Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 O‘rta Osiyoda mahalliy ilk o‘rta asrlar davlatlarining



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

4. O‘rta Osiyoda mahalliy ilk o‘rta asrlar davlatlarining 
shakllanishi va xo‘jaligi. 
Turk xoqonligining ichki nizolar va tashqi harbiy hujumlar 
natijasida zaiflashuvi va markaziy hokimiyatning butun mamlakat 
ustidan nazoratni to‘laligicha qo‘ldan chiqarishi oqibatida O‘rta Osiyoda 
siyosiy tarqoqlik chuqurlashdi va bir qancha mahalliy hokimliklar yoki 
kichik-kichik feodal davlatlar shakllandi. Yuzaga kelgan davlatlar o‘z 
boshqaruv tizimlari, hududlari, xo‘jaliklari va boshqa jihatlariga ega 
bo‘lgan davlatchilik xususiyatlarini shakllantirdilar.
VI-VII asrlarda So‘g‘diyona, Xorazm va Farg‘ona va ularga 
qarashli tarixiy-geografik hududlarda dehqonchilik va bog‘dorchilik, 
uzumchilik va paxta yetishtirish, uy chorvachiligi yetakchi o‘rin tutgan. 


40 
Iqtisodiy hayotning muhim sohalari sanalgan hunarmandchilik va savdo-
sotiq yaxshi taraqqiy etgan. 
Dehqonchilik – sun’iy sug‘orishga asoslangan. Arablar bosqiniga 
qadar sug‘orish tizimi yaxshi taraqqiy etgan va bu yerga kelgan arablar 
ham obod va ko‘kalamzor bog‘-rog‘lar, dalalarni ko‘rib, hayratda qolgan 
edilar. Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan sug‘orish 
tarmog‘idan tashqari Kushoniyaning Narpay, Buxoro vohasining 
Shofurkon, Samarqand atrofining Raboti Hoja kabi uchta suv tarmog‘i 
mavjud bo‘lgan.
Lalmikor dehqonchilik ham xo‘jalikda asosiy o‘rin tutgan. 
Ziroatchilikda an’anaviy donli ekinlar va paxta ko‘p yetishtirilgan. 
So‘g‘dda ipak tolasi yetishtirilgan. 
VI-VII asrlarda savdo-sotiq ishlari janubdan shimolga ko‘chgan va 
bundagi vositachilik so‘g‘diylar qo‘liga o‘tgan. Konchilik ishlari 
kengayib, hunarmandchilik turlari ko‘payib borgan. Mug‘ tog‘ida olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan 150 turdagi mato bu 
yerlarda to‘qimachilik ham g‘oyatda rivojlanganligidan dalolat beradi. 
VII asrda harbiy to‘qnashuvlarning ko‘payishi iqtisodiy hayotda 
katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Birinchidan, markazlashgan 
hokimiyat zaiflashdi, ikkinchidan, siyosiy vaziyatning notinchligi 
iqtisodiy tanglikni yuzaga keltirdi. 
So‘g‘d viloyati aholisi ijtimoiy qatlamlari, asosan, savdogarlar, 
hunarmandlar, taqvodorlar, harbiy askarlar, ziroatkorlar va chorvador 
aholidan tarkib topgan. Ularning orasida dehqonlar mavqe jihatdan 
yuqoriroq turgan. Chunki ular zodagon sanalib, katta yer egalari 
hisoblangan. Jamiyatda dindorlarning ham ahamiyati va o‘rni yuksak 
bo‘lgan. 
VI-VII asrlarda madaniy taraqqiyot jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy 
va ijtimoiy voqealar ta’sirida rivojlanib borgan. Turli xalqlarning til va 
yozuvlari alohida o‘ringa va mavqega ega bo‘lgan. Arab yozuviga qadar 
O‘rta Osiyo hududlarida turk-runiy (miloddan avval shakllangan), 
uyg‘ur (taxminan VI asr), monaviy (milodiy III-VIII asrlar), so‘g‘d, 
braxma va suryoniy yozuvlari mavjud bo‘lgan. Bular orasida Xorazm 
yozuvi alohida o‘ringa ega bo‘lgan.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin