Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 Qoraxoniylar davlati davlatchiligi tarixi



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

3. Qoraxoniylar davlati davlatchiligi tarixi 
X asr boshlariga kelib Movarounnahr va uning atrof viloyatlarida 
yashovchi turkiy xalqlardan o‘n mingga yaqin kishi islom dinini qabul 
qildi va Forob - Shosh – Chimkent - Turkiston oralig‘idagi hududlarda 
o‘troqlasha boshladi. Qarluqlar bilan birga o‘g‘uz qabilalari ham 


53 
Movarounnahr hududlarida o‘troqlashgan va islom dinini qabul qilgan 
xalqlardan biri edi. Bu ikki urug‘ga mansub xalqlar keyingi davrlarda 
o‘zbek xalqining shakllanishi va etnik jarayonlarida muhim o‘rin tutgan 
edi. Hozirgi Xorazm atroflarida o‘troqlashgan o‘g‘uzlar Somoniylarning 
ruxsati bilan Movarounnahr hududlariga kirib kela boshlaydi. 
Buxoroning janubiy viloyatlarida chorvachilik bilan shug‘ullangan bu 
qabila, keyinchalik turkman-saljuqlar nomi bilan o‘z davlatlariga ham 
asos solgan edilar.
Turkiy qarluqlar esa chigil (jikil) va yag‘mo qabilalari bilan 
yonma-yon Yettisuv va Issiqko‘l bo‘ylaridagi hududlarida joylashgan 
edi. Qarluqlar Yettisuv hududlarida qisman chorvachilik va qisman 
dehqonchilik bilan shug‘ullanishsada, qolgan ikki qabilaga nisbatan 
ularning taraqqiyot darajasi ancha yuqori bo‘lib, iqtisodiy va madaniy 
hayot taraqqiy etgan bir qator shaharlariga ega edi. X asrda qarluqlar 
Somoniylar bilan karvon savdosi orqali faol munosabat o‘rnatgan edilar. 
Qarluqlarga nisbatan taraqqiyot darajasi birmuncha orqada bo‘lgan jikil 
qabilalari Issiqko‘l atroflarida yashab, asosan, chorvachilik va yilqichilik 
bilan shug‘ullanganlar, ularning ijtimoiy hayotida ko‘chmanchi-
chorvachilikka xos an’analar ustunlik qilgan.
Issiqko‘lning janub tomonida yashagan yag‘mo qabilalari esa 
asosan chorvachilik va ovchilik bilan mashg‘ul bo‘lib, ularning qolgan 
ikki qabilaga nisbatan jangovarlik xususiyatlari juda yuqori edi.
X asrga kelib turkiy qabilalar orasidagi ijtimoiy va mulkiy 
munosabatlarning faollashuvi jarayonida yaylovlar va chorvadan 
mahrum bo‘lgan aholi soni ko‘paydi. Bu esa turkiy qabilalarda o‘troq 
turmush tarziga o‘tish, dehqonchilik va hunarmandchilik hamda savdo 
bilan 
nisbatan 
faolroq 
shug‘ullanish 
uchun 
turtki 
berdi. 
Movarounnahrning o‘troq aholisi bilan uzoq vaqtdan buyon davom etib 
kelayotgan o‘zaro aloqalar ta’sirida turkiy qabilalarda ham asta-sekin 
yerga egalik va mulkchilik shakllari qaror topa boshladi, jamiyatda 
yerga egalik munosabatlari shakllanib bordi.
Turkiy chorvador xalqlarning ijtimoiy va siyosiy hamda iqtisodiy 
hayotidagi 
bunday 
o‘zgarishlarda 
Buyuk 
Ipak 
yo‘lining 
Movarounnahrdan Xitoyga o‘tuvchi tarmoqlari joylashganligi va turkiy 


54 
xalqlar ham bu jarayonda bevosita ishtirok eta boshlaganliklari, 
ikkinchidan mazkur xalqlarning ijtimoiy hayotida o‘troqlashuv 
jarayonlarining kuchayib borishi, yangi shahar va dehqonchilik 
hududlarining shakllanishi va eskilarining mavqeyi ortib borishi 
o‘zining eng katta ta’sirini o‘tkazgan.
Shuningdek, Somoniylar va ulargacha ham Movarounnahrning 
yuksak madaniyatga ega mahalliy xalqlari bilan savdo va iqtisodiy, 
qisman madaniy aloqalarning faollashib borishi ham turkiy xalqlarning 
hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarning sodir bo‘lishida juda katta 
omil bo‘lgan edi. Umuman, Movarounnahrning Arab xalifaligidan 
ajralib chiqishi va Somoniylar davlatining ichki va tashqi sohada olib 
borgan siyosati ma’lum darajada turkiy qabilalarning jipslashuv 
jarayonlarini ham kuchaytirib yuborgan edi. Buning ayrim omillari 
sifatida quyidagilarni aytish mumkin, birinchidan, Movarounnahrdagi 
o‘troq aholining ko‘chmanchi chorvador xalqlar bilan faol iqtisodiy 
aloqaga kirishuvi, buning natijasida turkiy xalqlarning, avvalo, madaniy 
va iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar 
madaniyati (ilm-fanning ayrim namunalari, kundalik turmushda 
ishlatiladigan jihozlar, hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa shu 
kabilar) va davlatchiligi bilan ma’lum darajada tanishuvi bo‘lsa, 
ikkinchidan turkiy xalqlarning ixtiyoriy va majburiy holda islom dinini 
qabul qilishi (Ismoil Somoniy 893-yilda Tarozni bosib olganda bu 
yerdagi ibodatxonani masjidga aylantirgan va aholini islom diniga 
o‘tkazgan edi), bunda turkiy xalqlar an’anaviy qabilaviy dinlar o‘rniga 
yagona va o‘rta asrlar siyosiy va ijtimoiy sharoitidan kelib chiqqan holda 
barcha qabilalarni birlashtirish quvvatiga ega bo‘lgan yagona mafkurani 
o‘zlashtiradilar va ayni vaqtda islom dinining qabul qilinishi o‘rta 
asrlarga xos islom madaniyatining qabul qilinishi va yirik davlatlar bilan 
aloqani kuchaytirishga xizmat qiladi. Turkiy xalqlar ichki hayotida yuz 
bergan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar hamda ayrim tashqi ta’sir 
natijasida X asrga kelib bu xalqlarda ham davlatchilikning rivojlangan 
darajasiga o‘tish jarayonlari boshlandi. 


55 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin