Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


tuman (mo‘g‘ulcha – o‘n ming) deb  yuritilgan. O‘z navbatida mingliklar –  hazora



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

tuman
(mo‘g‘ulcha – o‘n ming) deb 
yuritilgan. O‘z navbatida mingliklar – 
hazora
ni, yuzliklar – 
sada

o‘nliklar - 
daha
larni tashkil etgan.
4
Har bir viloyatning o‘z hokimlari bo‘lish bilan birga, moliya 
devoni, qozi, muftiy, muxtasib va mutavallilari ham faoliyat ko‘rsatgan. 
4
Амир Темур ва темурийлар даврида миллий давлатчиликнинг ривожланиши. 108-б. 


75 
Ular bir vaqtning o‘zida mahalliy hokimiyatga va Oliy devonga 
bo‘ysungan, bu esa mahalliy ma’muriy boshqaruvning mukammal 
darajada tashkil etilganligini ko‘rsatadi.
Mahalliy boshqaruvda shuningdek, mahalla oqsoqollarining o‘rni 
ham sezilarli darajada bo‘lgan va oqsoqollar mahalliy aholi orasidan 
tayinlangan.
Amir Temur va temuriylar davrida davlat va boshqaruv masalalari, 
davlat va mahalliy hokimiyat vakillarining barchasi yagona markazga 
bo‘ysundirilgan. Davlat boshqaruv tizimi mukammal davlatchilik tizimi 
bo‘lib, u davlat hokimiyatini amalga oshirishning samarali vositasi 
bo‘lib xizmat qilgan edi.
O‘zbek xalki davlatchiligi tarixida Amir Temurning xizmati 
shundaki, u davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi 
siyosatining tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda 
takomillashtirdi.
Mamlakatni boshqarishda, eng avvalo, o‘z yaqinlariga suyangan 
Amir Temur davlat boshqaruv ishlarida islom qonun-qoidalariga ham 
amal qildi. 
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, eng avvalo, uzoq yillar 
davom etgan mo‘g‘ullar hukmronligining asoratlari – siyosiy tarqoqlik, 
boshqaruvdagi o‘zboshimchaliklar, mamlakat ichki hayotida fuqarolar 
ustidan hukmronlik qiluvchi beklar va amirlarning zulmkorlik siyosatiga 
barham berdi. 
Sohibqiron Amir Temur davlatining ma’muriy tizimi o‘sha 
davrdagi milliy davlatchilik, fors, arab va mo‘g‘ul va o‘sha davr 
davlatchiligining eng maqbul sifatlarini o‘zida mujassamlashtirdi. Unda 
urf-odatlar, turli milliy qadriyatlar taraqqiyotiga yo‘l ochish, inson 
farovonligini ta’minlash asosiy maqsad etib olingan edi. Sohibqiron 
Amir Temur davlatining ma’muriy tizimi davr uchun xos bo‘lgan 
yangicha an’analarni o‘zida mujassam etsada, davlatning barcha 
sohalarida turkiy davlatchilik an’analari ustunlik qildi.
Sohibqiron Amir Temur o‘rta asr turkiy davlatchilik an’analarini 
boshqaruvga asos qilib olib, ularni yangicha asosda rivojlantirdi.
Amir Temurning davlat boshqaruv asoslari o‘sha davr tarixiy 
sharoitidagi eng afzal boshqaruv asoslarini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, 
o‘zga davlatlarning davlat boshqaruv ishlari uchun ham o‘ziga xos 
tarzda andoza sifatida ta’sir o‘tkazdi. Davlatning boshqaruv asoslari o‘z 
davri imkoniyatlaridan birmuncha o‘zib ketgan bo‘lib, fuqarolarning 


76 
milliy, irqiy, diniy va taraqqiyoti darajasidan qat’iy nazar mamlakat 
obodligi va xalq farovonligi uchun xizmat qilgan. 
Amir Temurning davlatchilik ta’limotida tarixiy davlatchilik 
tafakkuri, o‘z davrining muhim ijodiy qonunchiligi va ta’limotlari 
uyg‘unlashib, o‘sha davr uchun yangicha mukammal davlatchilik 
asoslari yaratilgan va amalga oshirilgan.
Amir Temurning davlat boshqaruv qoidalari insoniylik poydevori 
ustida qaror topganligi uchun ham bu qadriyatlar o‘zbek xalqining 
bugungi davlatchilik an’analariga ham mos keladi.
Amir Temur davlatining ichki va tashqi siyosatidagi eng asosiy 
tayanchi harbiy qo‘shinlar edi. Harbiy qo‘shinlarning eng asosiy 
vazifalaridan biri esa mamlakat tinchligi va fuqarolarning xavfsizligini 
ta’minlashdan iborat edi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki vaqtlaridanoq 
kuchli harbiy qo‘shin tuzish harakatiga tushadi, buning asosiy sababi 
dastlabki vaqtlarda Movarounnahrning tevarak atrofida joylashgan 
mo‘g‘ul xonlari va amirlariga qarshi kurash olib borish bo‘lsa, keyingi 
vaqtlarda kuchli davlat tuzish va uning xavfsizligini ta’minlash edi, bu 
masalalar esa o‘z navbatida davlatning kuchli qo‘shinga ega bo‘lishini 
taqozo etardi.
Amir Temur harbiy islohotlarga katta e’tibor berib, eng avvalo, 
qo‘shin boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tanlab olish va 
ularni tarbiyalab borish, qat’iy harbiy intizomga rioya etuvchi kuchli 
qo‘shin tuzish, qo‘shinni qurollantirish borasida ish olib bordi.
Amir Temurning harbiy islohotlari asosida tuzilgan qo‘shinning 
asosini o‘n nafar jangchidan iborat bo‘linma tashkil qilgan. Bu bo‘linma 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin