Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

 
3. Qadimgi Sug‘diyona 
Ilk temir davri O‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida 
muhim o‘rin egallagan Sug‘diyona o‘lkasi turli qadimgi manbalarda 
Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona nomlari ostida eslatib o‘tiladi. Bu 
nomlarning kelib chiqishi va ularning ma’nosi haqida hozircha aniq fikr 
yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar (V.Tomashek) bu nomni eroncha “SUS” – 
“yonmoq, yaltiramoq, nur taratmoq” so‘zidan olingan desa, ayrimlari 
(O.Smirnova) bu “Gava sug‘uda” atamasi “hosildor vohalar o‘lkasi” 
degan ma’noni beradi deb hisoblaydilar. Avestoning Yasht kitobida tilga 
olingan “Sug‘d makoni Gava” – Sug‘diyonaning eng qadimgi viloyati 
bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra (A.Sagdullayev), 
Gava (Gau) – “buqa”, “poda”, Qashqadaryo vohasi bilan bog‘lanadi. Bu 
so‘z viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takrorlanib saqlangan 
(Gavdara, Gauxona, Gaumurda, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar). 
Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, 
Samarqand, Qashqardaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atroflari) 
o‘z ichiga oluvchi Qadimgi Sug‘diyona va Sug‘diylar haqida ilk yozma 
manbalarda ma’lumotlar deyarli kam. Avestoda viloyatlarning nomi ikki 
xilda ko‘rsatilgan – Gava Sug‘da va alohida Sug‘da. Gerodot esa 
Sug‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining XVI satrap 
o‘lkasidagi xalqlarni sanab o‘tganda va forslarning qo‘shinlari safida 
jangchi – sug‘diylarning o‘rnini ko‘rsatib berganda tilga olgan. Ammo 
tarixchi Sug‘d shaharlari, daryolari, tog‘lari, hududiy chegaralari haqida 
bizga hech qanday ma’lumotlar qoldirmagan. Ahamoniylar mixxatlari 
Sug‘diyona haqida asosan rasmiy darajada e’lon qiladilar va turli xil 
tarixiy muammolarni o‘rganishda ulardan foydalanish og‘ir kechadi. 
Gekatey, Ktesiy va Ksenofont asarlarida Sug‘diylar haqida ma’lumotlar 
yo‘q. Aleksandr Makedonskiy davri va so‘nggi yunon-rim 
tarixshunoslari asarlarida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha keng 


14 
berilgan. Sug‘diyonadagi alohida joylarda, viloyatlar, qal’alar – 
Nautaka, Ksenippa, Maroqanda, Bagi, Basileya – “podsho shahri”, 
Politemet-Zarafshon, “Oksiart, Sug‘d qoyasi” va boshqa xabarlar shular 
jumlasidandir. 
Bu ma’lumotlar asosida turli fikrlarga ega bo‘lish mumkin. 
Dastavval, mil. avv. IV asrga kelib, sug‘diylarning hududiy joylashuvi, 
ularning yashash uchun foydalangan asosiy yerlarining chegaralari, 
daryo vohalari va viloyatlari aniqroq ko‘rinadi. Ammo bu jarayonning 
tarixiy an’analari – sug‘diylarning yoyilishi, o‘troq vohalarining paydo 
bo‘lishi va shu joylarda yirik shahar markazlariga asos solinishi yanada 
qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi viloyatlarning joylashuv 
hududlari anchagina muammoli masala bo‘lib, tadqiqotchilarning 
fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlariga (jumladan, 
Sug‘diyonaga ham) ko‘chmanchilarning hujumi bu hududlarda davlat 
uyushmalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. 
Ilk temir davri Sug‘diyonada alohida hududiy tartib guruhida bo‘lib, 
markaz vazifasini bajargan bir necha manzilgohlar turlari mavjud edi. 
Bular maydoni 5 gektardan 15 gektargacha bo‘lib, tuman – voha 
markazi vazifasini bajaruvchi markazlar – Daratepa, Konimex, 
Chordara; maydoni 20 gektardan 80 gektargacha bo‘lgan viloyat 
markazlari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan shaharlar – Uzunqir, 
Yerqo‘rg‘on, Xo‘ja Bo‘ston; bir necha viloyatlar markazi vazifasini 
bajaruvchi shaharlar – Afrosiyob (Maroqanda) va Buxoro kabilardir. 
Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, hunarmandchilik muassasalari 
yirik manzilgohlar ichida markazlashib boradi. Bu manzarani Afrosiyob 
topilmalari tasdiqlaydi. Bunday manzilgohlar asta – sekinlik bilan 
hunarmandchilik, savdo va madaniy markazlarga aylanib boradi. Bu 
jarayonda qadimgi yo‘llar nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lganligini 
ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Afrosiyob, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on kabi 
ko‘hna shaharlar O‘rta Osiyo shimoliy dasht hududlardan keluvchi 
yo‘llar ustida joylashgan. 
Sh.Odilov G‘arbiy Sug‘dda mil. avv. VI-V asrlardagi qishloqlar 
paydo bo‘lishini O‘rta Amudaryo tomonidan aholining kirib kelishi 
bilan bog‘laydi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyoda davlatchilik 
tarixining boshlanishi janubiy hududlarda boshlanib markaziy va 
shimoliy 
hududlarga 
yoyilgan 
deb 
hisoblanadi. 
Arxeologik 
manbalarning ma’lumot berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarga kelib O‘rta 
Osiyoning janubida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar 
anchagina 
murakkablashadi. 
Bu 
o‘rinda 
Qadimgi 
Baqtriya 


