Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

 
3. Salavkiylar davrida O‘rta Osiyo 
Miloddan avvalgi 312-yilda Iskandar davlatining Sharqiy qismi 
(Kichik Osiyo, Suriya, Eron va O‘rta Osiyo) sarkarda Salavka 
hukmronligi ostida birlashtirildi. Salavkning hokimiyati turli harbiy 
manzilgohlarda joylashgan yunon-makedon va makedonlar qurol-
yarog‘lari bilan qurollangan mahalliy xalqlarning harbiy kuchlariga 
tayangan edi. 
Yunonlar o‘z hokimiyatlarini mustahkamlash maqsadida O‘rta 
Osiyo hududlarida bir qancha harbiy istehkomlar va qal’alar barpo 
qilgan edi. Bu narsa Iskandar vaqtidayoq boshlanib, uning o‘zi O‘rta 
Osiyoda 12 ta shaharga asos solgan edi. Bu shahar va qal’a 
istehkomlaridagi yunon-makedon harbiylari qo‘riqchi kuch sifatida 
harbiy kuch bo‘lgan. Iskandar saltanati qulagach, bu an’analar 
Salavkiylarda ham davom etdi. 
Salavkiylar davlati turli etnik guruhlar asosida harbiy kuch 
ishlatish yo‘li bilan tashkil etilgan davlat edi. Davlat boshqaruvining 
barcha siyosiy huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan 
bog‘liq bo‘lib, “podsho saroyi” davlat boshqaruvida katta ahamiyatga 
ega edi. Dastlab Salavkiylarda boshqaruvchi devonxona mavjud 
bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. 
Salavkiylar davlatida birmuncha murakkab soliq turi mavjud 
bo‘lib, Salavkiy hukmdorlari o‘zlarigacha bo‘lgan soliq tartiblarini 
o‘zgartirmay, unga bir qancha qo‘shimchalar kiritganlar. Dehqonlardan 
soliq yig‘ib olish satrap hokimining vazifasi edi. Satraplikning umumiy 
soliq miqdori jamoalardan tushadigan soliq miqdoriga qarab belgilanar 
edi. 
Miloddan avvalgi 293-yil davlatning Sharqiy viloyatlariga Salavka 
va Spitamen qizi Apamaning o‘g‘li Antiox hokim etib tayinlandi. Bu 
narsa Salavkiylarda hokimlarning podsho oilasi bilan qarindoshligi 
bo‘lishi sharti boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri 


22 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi 280-yilda Salavka o‘limidan 
so‘ng Antiox podsho bo‘ldi va davlatni 20-yil davomida boshqardi. 
Salavkiylar davlati doimiy ichki kurashlar orasida qoldi. Miloddan 
avvalgi III asr o‘rtalarida undan Baqtriya ajralib chiqdi. Uning podshosi 
Diodot bo‘lgan. Shu vaqtda Salavkiylardan yana bir davlat – 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin