Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA


Ilixon”
degan unvonni oldi va o‘z davlatini Xoqon unvoni 
bilan boshqara boshladi. Oltoydagi Utukan shahri yangi Turk 
xoqonligining poytaxti qilib belgilandi. Bumin o‘z ukasi Istamiga 
birinchi sarkarda va davlatning bosh amaldori darajasini bildiruvchi - 

Yabg‘u
” (
bahodir
)
unvonini berdi. Aka-ukalar birgalikda davlat 
chegaralarini kengaytirishga kirishdilar. 
Bumin sharqiy yerlarni, ukasi Istami g‘arbiy hududlarni birlashtira 
boshladi. 563-567-yillarda Turk xoqonlari Eftaliylar davlatini tor-mor 
qilganlaridan so‘ng O‘rta Osiyo hududida o‘z hukmronliklarini 
o‘rnatibgina qolmay, Eron sosoniylari bilan ham tez-tez urushlar olib 
bordilar. E’tiborli joyi shundaki, Turk xoqonlari va amaldorlarining 
ko‘pchiligi ilgari o‘zlari yashagan hududlarda qolib, egallab olingan 
yerlardan keltirilgan to‘lovlar, o‘lponlar, sovg‘a-salomlar olib turishni 
afzal ko‘rdilar. Mahalliy zodagonlar mamlakatning ichki iqtisodiy va 
siyosiy hayotini o‘zlari boshqardilar. Faqat jiddiy ichki ziddiyatlar
kelishmovchiliklar kelib chiqqandagina turk xoqonlari ularning ishiga 
aralashar edilar. 
Turk Xoqonligi davrida O‘rta Osiyo yerlarida yer egalik qilish 
munosabatlari mustahkamlanib, xoqonlar, amaldorlar va harbiy 
sarkardalar, mahalliy hukmron tabaqalar, yirik zamindor va din 
homiylari 
katta-katta 
yer-suv 
boyliklariga 
ega 
bo‘ldilar. 
Hunarmandchilik va savdo-sotiqdan davlat xazinasiga katta daromad 
tushishi natijasida xoqonlar “Ipak yo‘li”ni kengaytirishga va tinchligini 


38 
ta’minlashga katta e’tibor berishgan. Bu davrda shaharlar kengaygan. 
Shaharlar va yirik qishloqlarda karvonsaroylar qurilgan. Biroq, Turk 
xoqonligida ichki vaziyat notinch edi. Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 
turli ijtimoiy va siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar 
hokimiyatni zimdan yemirib borgan. Markaziy hokimiyat bilan mahalliy 
hukmron tabaqalar o‘rtasida ziddiyat kuchayishi natijasida xoqonlik 
zaiflashib, inqirozga yuz tutdi. Eron bilan olib borilgan doimiy urushlar 
Turk xoqonligi mavqeyini yanada pasaytirdi. 588-yilda xoqonlik 
qo‘shinlarining qattiq zarbaga uchrashi, uning parchalanishiga olib 
keldi. VI asrning 80-yillariga kelib, Turk xoqonligi Sharqiy va g‘arbiy 
qismlarga bo‘linib ketdi. 
G‘arbiy turk xoqonligining markazi Yettisuv hududlari hisoblanib, 
xoqon yozda Isfijob (Sayram), qishda esa Siyobni qarorgoh qilardi. Har 
ikki xoqonlik aholisining asosiy mashg‘uloti, asosan, chorvachilik 
bo‘lsada, biroq bosib olingan mahalliy xalqlar evaziga, G‘arbiy 
xoqonlikning ko‘pchilik qismi dehqonchilik xo‘jaligi va o‘troq turmush 
tarzi bilan bog‘langan edi. Shuningdek, xoqonlik tomonidan Buyuk Ipak 
yo‘lining shimoliy tarmog‘i nazoratga olingandan so‘ng savdo-sotiq va 
hunarmandchilik ko‘lamlari ham kengayib bordi.
Mahalliy xalqlarning davlatchilik an’analarini turkiy boshqaruv 
bilan qorishtirish va boshqaruvda, asosan, mahalliy davlatchilik 
an’analarining ustunlik qilishi G‘arbiy Turk xoqonligi davlatchilik 
munosabatlarining sharqiy xoqonlikka nisbatan yuksak taraqqiy qilgan 
darajaga ko‘tarishi uchun imkon yaratdi va boshqaruv munosabatlari 
murakkablashib bordi. Markaziy hokimiyatning nisbatan kuchayishi, 
xoqonlik 
hududlarining 
kengayishi 
davlatning 
mustahkamlanib 
borishiga olib keldi. Ayniqsa, xoqonlik ikkiga ajralgan VI asrning 80-
yillaridan boshlab o‘tgan yarim asrlik vaqt davomida, VII asrning 
birinchi choragiga kelib G‘arbiy Turk xoqonligi nisbatan kuchayib 
boradi. Bu vaqtga kelib uning sarhadlari Oltoydan Hind daryosi 
bo‘ylarigacha borib taqaladi.
To‘nyabg‘uning hukmronligi yillarida (618-630-yy.) G‘arbiy 
xoqonlikda davlat boshqaruviga oid ayrim islohotlar amalga oshiriladi 
va bunga ko‘ra mahalliy hokimlarga yabg‘u darajasi joriy etiladi. Bu esa 
mahalliy hokimlarni xoqonlikka, bevosita tobe hokimliklarga yoki 
noibliklarga 
aylantirilsa, 
ayni 
vaqtda 
mahalliy 
hokimlarning 
mustaqillikka bo‘lgan intilishlari uchun sharoitni yuzaga keltiradi va 
keyingi davrlardagi siyosiy tarqoqlik va markaziy hokimiyatning 
zaiflashuvi uchun zamin hozirlaydi.


39 
VII asr boshlarida G‘arbiy Turk xoqonligi eng kuchaygan darajaga 
erishgan vaqtda Xitoy bilan har ikki tomonni qoniqtiruvchi diplomatik 
aloqalar o‘rnatildi va eski aloqalar tiklandi. Shu asrning 30-yillarida 
xoqonlik hududlariga xitoylik Syuan Syan keladi va Issiqko‘l, Chu 
vodiysi, Choch viloyati, Samarqand, Buxoro va Amudaryo bo‘ylarini 
kezib bu yerda ko‘rgan kechirganlari haqida o‘zining esdaliklarini yozib 
qoldiradi. 
Xoqonlikda mahalliy hokimlarning mustaqillikka intilishi va ayni 
vaqtda o‘zaro kurashlari boshlanishi davlatning va markaziy 
hokimiyatning zaiflashuviga va parchalanishiga olib keladi. Bunday 
holat esa Xitoy tomonidan xoqonlikka qarshi harbiy harakatlarni 
boshlashiga turtki beradi va 659-yilda Tan imperiyasi qo‘shinlari 
Yettisuvga bostirib kiradi. Bu kurashlarda mag‘lubiyatga uchragan 
xoqonlik hududlarida Xitoy oliy hokimiyati hukmronligi o‘rnatiladi, 
biroq xitoyliklarning 660-yildan boshlab Turk xoqonligi hududlarida 
xitoycha ma’muriy boshqaruv uslubini joriy etishga bo‘lgan urinishlari 
naf bermaydi.
VII asrning oxiriga kelib O‘rta Osiyoda xoqonlikni qayta tiklash 
uchun harakatlar boshlandi, avvalgi xoqonlik hududlarida, xususan O‘rta 
Osiyo hududlarida bir necha o‘nlab mayda-mayda hokimliklar 
shakllandi va kuchli siyosiy tarqoqlik yuzaga keldi. Xoqonlikni tiklash 
uchun barcha harakatlar naf bermadi, ayniqsa, VIII asr boshlarida O‘rta 
Osiyo hududlariga boshlangan Arab xalifaligining bosqinchilik 
yurishlari turkiy davlatning barham topishiga va ayni vaqtda mahalliy 
hokimliklarning tugatilishiga ham olib keldi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin