Tayanch so‘z va iboralar.
Somoniylar, Somonxudot, mahalliy
zodagonlar, turk g‘ulomlari, Karmatlar harakati, dargoh, devonlar,
harbiy-ma’muriy
amaldorlar,
hanafiylik,
diniy
me’morchilik,
Qoraxoniylar, chig‘illar, yag‘molar, o‘g‘izlar, Hasaniylar sulolasi,
Tamg‘achxon, Qoraxitoylar, elekxonlar, Xorazmshoh-anushteginiylar,
Otsiz, Sulton Sanjar, Gurganj, Amiri-oxur (miroxo‘r), Amiri-shikor,
Tashtdor.
1. IX asr boshlaridagi va siyosiy jarayonlar Tohiriylar davlatining
tashkil topishi
IX-XIII asrlarda O‘zbekiston hududida turli boshqaruv usullari va
ma’muriy tizimiga ega bo‘lgan turli sulolalar boshqargan bir qancha
davlatlar hukm surdi. Xalifalikka qarshi kuchayib borayotgan
qo‘zg‘olonlar xalifalarning mahalliy zodagonlarga bog‘likligini
kuchaytirib
yubordi
va
viloyatlarni
boshqarishda
mahalliy
zodagonlarning roli ortdi. Shu jarayonda Xurosonda Tohiriylar xonadoni
hukmron mavqeni egallay boshladi. Siyiston (Seiston) hokimi
Abdulmuhammad Talxa ibn Abdulloh qo‘lida xizmat xonadon boshlig‘i,
Roziqning Mus’ab, Xusayn va Tohir ismli o‘g‘illari bo‘lib, ular
birgalikda Hirot viloyatidagi Bushanj shahrini boshqarganlar.
Xorun ar Rashid (786-809) vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Amin
xalifa bo‘ldi. Bu vaqtda Xursonda noiblik qilayotgan Abdulloh
(keyinchalik, Ma’mun laqabi bilan mashhur bo‘lgan) 806-yildan boshlab
o‘tgan vaqt mobaynida Xuroson va Movarounnahrning noibi sifatida bu
47
yerda hukmronlikni to‘laliligicha o‘z qo‘liga olgandan so‘ng
boshqaruvda katta o‘ringa ega bo‘lgan mahalliy zodagonlarning
ayrimlarini o‘z atrofiga yig‘ib, ular bilan juda yaqinlashib ketgan edi.
Garchi
uni
mahalliy
zodagonlar
qo‘llab-quvvatlasada, ammo
xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga
ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi
kurashish va o‘zining qonuniy hokimiyatini o‘rnatish uchun besh yil
tayyorgarlik ko‘radi. Albatta, bu ishlarni Ma’mun yakka o‘zi amalga
oshira olmas va mahalliy zodagonlarning ko‘magiga muhtoj edi.
Ma’munning siyosiy va harbiy jihatdan bunday murakkab vaziyatga
tushib qolishi mahalliy zodagonlarning hokimiyatdagi mavqeyini oshib
borishi uchun zamin yaratdi. Ma’mun o‘z siyosiy maqsadlarini amalga
oshirish uchun Xurosondan Tohir ibn Husayn va Movarounnahrdan
e’tiborli va mavqeyi yuqori bo‘lgan Somonxudot xonadoni vakillari
bilan ittifoq tuzadi va ularning bevosita qo‘llab-quvvatlashlari va harbiy
yordamlari bilan taxtni ukasidan tortib oladi. Ma’mun xalifalik taxtini
egallab, Bag‘dodni qo‘lga kiritgach, 813-yilda Tohirni al-Jazirada noib,
Bag‘dodda xalifalik qo‘shinlari sipohsalori, Iroqda esa soliq
majburiyatlarni yig‘ish boshqaruvchisi, 821-yil esa Xuroson noibi etib
tayinladi. Ayni vaqtda Ma’mun o‘ziga taxtni egallashda yordam bergan
Movarounnahr zodagonlaridan Somonxudotning nabiralari – Asad ibn
Samonxudotning farzandlarini bir qator viloyatlarga noib etib tayinlaydi.
Jumladan, Nuh ibn Asadni Samarqand, Ahmad ibn Asadni Farg‘ona,
Yahyo ibn Asadni Shosh va Ustrushonaga, Ilyos ibn Asadni esa Hirotga
hokim etib tayinlaydi. Somoniylar xonadoni vakillari bevosita
Tohiriylarga bo‘ysungan holda Movarounnahr viloyatlarining yillik
daromadidan ma’lum miqdordagi mablag‘ni xiroj sifatida xalifalik
xazinasiga yuborish majburiyatini olganlar. IX asr arab geografi
Xo‘rdodbeh ma’lumotlariga qaraganda, har yili xalifa xazinasiga
Shoshdan 607 ming kumush dirham, So‘g‘ddan 326 ming kumush
dirham, Farg‘onadan 280 ming kumush dirham, Ustrushonadan esa 50
ming kumush dirham yuborilgan.
