘zbekiston 
Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega 
ekanligi, 
O‘zbekistonning 
butun 
hududida 
yagona 
fuqarolik 
o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon 
erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat 
ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari, 
siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab 
ko‘rsatilgan. Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lish, mehnat 
qilish, nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan 
foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan 
va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi, deb 
ta’kidlab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar uchun Konstitutsiyada belgilab 
qo‘yilgan burchlar, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning 
tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, 
soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya 
qilish kabi burchlar majburiy ekanligi ta’kidlangan. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin