2
UDK
BBK
G‘
G‘offorov
Shokir Safarovich, Yaqubova Dilaram Tadjiyevna.
O‘zbek davlatchiligi tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamDU
nashri, 2021y. – 150 b.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Vatanimiz tarixining qadimgi tosh davridan boshlab,
hozirgi kungacha bo‘lgan ulkan davrni o‘z ichiga oladi. Mavzularni yoritish
jarayonida muammolarning tub mohiyati, tarixiy madaniy jarayonlarning asoslari,
omillari, rivojlanishi, sabablari, oqibatlari va natijalarining sharhiga e’tibor
beriladi. Shuningdek, mualliflar Vatanimiz hududida bo‘lib o‘tgan tarixiy-
madaniy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar haqida xolisona xulosalar
chiqarishga intilganlar.
Muallif tarixiy manbalar, ilmiy tadqiqotlar va tariximizga oid adabiyotlarni
o‘rganish asosida, boy va sermazmun uzoq va mashaqqatli tariximizni sodda va
tushunarli tarzda yetkazishga harakat qildilar. Albatta, ushbu qo‘llanmada bayon
qilingan tarixiy davrlar, voqealar, bosqichlar hamda sanalar hozirgi mustaqillik
davri nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan va xolis baho berilgan. Biroq ularni
yoritishda o‘quvchi-kitobxonlarda muayyan takliflar, fikr-mulohazalar tug‘ilishi
mumkin. Kitobni yanada mukammal holga keltirish, to‘ldirish hamda fundamental
darajada takomillashtirish yuzasidan fikrlar bo‘lsa, bajon-u dil qabul qilamiz.