6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA
Farg‘ona (Dovon) davlati. Bu davrda Farg‘ona vodiysida yana bir
ilk feodal davlat hukm
surardi. Qadimda bu mamlakat Dovon va
Farg‘ona deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb atalgan, poytaxti
Koson va Axsikat shaharlarida joylashgan. Farg‘ona Kan siyosiy
ittifoqidan mustaqil bo‘lib, afshin tomondan boshqarilgan va Tyan-Shan
xalqlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan.
Dovon shimol tomondan Yettisuv, g‘arbdan Choch va Eloq,
janubi-g‘arbdan So‘g‘d, janubdan Toxariston va sharqdan Sharqiy
Turkiston viloyatlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalarida
ta’riflanishicha, Farg‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, aholisi
dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Unda bog‘-u
bo‘stonlar va gulzorlar mo‘l bo‘lgan. Koson, Axsikat va Kubo kabi yirik
markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib,
uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan.
qo‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar, bo‘yoqlar, rang-barang shisha
buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda tog‘
va tog‘ oldi
yaylovlarida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadorlar
yashagan. Qurama va Qoramozor tog‘lari yon bag‘rilarida qadimdan
yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu diyorda ko‘paytirilgan tulpor
otlarning dong‘i jahonga taralgan. Farg‘onada qo‘y, xachir va tuyalar
ham boqilgan.
Shunday qilib, VI-VIII asrlarda Farg‘onada dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik xo‘jaliklari va ichki hamda tashqi savdo
rivoj topgan. U mustahkam iqtisodiy poydevorli o‘lka edi. Strategik
jihatdan qulay geografik o‘rni, mustahkam mudofaa inshootlari bilan
ta’minlangan Koson, Axsikat, Kubo kabi yirik shaharlari, tog‘ qal’alari,
vodiy bo‘ylab joylashgan qator-qator istehkomli qo‘rg‘onlari tufayli bu
44
diyor kuchli harbiy imkoniyatga ham ega edi. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona
O‘rta Osiyoning siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan qudratli
davlat bo‘lgan.