Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

4. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi 
Amir Temur davlat boshqaruvini amalga oshirsada, biroq o‘sha davr 
davlatchilik an’analariga asosan davlatning rasmiy hukmdorlari 
Chingizxon xonadoniga mansub Suyurg‘atmish (1370-1388-yillar) va 
uning o‘g‘li Mahmudxon (1388-1402-yillar) hisoblanar edi. Rasmiy 
hujjatlar shu xonlarning nomidan bitilib, tangalarda ham shu xonlarning 
nomi aks ettirilsa-da, aslida amir darajasida bo‘lgan Amir Temur 
tomonidan davlat boshqaruvining barcha sohalari to‘laligicha amalga 
oshirilgan.
Mamlakatning asosiy markaziy boshqaruvi dargoh va devon 
tomonidan boshqarilib, unda yetti nafar vazir faoliyat yuritgan, devonda 
to‘rt vazir markaziy hokimiyat ishlarini amalga oshirsa, qolgan uch nafar 
vazirlar viloyatlar boshqaruvi nazorati bilan bog‘liq vazifalarni amalga 
oshirganlar. Bular quyidagilardir: 
1.
Mamlakat va raiyat vaziri – mamlakatdagi umumiy holatni 
boshqargan va nazorat qilgan. 
2.
Sipoh vaziri (harbiy vazir) – harbiy soha uchun javobgar.
3.
Mulkchilik va soliq ishlari vaziri – zakot va boj, soliqlar ishlarini 
boshqargan va nazorat qilgan. 
4.
Saltanat ishlarini yurituvchi vazir (saroy vaziri) – saltanat 
idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan qilinadigan sarf-xarajatlar, 
davlat moliyaviy tizimining nazoratchisi.
5.
Sarhadlar vazirlari – bu vazirlar uch nafar bo‘lib tobe mamlakatlar 
bilan bog‘liq moliyaviy va daromad ishlarini boshqarganlar. 
Amir Temur va temuriylar davri tarixining eng chuqur bilimdoni 
B.Ahmedovning ta’kidlashicha, yetti nafar vazirning o‘ziga belgilangan 
alohida vazifalari mavjud bo‘lgan va ular qat’iy ravishda o‘z 
zimmalaridagi vazifalarni ado etganlar va ular quyidagi tartibda bo‘lgan:


74 

Birinchi, vaziri a’zam (bosh vazir) – saltanatning muhim ishlari 
bilan shug‘ullangan. 

Ikkinchi, sipoh vaziri – mamlakatning harbiy masalalari bilan 
shug‘ullangan. 

Uchinchi, (mulkchilik va soliq ishlari vaziri) – davlat yer-
mulklari, boj, zakot ishlari bilan shug‘ullangan. 

To‘rtinchi, (saroy vaziri) – saltanat kirim chiqimlari, xazina 
xarajatlari bilan shug‘ullangan. 

Beshinchi, adliya vaziri bo‘lib, bu vazir devoni kuzzot (qozilar 
devoni)ga rahbarlik qilgan. 

Oltinchi, devoni mushrif – mansabdorlar faoliyatini nazorat 
qilish ishlari. 

Yettinchi, tashqi ishlar vaziri (devoni rasoil) – mamlakatlararo 
savdo va elchilik munosabatlarini boshqargan. 
Ayni vaqtda, Amir Temur tomonidan turkiy davlatchilik 
boshqaruvining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lgan qurultoylarning 
faoliyati jonlantirildi. Qurultoyda mamlakatning taqdiri bilan bog‘liq 
masalalar muhokama etilgan va u Millat majlisi vazifasini bajargan.
Ma’muriy jihatdan mamlakat uluslar, viloyatlar va tumanlarga 
bo‘lib boshqarilgan. Mamlakat to‘rt ulusga bo‘lingan va har bir ulus va 
viloyatlar Amir Temurning o‘g‘illari va nabiralari tomonidan idora 
etilgan. Ayni vaqtda, davlat yerlarining bir qismi suyurg‘ol tarzida ham 
shahzodalarga va yirik amaldorlarga bo‘lib berilgan. Garchi suyurg‘ol 
tarzida berilgan yerning sohibi Amir Temurga sadoqat bilan xizmat etib 
kelgan va ma’lum bir hudud yoki mulkning markaziy hokimiyatga 
so‘zsiz bo‘ysunishini ta’minlasada, keyinchalik temuriylarning 
hukmronligi vaqtida yuzaga kelgan siyosiy tarqoqlikning iqtisodiy va 
siyosiy asoslaridan biriga aylanib qolgan edi, ya’ni viloyatlar hokimlari 
bilan bir qatorda ba’zi suyurg‘ol mulk egalari ham o‘zlarini mustaqil deb 
e’lon qilishga harakat qilgan edilar.
Ma’muriy tizim, asosan, ma’lum hududiy birlikning yetkazib bera 
oladigan qo‘shinlari soni bilan belgilangan, o‘n ming qo‘shin bilan 
ta’minlash imkoniga ega hudud 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin