Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Chig‘atoy ulusidagi siyosiy tizim? 
2. Chig‘atoy ulusidagi boshqaruv tartibi? 
3. Chig‘atoy ulusidagi iqtisodiy munosabatlarning ahvoli? 
4. Chig‘atoy ulusidagi yer egaligi? 
5. Chig‘atoy ulusidagi soliqlar? 
7.
 
MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA 
O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARAQQIYOTI 
Reja 
1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi
2. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi 
3. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson 
4. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi 
5. Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy munosabatlar 
Tayanch so‘z va iboralar. 
Siyosiy tarix, siyosiy tarqoqchilik, Hoji 
Barlos, Kesh viloyati, Tug‘luq Temur, Amir Husayn, “Loy jangi”, 
Sarbadorlar, Mavlonzoda, Konigil voqeasi, davlat boshqaruvi, qurultoy, 


66 
qonuniy hukmdor, so‘fiylar, harbiy yurishlar, Anqara jangi, siyosiy 
boshqaruv tajribalari, ma’muriy idora usuli, boshqaruv tizimlari, yagona 
siyosiy tartib, Pirmuhammad, Xalil Sulton, Jahongir Mirzo, Ulug‘bek, 
Shohruh Mirzo. 
1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi 
O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davridagi yangi 
bosqichi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur ibn Tarag‘ay 
Bahodir nomi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, XIV asrning 40-yillariga kelib 
Chig‘atoy davlati parchalanib, davlatning sharqiy qismi - Sharqiy 
Turkiston va Yettisuvni o‘z ichiga olgan Mo‘g‘uliston davlati tashkil 
topadi. Chig‘atoy ulusida nisbatan barqarorlikni saqlay olgan Qozonxon 
(1336-1347-yy.) o‘limidan keyin davlat hududlari parchalinish, iqtisodiy 
vayronalik sari yuz tutib, Amir Qozog‘on (1347-1357-yy.) davrida bu 
jarayon yanada avj oladi. 1348-yilda Chig‘atoy avlodlaridan bo‘lgan 
Tug‘luq Temur Mo‘g‘uliston taxtiga o‘tiradi. U Chig‘atoy ulusidagi 
siyosiy parokandalikka barham berish va Movarounnahrni bosib olish 
maqsadida bu hududlarga bir necha bor talonchilik urushlari olib boradi. 
Xususan, Tug‘luq Temur 1360-yilda Kesh viloyatini bosib oladi. Bu 
viloyatning hokimi bo‘lgan Temurning amakisi Hoji Barlos Xurosonga 
qochadi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Amir Temur Amudaryo 
bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat qiladi: 
“Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz 
begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq 
Temurxon) xizmatiga borsam”. 
1363-yilda Mug‘uliston hokimi Tug‘luq Temur vafot etgach 
Ilyosxo‘ja Movarounnahrdan haydaladi. Ammo ko‘p o‘tmasdan 
Movarounnahr ustiga yangidan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi va 
1365-yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryo tomonga yo‘lga chiqadi. Bundan 
xabar topgan Husayn va Temur harbiy kuchlarini jangga tayyorlaydilar. 
Birlashgan kuchlar va Tug‘luq Temur qo‘shinlari o‘rtasidagi jang 1365-
yil 22-mayda Chinoz va Toshkent oralig‘ida qattiq yog‘ingarchilik 
paytida bo‘ladi va tarixda “Loy jangi” (“Jangi loy”) nomini oladi. Bu 
jangda Temur va Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida 
ularning birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Ayrim manbalar 
bu mag‘lubiyatning sababini Amir Husaynning sust va mayoqsizlik 
bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Temurning o‘zi esa bu kabi holatlarni 
Husaynning hasadgo‘yligida deb biladi. 


67 
Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xurosonda 
(Afg‘onistonning shimoli-g‘arbi, Marv vohasi va Eronning shimoli-
sharqiy qismi) paydo bo‘lib, bu hududlardagi mug‘ullar hukmronligi 
barham beradilar va markazi Sabzavor shahri bo‘lgan Sarbadorlar 
davlatiga (1337-1381-yy.) asos soladilar Sarbadorlar harakati XIV 
asrning 
50-60-yillarida 
ijtimoiy-siyosiy 
harakat 
sifatida 
Movarounnahrga ham yoyiladi va uning markazi Samarqand edi. 
Sarbadorlarning harakatlantiruvchi kuchlari madrasa toliblari, shayxlar, 
umuman, oddiy aholidan iborat edi. Harakat qatnashchilarining asosiy 
maqsadi mug‘ul istilochilari va zulm o‘tkazuvchi mahalliy qatlamlarga 
qarshi kurash edi.
Bu paytda Keshda bo‘lgan Amir Temur Ilyosxo‘janing 
mag‘lubiyati haqidagi xabarni Amir Husaynga yetkazadi va ular 1366-
yilning bahorida Samarqandga etib keladilar. Samarqand atrofidagi 
Konigil mavzeyida qo‘zg‘olon rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 
Amir Husaynning buyrug‘i bilan bu yerda sarbadorlarning boshliqlari va 
aftidan, faol ishtirokchilari qatl etiladi. Temurning aralashuvi bilan faqat 
Mavlanzoda omon qoldirilib, Xurosonga jo‘natiladi. Mu’iniddin 
Natanziy ma’lumotlariga asoslangan A.Ziyoning fikricha, sarbadorlar 
g‘alabasidan so‘ng samarqandliklar Mavlonzoda itoatiga o‘tib “uni 
imom va amir (sifatida) qabul qilganlar”. Ya’ni Samarqandda ham diniy, 
ham siyosiy hokimiyat Mavlonzoda qo‘liga o‘tgan. Uning bu “imomligi 
va amirligi” Samarqandning o‘zida deyarli bir yil davom etgan. Shu bois 
ham Amir Husayn sarbadorlar harakatining boshliqlari va faollarini 
omon qoldirmasligi aniq edi. Amir Husayn uchun o‘z siyosiy raqiblarini 
zaiflashtirish va mavridi kelsa ulardan qutulish siyosati nechog‘lik 
muhim bo‘lganini Konigil voqeasidan so‘ng yuz bergan jarayon orqali 
ham bilib olish mumkin. 1366-1370-yillar Amir Temur va Amir Husayn 
o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib, bu kurash Husayinning o‘ldirilishi bilan 
yakun topdi. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin