Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Parfiya ajralib chiqdi va keyinchalik Sharqdagi eng qudratli davlatlardan biriga  aylandi



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

Parfiya
ajralib chiqdi va keyinchalik Sharqdagi eng qudratli davlatlardan biriga 
aylandi. 
 
4. O‘zbekiston hududlarida Yunon-Baqtriya davlatchiligi 
Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri millodan 
avvalgi III asr ikkinchi yarmi va II asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri 
keladi. Bu davlatning poytaxti Baqtra shahri bo‘lgan. Davlat bir necha 
dehqonchilik viloyati va tumanlarni o‘z ichiga olgan. Xususan, O‘rta 
Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning janubiy viloyatlaridan tashqari bu 
davlat hududlariga Ariya va Araxoziya (Afg‘onistonning Hirot va 
Qandahor viloyatlari), Drangiana (Sharqiy Eron), Paropamis (Hindikush 
tog‘larining janubiy yonbag‘ri), Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi va 
Sind viloyatlari kirgan. Davlat markazlashgan hokimiyatga bo‘ysinuvchi 
boshqaruv tizimiga ega edi. Podsho yoki davlat hukmdorlari yunon- 
makedonlardan bo‘lib, uni turli yillarda 
Diodot

Yevtidem

Demetriy
va 
Yevkradit
boshqarganlar. Davlat boshqaruv tizimi Iskandar davrida 
joriy etilgan siyosiy an’analarga asoslangan edi. Podsho hokimiyati 
harbiy kuchlarga va viloyatlar hokimlariga tayanar edi. Muhim savdo 
yo‘llari bo‘ylab harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
joylarda tayanch istehkomlari va qal’alar qurilgan edi. 
Davlat ishlariga yunonlar va mahalliy baqtriyalik zodagonlar jalb 
qilinganligi uchun bu davlat Yunon-Baqtriya podsholigi deb ataldi. Bu 
davlatning asosi dastlab Baqtriya bo‘lgan, uning poytaxti Zariasp edi. 
Keyinchalik, bu shahar Baqtr nomi bilan mashhur bo‘lib ketdi. Diodot I 
va Diodot II lar davrida Yunon-Baqtriya So‘g‘diyona, Marg‘iyona, 
Choch, Dovon, Sharqiy Eron hisobiga kengayadi. Miloddan avvalgi 
230-yili So‘g‘diyona noibi Yevtidem I qo‘shinlari Diodot II 
qo‘shinlarini yengib Baqtriya taxtini egallaydi. 
Miloddan avvalgi 208-206-yillarda Salavkiylar podshosi Antiox III 
bilan Yevtidem o‘rtasidagi ikki yilga cho‘zilgan urush, sulh bilan 
tugaydi. Antiox III Yevtidemning shohligini tan olishga majbur bo‘ladi. 
Chunki shu davrda shimoldan ko‘chmanchi qabilalar xavf solib turgan 
edi. Yevtidem I va uning o‘g‘li Demetriy davrida Yunon-Baqtriya 
kuchayib Seyistondan Hind daryosigacha bo‘lgan yerlar Yunon-Baqtriya 


23 
podsholigiga qo‘shib olinadi. Miloddan avvalgi 175-yilda podsho 
Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning 
sarkardasi Yevkradit qo‘zg‘olon ko‘tarib Yunon-Baqtriya taxtini 
egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo‘ladi. Shundan keyin 
podsholik ikkiga bo‘linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari 
boshqargan 
Yunon-Baqtriya, 
ikkinchisi 
Demetriy 
va 
vorislari 
boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir. 
Miloddan avvalgi 162-yili Yevkradit Panjobga qo‘shin tortib uni 
bosib oladi. Lekin ko‘p o‘tmay Yunon-Hind shohi Menandr qo‘shinlari 
Yevkradit qo‘shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi. 
Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning 
g‘arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit 
bilan o‘g‘li Geleokl o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqadi. Yevkradit o‘z 
o‘g‘li Geleokl tomonidan o‘ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya 
davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi. Miloddan 
avvalgi 140-130-yillar orasida shimoli-sharq va shimol tomondan sak va 
yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar 
natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag‘darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil 
davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi. Yunon-
Baqtriya o‘sha zamonning quldorlik davlatlaridan biri bo‘lgan. Yunon-
Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Podsholik taxti otadan o‘g‘ilga 
meros bo‘lib o‘tgan. Podsholik mulklari viloyatlarga bo‘linib, uni 
viloyat hokimlari – gipparxlar boshqarganlar. Gipparxlar esa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri podshohlarga itoat etganlar. Podsholikning Yunon-Baqtriya 
qismida urug‘i Hindistondan keltirilgan paxta ham ekilgan. Ehtimol ipak 
qurti ham boqilgandir. Podsholikda qo‘y, echki, qoramol, ot, tuya, 
qo‘tos, o‘rgatilgan fil, it va parranda boqqanlar. Yunon-Baqtriya otlari 
va tuyalari juda mashhur bo‘lgan. Boshqa joylarga qaraganda Yunon-
Baqtriyada shaharlar ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun qadimgi tarixchilar 
Pompey 
va 
Apollodyerlar 
Yunon-Baqtriyani 
“ming shaharlar 
mamlakati”, deb bejiz aytishmagan. Eng yirik shaharlar Baqtra, Termiz, 
Yevkratideya, Demetriya, Aleksandriya va boshqalar bo‘lgan. Bu 
shaharlarlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan. 
Yunon-Baqtriyada savdo-sotiq ham juda rivojlangan edi. Yunon-
Baqtriya shimoldan janubga, sharqdan g‘arbga o‘tadigan karvon 
yo‘lining qoq o‘rtasida joylashgani savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon 
bergan. Yunon-Baqtriya savdogarlari va podsholari Hindiston, Xitoy, 
Parfiya davlatlari, Oks va Yaksart bo‘yi xalqlari bilan savdo, iqtisodiy 
va madaniy aloqalar olib borganlar. Yunon-Baqtriya podsholari savdoda 


24 
qo‘llaniladigan oltin va kumush tangalar chiqarganlar. Yunon-Baqtriya 
madaniyatining ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Buni biz 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin