5. Qang‘ davlati davlatchiligi tarixi
Antik davr O‘zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan
yana biri – Qang‘ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‘ davlati
mavjud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mil. avv. III asr oxiri – II asr
boshlariga to‘g‘ri keladi. Ammo Qang‘ davlati va qang‘arlar tarixining
mashhur bilimdoni K.Sh.Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil.avv III
asrning boshlarida paydo bo‘ladi. Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati
va qo‘shni ko‘chmanchi qabilalar bilan bo‘lgan kurashlar natijasida
Qang‘ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O‘rta
Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi.
Qang‘ davlati asosini tashkil etgan qabilalar Sirdaryoning o‘rta va
quyi oqimlarida istiqomat qilishgan. Davlat tashkil topgan dastlabki
davrda uning hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan. Tashqi
harbiy hujumlar tufayli Qang‘ davlati nafaqat mustahkamlanib oladi,
balki o‘z chegaralarini ham kengaytirib boradi. Ya’ni mil. avv. II va
milodiy I asrda Qang‘ davlatining hududi ancha kengayib Toshkent
vohasi, O‘rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va Chu daryosining quyi
oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olar edi.
27
Qang‘ davlati haqida bizgacha yetib kelgan manbalarda bu davlat
hokimiyati qanday idora qilingani, boshqaruv tartibi va shakllari haqida
aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.
avv. 202-yil, mil. 25-yillar) Qang‘ podshosi o‘z oqsoqollari bilan
maslahatlashib ish tutganligi haqida ma’lumot beriladi. Bundan xulosa
chiqargan tadqiqotchilar o‘sha davrda tashkil topgan Qang‘ davlatida
kengash muhim rol o‘ynaganligini, davlat kengashida qabila boshliqlari,
harbiy sarkardalar faol qatnashganliklarini hamda ularning fikri hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlaydilar. Demak, o‘sha
davrlarda podsho saroyi qoshida kengash mavjud bo‘lib, podshoning
ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha davlat ishlari va
boshqaruvi bilan bog‘liq masalalar ana shu kengash yig‘ilishida hal
qilingan.
Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir nechta viloyatlarga (yoki
mulklarga) bo‘lingan bo‘lib, ularning har birini jobg‘u yoki yobg‘u (qad.
Xitoy manbalarida –chjaovu) deb nomlangan hokimlar boshqargan.
Jobg‘ular mamlakat boshqaruvida Qang‘ podsholarining asosiy tayanchi
hisoblangan. Jobg‘ular podsholarga yaqin kishilardan, ularning
qarindoshlaridan, yirik urug‘-qabila boshliqlaridan tayinlangan.
Qang‘ davlatining tashkil topishi asosiy sabablaridan biri tashqi
harbiy hujumlardan himoyalanish zaruriyati bo‘lgan. Miloddan avvalgi
329-yilda Iskandar qo‘shinlari Bekobod va Xo‘jand oralig‘ida
Sirdaryodan kechib o‘tib, bosqinchilik qilganda mahalliy aholi unga
qarshi qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Buning natijasida Iskandar ortga
qaytishga va Xo‘jand yaqinida Aleksandriya Esxata shahriga asos
solishga majbur bo‘lgan edi.
Miloddan avvalgi II va milodiy I asrda Qang‘ davlatining hududi
kengayib, Toshkent vohasi, O‘rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va Chu
daryolarining quyi oqimidagi yerlarni o‘z tarkibiga kiritadi. Qang‘
davlatining ikkita poytaxti bo‘lib, biri Qang‘diz (Oqqo‘rg‘on) va
ikkinchisi O‘tror bo‘lgan.
Ayrim tarixchilarning fikricha Kangyuy yoki Qongli – qadimgi
Xorazm davlati bo‘lib, miloddan avvalgi II-I asrlarda ushbu davlat
hududi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning hozirgi hududiga to‘g‘ri
keladi (Farg‘ona va Surxondaryodan tashqari) deb hisoblanadi. Ularning
fikricha “Mahabharata” va “Avesto” da zardushtiylikning paydo bo‘lishi
munosabati bilan yod etilgan Qonqa Xorazmiylar davlatidir. Arxeologik
izlanishlar Qongli davlati hududiga qadimgi Chochni ham kiritadi.
28
Qongli davlatining poytaxti sifatida Sirdaryo yaqinidagi ko‘hna Qanqa
shahar xarobalari ko‘rsatiladi.
2
Biroq mavjud ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, Qang‘ davlati
Xorazm davlati emas, balki Sirdaryo bo‘ylarida hozirgi Toshkent vohasi
(markazi Choch-Toshkent shahri), Sirdaryo viloyati va Janubiy
Qozog‘iston viloyatlari hududlarida alohida mustaqil ravishda hukm
surgan davlatdir. Qang‘ davlati haqida qadimgi Xitoy va boshqa
manbalarda ma’lumotlar uchrasada, biroq qadimgi Xorazm haqida
ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirgan antik davr yunon va rimlik
tarixchilarning birontasi ham Xorazm va Qang‘ davlatining o‘rtasidagi
nomlanish yoki siyosiy va iqtisodiy bog‘liqlikni ko‘rsatmaydilar.
Aksincha, tarixchi Kvint Kursiy Rufning mahalliy xalqlar tomonidan
Iskandarning harbiy harakatlariga qarshi kurashlari haqida shunday
ma’lumotlar uchraydi: “Tanais daryosi ortidagi saklar davlatining
podshosi yunonlar tomonidan daryo bo‘yida solingan shahar
(Aleksandriya Esxata) o‘zlarini qullik asoratiga solishini sezib, uni
vayron qilish va yunonlarni daryo qirg‘og‘idan uzoq masofaga quvib
chiqarish uchun katta bir otliq qo‘shinga o‘z akasini qo‘mondon etib
yuboradi”. Bu yerda gap aynan Sirdaryo bo‘yida joylashgan Qang‘
davlati haqida ketmoqda. Taxmin qilish mumkinki, kuchli qarshiliklar
va uch yillik kurashlardan so‘ng katta qiyinchilik bilan So‘g‘d davlatini
zabt etgan Iskandar undan shimoliy sharqda joylashgan kuchli Qang‘
davlati mavjudligini hisobga olib o‘z yurishlarini O‘rta Osiyoning
ichkari hududlariga emas, balki olis Hind daryosi tomon yo‘naltirishga
majbur bo‘lganligi ham fikrimizni dalillaydi. Qang‘ davlati haqida
yuqorida aytib o‘tganimizdek, xitoylik tarixchilar ko‘plab ma’lumotlar
yozib qoldirganlar. Jumladan, Shi-szi solnomasiga ko‘ra, Qang‘yuy
dastlab kuchsizgina davlat bo‘lgan paytda, hukmdor oqsoqollar orasidan
tanlangan va u oqsoqollarning birlashgan qo‘shinlariga tayangan.
Ko‘chmanchilarda har bir oila boshlig‘i jangchi hisoblangan. Shuning
uchun Qang‘yuy qo‘shinlarining soni ulardagi oilalar soniga teng
bo‘lgan. Qang‘yuy qudratli davlatga aylangan vaqtda 120 ming
qo‘shinga (demak, shuncha oilaga ham) ega bo‘lgan. O‘sha paytda
aholisi taxminan 600000 kishidan iborat bo‘lgan. Xitoy elchilari o‘z
hukmdorlariga Qang‘yuylar haqida “mag‘rur, qo‘rs”, deb ma’lumot
berganlar. Bu davlatning siyosiy tarixi haqida ma’lumotlar, asosan,
Xitoy manbalarida uchraydi. Jumladan, Xitoy qo‘mondoni Li Guan-li
qo‘shinlari mil. avv. 101-yilda Dovonga bostirib kirganida Qang‘yuy
2
Ўзбекистон халқлари тарихи. ЎзР ФА хақиқий аъзоси А.Асқаров таҳр. ост. Т., Фан, 1992. 45-б.
29
davlati qo‘shinlari o‘z qo‘shnilari bo‘lgan Farg‘ona-Dovon davlatini
xitoyliklar bosqinidan himoya qilgan va hatto ularning g‘alaba qozonishi
uchun katta yordam bergan.
Solnomachilar Qang‘yuyni ko‘chmanchilar davlati deb atasalarda,
unda shaharlar mavjud bo‘lganligi haqida ham ma’lumot beradilar.
Xalqi “Tuproqdan qilingan devor ichida yashaydigan” Yansay shaharlari
shular jumlasidandir. Qang‘yuy poytaxtini juda qadim zamonlarda
Qang‘xa, joylashgan o‘rnini Sirdaryo deltasi hududida deb hisoblaydilar.
Manbalarda ko‘rsatilgan jug‘rofiy o‘rinlarga uncha to‘g‘ri kelmasa-da,
mamlakat poytaxti bo‘lgan Bityan shahri Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on
tumanidagi Qang‘xa shahar xarobasi o‘rnida bo‘lgan degan fikrlar
mavjud. Milodiy III asrlarga kelib Xorazmning Qang‘ davlatidan ajralib
chiqishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, Qang‘ davlati bu Xorazm davlati
emas, balki miloddan avvalgi IV-III asrlarda tashkil topib, keyinchalik
Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘idagi nazoratni to‘lig‘icha o‘z
qo‘liga olgan va shu jarayonda Xorazmni ham bosib olib o‘z tarkibiga
qo‘shib olgan davlat ekanligi aniq bo‘ladi. Qang‘
davlati
aholisi
tarkibini, asosan, dehqonlar va chorvadorlar tashkil etadi. O‘troq aholi
shaharlarda va vodiylarda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va
savdo bilan mashg‘ul bo‘lgan. Dasht tumanlarida esa chorvachilik
rivojlangan. Miloddan avvalgi II asrda qang‘ qabilalari eng qudratli
davlat birlashmasiga aylandi, uning hukmdorlari o‘z nomlaridan tangalar
zarb qildiradi. Tangalarning old tomonida davlat hukmdorining tasviri,
orqa tomonida esa qang‘ning otliq suvoriysi tasviri tushirilgan. Qang‘
davlatining iqtisodiy taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo‘lining davlat
hududlaridan o‘tgan shimoliy tarmog‘i katta ta’sir o‘tkazdi. Davlati bir-
biriga teng bo‘lgan o‘troq-xo‘jalik hududlaridan iborat beshta kichik
hokimiyatni o‘z ichiga olgan. Ular Qang‘yuy ittifoqi ishtirokchilariga
qaram bo‘lgan Suse, Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan hududlaridan iboratdir.
A.N.Bernshtamning fikricha, Yuni-Toshkent vohasida, Suse-Sirdaryo va
Arisning o‘rta oqimida, Fumu-Yangiqo‘rg‘on atroflari, Gi-Sirdaryo
etaklarida, Yuegyan esa Xorazmda joylashgan. Bu ittifoqning umumiy
chegaralari Xorazm, Shosh, So‘g‘d viloyatlari bilan bir qatorda Sirdaryo
etaklari va Orol dengizi shimolidagi hududlarni o‘zida birlashtirgan.
Shuning uchun ham o‘lkaning janubida joylashgan boshqa davlatlar
(jumladan, Parfiya, Kushon va b.)dan farqli o‘laroq Qang‘yuy davlatida
ko‘chmanchilar davlatiga xos belgilar saqlanib qolgan.
Qang‘ davlati milodiy III asrga kelib parchalanib ketgan va undan
Xorazm va boshqa mahaliy davlatlar ajralib chiqadi.
|