Tohir ibn Husayn vafotidan so‘ng Xurosonni Talxa (822-828-yy.)
va Abdullohlar (828-844) boshqardilar. Mustaqillikka intilgan Tohiriylar
48
vakili Abdulloh 833-yilda Ma’mun vafotidan so‘ng o‘zini xalifalikdan
mustaqil deb e’lon qildi va Marv (keyinchalik, Nishopur) davlat poytaxti
bo‘ldi. Bu vaqtda Tohiriylar davlati tarkibiga Tabariston, Jurjon, Ray,
Kirmon, Xuroson, Seyiston, Movarounnahrning janubiy hududlari
kirgan. Muhammad ibn Tohir (862-873-yy.) hukmronligi davrida
mamlakat hududlariga hujum qilgan o‘g‘uz qabilalaridan mudofaa
maqsadida Farova (Qizilarvat yaqinida) va Dehiston (Mashhad) qal’a-
qo‘rg‘onlari qurilib, davlat hududlarining xavfsizligi birmuncha
kuchaytirildi. Ayni vaqtda Tohiriylar xalifalikning qo‘llab-quvvatlashi
ostida Movarounnahr viloyatlari ustidan ham hokimlikni to‘laligicha o‘z
qo‘llariga olgan edilar.
Mamlakat garchi xalifalikdan mustaqil siyosat yuritib, o‘z ichki
muammolarini o‘zi bevosita hal etish imkoniga ega bo‘lsada,
mamlakatdagi oddiy soliq to‘lovchi xalqning ahvoli soliqlarning ko‘pligi
va bir tomondan ko‘chmanchi turkiy qabilalarning hujumlari ta’sirida
birmuncha
og‘irlashgan edi. Shu boisdan mamlakatda xalq
qo‘zg‘olonlari tez-tez ko‘tarilib turardi. Ularda, ayniqsa, “g‘oziylar”
faollik ko‘rsatardilar. G‘oziylar ko‘chmanchilar
hujumini daf etib turish
maqsadida ko‘ngillilardan IX asrning 60-yillarida tashkil etilgan bo‘lib,
ular mamlakat siyosiy hayotidagi faolliklarini ham oshirib borar edilar.
Tohiriylar o‘z hokimiyatlarini mustahkamlash uchun qishloq xo‘jaligi va
hunarmandchilikka e’tiborni kuchaytirdilar. Biroq, bu davrda aholidan
olinadigan soliqlar ham ko‘paytirildi.
IX asr o‘rtalariga kelib mamlakat ichida yuzaga kelgan siyosiy
keskinliklar va xalq qo‘zg‘olonlari natijasida aholining quyi tabaqasidan
bo‘lgan Safforiylarning mavqeyi kuchayib boradi. Mazkur xonadon
vakillarining yetakchisi Ya’qub ibn Lays o‘zining Amr, Tohir, Ali ismli
ukalari bilan birgalikda 861-yilda Sijistonni, 867-yil Hirot va Bushanjni,
869-yil Kirmon va Forsni qo‘lga kiritdilar.
Tohiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862-873 yy)
Ya’qub ibn Lays bilan bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘lgach, safforiylar
Nishopurni egalladilar. 879-yilda Ya’qub vafot etgach, hokimiyatni
uning ukasi Amir ibn Lays egalladi (879-900-yy.) va xalifaga o‘zining
vassalligini ma’lum qildi. Safforiylar hukmronligi davrida ham xalq
49
ommasining ahvoli yaxshilanmadi. Tuzilgan katta qo‘shinni oziq-ovqat,
kiyim-kechak bilan ta’minlash uchun soliqlar ko‘paytirildi.
Xurosonda eng yuqori mavqega erishgan safforiylarga xalifa
Mo‘tazid (870-892-yy.) tomonidan Xuroson viloyatining hokimligi
topshiriladi, ya’ni Ya’qub ibn Laysni Balx va Toxariston hokimi etib
tayinlash to‘g‘risida yorliq jo‘natdi. 873-yil Ya’qub Tohiriylar hukmdori
Muhammad ibn Tohir qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratib, Tohiriylar
davlatiga barham berdi.
Dostları ilə paylaş: |