15 
ma’lumotlarini keltirib o‘tish joizdir. Agar Midiya saltanatining sharqiy 
chegaralari Shimoliy Parfiya va Ariyani o‘z ichiga olganligini hisobga 
oladigan bo‘lsak, midiyaliklarning Baqtriyaga harbiy xavf tug‘dirishi 
aniq edi va yana bir harbiy hujum xavfi shimoldagi ko‘chmanchi 
qabilalar bo‘lib, bu holat Baqtriya davlat uyushmasi paydo bo‘lishiga 
sabab bo‘lishi mumkin edi.
Kir II ning O‘rta Osiyoga yurishi Ahamoniylarning Baqtriya va sak-
massaget uyushmasi kabi jiddiy raqiblari mavjud bo‘lganligining 
dalilidir. Forslar O‘rta Osiyo janubiy vloyatlarini bosib olganlaridan 
keyingina, ya’ni mil. avv. 530-yilda sak-masagetlar ustiga yurish 
boshlaydilar. Demak, bu paytga kelib Baqtriya harbiy-siyosiy uyushmasi 
tarkibiga Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirgan 
edi. Bizning fikrimizcha, O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlat 
uyushmalarining paydo bo‘lishida harbiy-siyosiy omillardan tashqari 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ham katta ahamiyatga ega edi. Chunki, 
siyosiy jihatdan shakllangan davlat yoki uyushma iqtisodiyotsiz 
taraqqiyot bosqichiga ko‘tarila olmaydi. 
Eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, 
Qiziltepa 
(Surxondaryo), 
Yoztepa 
(Turkmaniston), 
Uzunqir, 
Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo), Afrosiyob, Ko‘ktepa (Samarqand) kabi 
ko‘hna shahar va manzilgohlar sopol buyumlari va qurilish usullari bir-
biriga nihoyatda o‘xshash ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ammo 
Yerqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, Yoztepadan topilgan mil. avv. IX-
VII asrlarga oid buyumlarga o‘xshash buyumlar Xorazm hududlaridan 
shu paytga qadar topilmagan. Demak, qurilish usullari va moddiy 
madaniyatdagi o‘zaro o‘xshashlik mil. avv. I ming yillikning boshlari 
Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona hududlari o‘rtasida hech 
bo‘lmaganda etnik tarixiy-madaniy birlik mavjud bo‘lganligidan dalolat 
berib, bu o‘xshashlik savdo-sotiq munosabatlari, o‘zaro almashinuv va 
qadimgi savdo-tranzit yo‘llariga ham bog‘liq edi. Mil. avv. VI asrga 
kelib esa Xorazm mustaqil davlat sifatida tashkil topadi. Bu o‘rinda 
shuni ta’kidlash joizki, o‘zaro almashinuvda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan Xorazmdagi ilk temir davri savdo-tranzit yo‘llari voha ichidagi 
ichki yoki ikkinchi darajadagi yo‘llar vazifasini o‘tar edi. Asosiy savdo 
yo‘llari esa Baqtriyadan Janubiy Sug‘d (Qashqadaryo), Markaziy Sug‘d 
(Samarqand) orqali Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysiga o‘tib ketardi. 
Arxeologik 
tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, 
sug‘orma 
dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik 
natijasida bronza davridayoq O‘rta Osiyo hududlarida ijtimoiy 


16 
tabaqalanish va mulkiy tengsizlik paydo bo‘ladi. Bu jarayon faqat ichki 
sabablarga bog‘liq bo‘lmay, Yaqin Sharqdagi yuqori darajada 
rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Har 
bir jamoaning rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa 
ham, dastlabki markazlardan bo‘ladigan tashqi ta’sir chetdagi 
viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi. Turli 
qadimgi manbalarda Sug‘diyona nomi tilga olinsa ham, alohida davlat 
sifatida eslatilmaydi. Bu hol tadqiqotchilarning turli bahslariga sabab 
bo‘lishiga qaramasdan, arxeologik tadqiqotlar bu masalaga ko‘pgina 
aniqliklar kiritadi.
Tadqiqotlarni tahlil qilib va boshqa ma’lumotlarni umumlashtirib 
shunday xulosa chiqaramiz: 
- Mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid tarixiy-madaniy 
yodgorliklar Sug‘diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu 
davrdan boshlanganligidan dalolat beradi; 
- Sug‘diyona davlatchiligi tarixida nafaqat chetdan bo‘lgan tashqi 
ta’sir, balki, ichki omillar imkoniyatlarining ham ahamiyati katta bo‘ldi; 
- Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sug‘diyona Baqtriya 
davlati doirasida nafaqat siyosiy, balki etnik-madaniy birlikni tashkil 
etardi. Qurilish usullari, me’morchilik san’ati va moddiy madaniyatdagi 
o‘xshashlik fikrimiz dalilidir. Zero, bunday o‘xshashlik iqtisodiy, 
madaniy munosabatlar hamda siyosiy birlik asosida paydo bo‘lishi 
mumkin edi;
- Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan keyingi davrlarda 
Sug‘diyona mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, qo‘shni davlatlar 
bilan o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantiradi. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin