3
Ma’ruza mashg‘uloti materiallari
1- MAVZU. KIRISH. DAVLATCHILIK TUSHUNCHASI VA
UNING KELIB CHIQISHI
Reja
1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
2. Fanning o‘rganishning ahamiyati
3. Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi
Tayanch so‘z va iboralar.
Davlatchilik tushunchasi, qarindosh-
urug‘chilik jamoasi, hududiy qo‘shnichilik jamoasi, ijtimoiy mansablar,
davlat boshqaruvi, boshqaruv tasnifi,
rahbarlik, boshqaruv vazifalari,
ijtimoiy boshqaruv, davlatning vazifalari.
O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi salkam uch ming yillik tarixga
ega bo‘lib, umumjahon tarixining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda, turli
nomlar bilan atalishi, sulolalarning almashinuvi va o‘zgarishlari uning
butunligini va mohiyatini o‘zgartirmaydi. O‘zbek xalqi O‘zbekistonning
mahalliy tub aholisi bo‘lib, ularning tarixi eng qadimgi davrlarga borib
taqaladi.
O‘zbekiston hududida yashagan xalqlar jahon sivilizatsiyasiga
ulkan hissa qo‘shib kelganlar. Dunyoga ko‘plab buyuk siymolarni
yetishtirib bergan zaminimizda davlatchilikning
turli bosqichlarini
amaliyotdan o‘tkazilishi bugungi kundagi mukammal davlatchilik
bosqichiga ko‘tarilishi uchun xizmat qildi.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekistonning davlat mustaqilligi qayta
tiklanganligi e’lon qilindi. Xuddi shu kuni jamiyatimiz hayotiga
O‘zbekiston davlati, o‘zbek davlatchiligi tushunchalari kirib keldi.
To‘g‘ri, davlatchilik o‘zbek xalqi tarixi uchun yangilik emas, ammo 130
yillik mustamlaka davrida, ayniqsa, so‘nggi bir necha avlod nazdida
davlat, davlatchilik tushunchalari unut bo‘lgan edi. Chunki mazkur
davrda davlatning o‘zi yo‘qqa chiqarilgan edi. Demak,
endigi sharoitda
tarixchilar oldida turgan katta vazifalardan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri
O‘zbekiston davlati tarixini, o‘zbek davlatchiligi tarixini ilmiy asosda
o‘rganishdan iborat.
4
O‘zbek davlatchiligi tarixi fanining asosiy maqsad va vazifalari
jumlasiga quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar kiradi: O‘zbekistonda ilk
shaharsozlik
madaniyatining
shakllanishi
va
eng
qadimgi
davlatchilikning kelib chiqishida azaliy o‘troq aholining madaniyati hal
qiluvchi omil bo‘lganini yoritish, miloddan avvalgi IX-VIII va VII-VI
asrlarda ilk davlatchiligimiz taraqqiyoti
jarayonini chuqur va izchil
tadqiq qilish; Ahamoniylar bosqini, A.Makedonskiy va uning vorislari
davrida qadimiy davlatchiligimizni tiklash uchun kurashning mohiyatini
ochib berish, Kushonlar sulolasi davri tarixini o‘zbek davlatchiligi tarixi
sifatida talqin qilish, Buyuk ipak yo‘li, uning paydo bo‘lishi, rivojlanish
bosqichlari, uning vatanimiz tarixi taraqqiyotida tutgan o‘rnini ko‘rsatib
berish, ilk rivojlangan o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligining barcha
bosqichlari tarixini yaxlit tizim sifatida o‘rganish va uning jahon
sivilizatsiyasi rivojlanishidagi hissasini tadqiq qilish, XIV asr ikkinchi
yarmi XV asrda markazlashgan o‘zbek davlatchiligi
rivojlanishining
o‘ziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini, Amir Temurning jahon
tarixida tutgan o‘rnini yoritish, buyuk Boburiylar sulolasi davlatchilik
tarixini ham o‘zbek davlatchilik tarixining bir qismi sifatida talqin etish,
XVI-XIX asr birinchi yarmida o‘zbek davlatchiligining o‘ziga xos
xususiyatlarini, siyosiy tarqoqlik sharoitida boshqarish usullaridagi
nuqsonlarni, madaniyat, fan va san’at sohalaridagi tanazzul alomatlarini
o‘rganish, O‘zbekiston xalqini Chor Rossiyasi mustamlakachiligi va
Sho‘rolar
ibtidodi davridagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy
ahvoliga xolisona baho berish, o‘zbek davlatchiligi tarixining istiqlol
qo‘lga kiritilgandan keyingi eng yangi davrini har taraflama yoritib
berishdan iborat.
Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining
yemirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela
boshlanganligini kuzatish mumkin.
Dehqonchilikning
va
chorvachilikning
paydo
bo‘lishi,
hunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehnat qurollarining
takomillashishi mehnat unumdorligini oshishiga olib keldi. Ayni paytda
urug‘ jamoasi hududiy qo‘shni jamoasiga aylana bordi. Aholi joylashgan
yerlarni, dehqonchilik bilan mashg‘ul
vohalarni dushmandan himoya
5
qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish
va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining
boshlanishiga sabab bo‘ldi. Masalan, miloddan avvalgi 4-ming yillikda
Mesopotamiyada, mil. avvalgi 3-ming yillik boshlarida Misrda ilk
davlatlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tarixiga doir voqea va hodisalarning
tahliliga yangicha yondashish tufayli Markaziy Osiyoda, jumladan,
O‘zbekiston hududida dastlabki davlatlarining tashkil topishi tarixiga 3
ming yil bo‘ldi, degan ilmiy xulosaga kelish mumkin. Mil. avv. 1-ming
yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan
viloyatlarida ilk davlat birlashmalari paydo bo‘la boshlaydi.
Qishloqlar
kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi
viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markazi bo‘la boradi.
Avestodagi ma’lumotlar, Gerodot va Gekatey asarlari (Katta Xorazm),
shuningdek, Ktesiyning, Qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi
ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarining shakllanish
jarayonini Ahmoniylargacha bo‘lgan davrda deb hisoblaydilar va mil.
avv. IX-VII asrlar deb belgilaydilar.
Dostları ilə paylaş: