82
Ular
yordamida, bevosita ishtirokida xon ma’muriy boshqaruvni
amalga oshirardi.
Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog‘liq
barcha masalalarni hal qiladigan dargoh – saroy devonida jamlangan edi.
Davlatning oliy darajali amaldorlari a’zo bo‘lgan va, odatda, bosh vazir
tomonidan boshqariladigan bu mahkama mamlakatning siyosiy,
moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalarni ko‘rib chiqar edi. Bu
yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdig‘i bilangina kuchga kirar va
hayotga joriy etilardi.
Ko‘kaldosh, Otaliq, Naqib, vaziri a’zam, vazir,
devonbegi va
boshqa oliy darajali saroy amaldorlari, no‘yon, tug‘begi, kutvol,
dorug‘a, qo‘rchiboshi va boshqa harbiy amaldorlarning fikri va
manfaatlari ham qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi.
Davlat boshqaruvida harbiy-ma’muriy
amaldorlardan tashqari,
ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalarning, aynan Shayx ul-islom,
qozi kalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham ta’siri katta
bo‘lgan. Bu davrda, ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘idan
chiqqan xojalarning mavqeyi juda oshib ketdi.
Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qo‘lida bo‘lib, ular ham o‘z
boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Uning tarkibiga qo‘shinga
boshchilik
qiladigan, shariat qonunlarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiladigan,
aholidan soliqlarni yig‘ib oladigan amaldorlar (rais)lar kirgan. Viloyatlar
o‘z navbatida kichik ma’muriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga
bo‘linib idora qilingan.
Mahalliy boshqaruvning eng quyi bo‘g‘ini oqsoqol (kalon taron)
tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi.
Xonlik viloyat (ulus)ga bo‘lib boshqarilgan.
Manbalarda
Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana,
Qorako‘l, Miyonqol, Shosh,
Turkiston, Farg‘ona, O‘ratepa, Marv kabi
viloyatlardan tashkil topganligi ko‘rsatilgan. Viloyat hokimlari xon
tomonidan tayinlangan. Odatda, bunday yuksak mavqega xonning yaqin
va
ishonchli kishilari, qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, harbiy
yurishlarda o‘zini ko‘rsatgan o‘zbek sultonlari muyassar bo‘lgan.
Xonlikni chegaralari doimiy bo‘lmay tez-tez o‘zgarib, kengayib yoki
qisqarib turgan.
Dostları ilə paylaş: