36
eftaliylar Vaxshunvar Eftalon boshchiligida - Chag‘oniyon (Termizning
shimolidagi yerlar), Toxariston va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirib
O‘rta Osiyoday kuchli davlatga asos soldilar. Ko‘pchilik olimlar
Eftaliylar davlatining markazi Poykand (Boykent) yoki Balx bo‘lgan
degan fikrga kelishgan.
Eftaliylar davlatining kuchayishidan tahlikaga tushgan Eron shohi
Peruz (Feruz) eftaliylarga qarshi yurishlarda yengilgan. Eron sosoniylari
uzoq vaqt eftaliylarga xiroj to‘lab turishgan. Keyinchalik, eftaliylar
Marv, Qobul va Panjob vodiysi, Qorashar, Qashg‘ar va Xutonni ham
egallaganlar. Eftaliylar Kushon podsholigi hududlarini qo‘lga kiritishib,
sosoniylar davlatini tugatdilar va O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston,
Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eronni birlashtirgan ulkan davlatga asos
soldilar.
Eftaliylar O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
hayotida Muhim o‘rin tutgan. Prokopiy Kesariyskiyning yozishicha:
“Eftaliylar (saltanati) bir hukmdor orqali idora etilib, o‘z qonuniy
(adolatli)
davlatchiligiga
egadir.
O‘zaro va qo‘shnilar bilan
(munosabatlarda) adolat me’yorini saqlashda vizantiyalik va forslardan
hech ham qolishmaydilar”. Eftaliylar, asosan, dehqonchilik va
hunarmandchilik bilan, bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullanishgan.
Kushon davlati inqirozidan keyin o‘lkada mustaqil mulkdorlar
paydo
bo‘lgan.
Ular
Buxoroda-buxorxudot,
Chag‘oniyonda-
chag‘onxudot, Vardanzeda-vardanxudot, Shoshda-tudan, Samarqand va
Farg‘onada-ixshid, Ustrushanada-afshin, Xorazmda-xorazmshoxlar deb
atalgan. Mulkdorlarning qullar va qaram kishilardan tuzilgan harbiy
drujinalari bo‘lib, ular
Dostları ilə paylaş: