Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 O‘zbekiston hududida ilk o‘rta asr davlatchiligi masalalari



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

 
1. O‘zbekiston hududida ilk o‘rta asr davlatchiligi masalalari 
Miloddan avvalgi III milodiy III asrlar oralig‘ida Sharqiy Sibirdan 
Ural va Volga daryolari bo‘ylari, Oltoydan Amudaryo va Orol dengizi 
atroflarigacha bo‘lgan juda katta hududda bir qator davlatlarning 
shakllanishi va ma’lum davrlarda taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan 
holda hukm surishi kuzatiladi. Bunda ayniqsa, mahalliy o‘troq aholi va 
o‘troqlashuv tarziga o‘tayotgan ko‘chmanchi chorvador qabilalar va ular 
madaniyatlarining qo‘shilishi Muhim o‘rin tutadi va mazkur jarayonni 
tezlashtiradi. O‘troqlashuv jarayoniga qo‘shilmagan va o‘z ijtimoiy 
holatini saqlab qolgan bir qator ko‘chmanchi chorvador qabilalarda esa 
boshqaruv tartiblari chuqur ildiz otgan qabilalar siyosiy ittifoqlari – 
o‘ziga xos tarzdagi davlatchilik an’analari shakllana boshladi. Ayniqsa, 
Buyuk Xitoy devorining qurilishi va ko‘pgina ko‘chmanchi turkiy 
qabilalarning Xitoy va Sharqiy Turkistonning serunum vohalariga 
harbiy yurishlari cheklangach, bu qabilalar endi G‘arbiy Sibirdan Ural 
daryosigacha, Oltoydan Sirdaryogacha yoyilgan hududlarga yoyila 
boshlaydi. Bu yoyilish yoki ko‘chish ma’lum qabilaviy siyosiy 
ittifoqlarning yuzaga kelishi va o‘zining kuch-qudratga erishuvi bilan 
bog‘liq bo‘lgan. Turkiy qabilalardagi bu jarayonda ishtirok etgan ayrim 
siyosiy qabilaviy ittifoqlar ma’lum vaqtlarda O‘rta Osiyo, xususan, 
O‘zbekistonning hosildor dehqonchilik vohalariga ham hujumlar 
uyushtirganlar va ayrim vaqtlarda bu yerda hukmronlikni ham qo‘lga 
kiritganlar. Albatta, bu turkiy qabilalar mahalliy xalqlarning davlatchilik 
an’analari uchun yuksak bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘zlari bilan olib 


33 
kelmaganlar, hattoki ularning boshqaruv an’analari mahalliy xalqlarning 
mukammal davlatchiligi bilan qiyoslash darajasida ham bo‘lmagan, 
shunga qaramay ularning ma’lum davrlardagi siyosiy hukmronligi 
mahalliy xalqlarning davlatchilik boshqaruv tizimi va davlatchilik 
strukturalariga ma’lum ta’sir o‘tkazgan. Bunday holatni ilk o‘rta asr 
turkiy davlatlaridan biri Eftallar hukmronligi davrida ko‘rish mumkin. 
Eftallarning mazkur hududlardagi siyosiy va iqtisodiy hukmronligi 
davomida yerga egalik munosabatlari va davlatchilik an’analari va 
ijtimoiy munosabatlardagi ayrim o‘zgarishlarning yuz berishi bilan 
xususiyatlanadi. Bu bilan eftaliylarda yuksak davlatchilik an’analari 
mavjud bo‘lgan, degan xulosa kelib chiqmaydi, balki ularning uzoq vaqt 
hukmronligi va mahalliy xalqlarning davlatchiligini o‘zlashtirib, o‘ziga 
bo‘ysundirishi mazkur jarayondagi ayrim o‘zgarishlarning yuz berishiga 
olib kelgan edi. 
Shuning uchun ham turli vaqtlarda savdo yo‘llari tarmoqlariga 
egalik qilib turgan davlatlar ikkinchi tarmoqqa ham egalik qilish uchun 
shimoldagi yoki janubdagi raqiblari bilan doimiy kurash olib borganlar. 
Bunday holatni Eftaliylar va Turk xoqonligi, Eftaliylar va Sosoniylar, 
Turk xoqonligi va Sosoniylar, Turk xoqonligi va Arab xalifaligi, 
Toxariylar va Arab xalifaligi, Somoniylar va Safforiylar, Somoniylar va 
turkiy ko‘chmanchi qabilalar, Somoniylar va Arab xalifaligi, 
Qoraxoniylar va Somoniylar, Qoraxoniylar va G‘aznaviylar, Saljuqiylar 
va G‘aznaviylar va Xorazmshohlar, Xorazmshoxlar va Mo‘g‘ullar va 
boshqalar. Tarixiy jarayonlarning shu nuqtayi nazardan rivojlanib 
borishi kuzatilsa, Buyuk Ipak yo‘lining har ikki tarmog‘i qisman 
Eftaliylar, qisman Arab xalifaligi, qisman (juda qisqa vaqt) 
Shayboniyxon tomonidan, to‘lig‘icha Somoniylar, Amir Temur 
davlatlari davridagina to‘liq yagona davlat nazoratiga olinganligini 
ko‘rish mumkin. Aynan ana shu davlatlarning O‘rta Osiyo hududlarida 
hukm surgan boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
jihatdan ancha yuksak darajaga yetganligini, davlatning osoyishtaligini, 
xalqining farovonligi va bunyodkorligining asosiy sabablari va 
omillaridan biri sifatida ularning Buyuk Ipak yo‘li ustidan to‘la nazorat 
o‘rnata olganligida edi, deb hisoblash mumkin. 
Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududlariga kirib kelgan turkiy 
qabilalar xioniylar, kidariylar (toxarlar) va eftaliylar edi.
V asrlarga kelib, O‘rta Osiyo hududlari va unga chegaradosh 
hududlarda yashayotgan bir qator turkiy qabilalar 
xion 
qabilalari 
tomonidan birlashtirildi va kuchli qabilaviy siyosiy ittifoq shakllantirildi. 


34 
Xioniylar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Ammian Marsellinning 
asarlarida ko‘rish mumkin. U 356-yil xioniylar hukmdori Grumbatning 
o‘z o‘g‘li bilan Eron sosoniylari shohi Shopurning Suriyadagi Amida 
shahrini qamal qilgan vaqtda janglarda ishtirok etganligi to‘g‘risida 
yozib qoldirgan. Yirik qabila siyosiy ittifoqini shakllantira olgan 
Grumbat V asr boshlarida O‘rta Osiyo hududlariga bostirib kiradi va 
Amudaryo havzasini egallaydi. V asrda sosoniylar shohi Varaxran V 
(418-438-yillar) 
Amudaryo 
bo‘ylarida 
hukmronlik 
qilayotgan 
xioniylarga qarshi kurash boshlaydi. Ikki o‘rtadagi kurash sulh tuzilishi 
va davlatlar o‘rtasida Marv va Balx oralig‘ida joylashgan Tallikonning 
chegara etib belgilanishi va chegara belgisi sifatida bu yerda 
Toshminora qurilishi bilan yakunlanadi. Xioniylar va Sosoniylar 
o‘rtasidagi kurash Yazdigard hukmronligi (438-457-yillar) yillarida ham 
davom 
etib, 
dastlab 
xioniylar 
hukmdorining, 
457-yilda 
esa 
Yazdigardning o‘zining o‘ldirilishi bilan tugaydi. Xioniylar bilan deyarli 
bir vaqtda shakllangan toxarlar (hukmdorining nomi bilan Kidariylar 
deb ham yuritiladi) O‘rta Osiyodagi bir oz muddatlik hukmronligidan 
so‘ng, sosoniylar va eftallar tomonidan mag‘lubiyatga uchratilgandan 
so‘ng Hindistonga ko‘chib ketadi va u yerda chorak asr Guptalar davlati 
o‘rnida hukmronlik qiladi. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo davlatchiligi va 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumida o‘ziga xos iz qoldirgan xalqlardan biri 
eftaliylar edi. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin