2. O‘rta Osiyo xalqlari Makedoniyalik Iskandar saltanati
tarkibida
Makedoniyalik Iskandar o‘z harbiy yurishlari bilan Bolqon yarim
oroli, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Hindistongacha cho‘zilgan ulkan
hududda o‘z saltanatini barpo qildi. Saltanat poytaxti Bobil edi.
Miloddan avvalgi 330-yili qudratli Eron Ahamoniylari davlatini mag‘lub
etgan Makedoniyalik Iskandar shu yili Markaziy Osiyo hududlariga
yaqinlashdi.
Olima
Fozila
Sulaymonovaning
ta’kidlashicha, -
“Aleksandrning Baqtriya, So‘g‘diyona, umuman, Markaziy Osiyoga
yurishining g‘oyaviy-siyosiy sabablari bor edi. Avvalo shimoli-sharqiy
viloyatlar eroniylarning rasmiy dini bo‘lmish Zardo‘shtiylikning vatani,
beshigi edi, eroniylar tushunchasiga ko‘ra xalq qudrati, xalq ruhining siri
o‘sha qadimiy vatanda. Eron zabt etilgani bilan mamlakat orti hali
mustahkamdek, xalq ruhi tetikdek tuyular edi. Demak, Baqtriya va
So‘g‘diyonani zabt etmasdan turib eroniylar qudratini yengib bo‘lmas,
kelajakdagi tinchlikka ham ishonib bo‘lmas edi”.
20
Miloddan avvalgi 330-yilda Iskandar Baqtriyani bosib oladi. O‘z
harbiy yurishlarini boshlagandan buyon o‘tgan qisqa vaqt davomida juda
katta hududlarni bosib olishga erishgan Iskandar uchun Girkaniya,
Drangiana, Araxoziya, Baqtriya va So‘g‘diyonani bosib olish uchun uch
yildan ortiqroq vaqt zarur bo‘ladi va butun yurishlari davomidagi eng
qattiq qarshilikka ham aynan shu viloyatlarda duch keladi. Buning,
albatta, bir necha sabablari bor: birinchidan, antik mualliflarning
xabarlariga ko‘ra bu hududlarda Baqtr, Kiropol, Maroqanda kabi
mustahkam shaharlar mavjud bo‘lgan; ikkinchidan, mahalliy xalqlarning
mustahkam qal’alarida turib va ochiqda jang qilish uslubi Iskandar
uchun begona bo‘lgan va bu jang vaqtlarida katta qiyinchilik tug‘dirgan;
uchinchidan, Iskandar va uning armiyasi uchun mahalliy xalqlarning
qurol-yarog‘lari va ulardan foydalanish usullari noaniq bo‘lgan;
to‘rtinchi va eng asosiysi, uzoq vaqtlardan buyon Eron Ahamoniylari
zulmi ostida ezilgan mahalliy xalqlar boshqa bir bosqinchi
Makedoniyalik Iskandarga qarshi xalq kurashini amalga oshirganlar.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar Iskandarning qisqa vaqt ichida O‘rta
Osiyoni bosib olish rejasini chippakka chiqaradi va hatto uning qo‘shini
orasida katta noroziliklarga ham sabab bo‘ladi.
Baqtriylar
va
so‘g‘dlar
Spitamen,
Datafern,
Kattanlar
boshchiligida yunon-makedon bosqinchilariga qarshi miloddan avvalgi
329-327-yillarda uch yil davomida kurash olib borganlar. Ayniqsa,
Spitamen boshchiligidagi so‘g‘dlar qarshiligini yenga olmay, chorasiz
qolgan Iskandar o‘ziga qarshi kuchaygan noroziliklar natijasida eng
yaqin kishilari – Klit (yaqin do‘sti va uni o‘limdan saqlab qolgan),
Kallisfen(Iskandarning ustozi va barcha yurishlaridagi hamrohi bo‘lgan
Aristotelning jiyani, tarixchi)larni o‘ldirishgacha borib yetadi.
Spitamen qo‘shinlari tarkibida so‘g‘dlardan tashqari baqtriylar, sak
va massagetlar ham bo‘lgan. Ozodlik uchun kurashlarga mahorat bilan
rahbarlik qilgan Spitamenning o‘limi xiyonatchilarning qo‘li bilan
amalga oshiriladi. Bu haqida Arrian asarlarida uni dashtlik
ko‘chmanchilar tomonidan Iskandarning dasht xalqlariga yurish
boshlashining oldini olishi uchun o‘ldirilgan deb aytilsa, Kvint Kursiy
Ruf uni o‘z rafiqasi tomonidan o‘ldirilgan deb yozadi.
Iskandarning so‘g‘dlarga qarshi kurashi mahalliy xalqlar uchun
katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi, ko‘plab shaharlar vayron etildi,
sug‘orish tarmoqlari ishdan chiqarildi, dehqonchilik dalalari katta zarar
ko‘rdi, ozodlik kurashlari natijasida Diodorning yozishicha, 120
mingdan ortiq odam o‘ldirildi.
21
So‘g‘d va Baqtriyani bo‘ysundirgan Iskandar keyingi yillarda Hind
daryosi bo‘ylarigacha bo‘lgan yerlar va davlatlarni bosib olgach, Bobilni
o‘z saltanatining poytaxti deb e’lon qildi va shu yerdan turib davlatini
boshqardi. Biroq ko‘p o‘tmay miloddan avvalgi 312-yilda Italiyaga
qarshi harbiy yurishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda u og‘ir
kasallikka chalinib vafot etadi. Katta kurashlar va yuz minglab
odamlarni qurbon qilish evaziga tashkil etilgan bu ulkan davlat Iskandar
vafot etishi bilanoq inqirozga yuz tutib, parchalanib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |