Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


hind, toxar, sug‘d, baqtriya, yunon, usun



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

hind, toxar, sug‘d, baqtriya, yunon, usun 
va 
boshqa qabila va elatlar yashaganlar.
Shak qavmlariga mansub yuechji qabilalari Markaziy Osiyoning 
g‘arbiy qismida yashar edilar. Yuechjilardan sharqdagi bepoyon 
dashtlarda esa xunn qabilalari ham kun kechirgan. Uzoq yillar 
mobaynida yuechjilar o‘tloq talashib xunnlar bilan kurash olib 
borganlar. Bu janglarda goh xunnlar, goh yuechjilar g‘olib chiqar edilar. 
Keyinchalik xunnlar kuchayib, yuechjilarni Markaziy Osiyodan g‘arbga 
chekinishga majbur qilgan. Ular dastlab, Oloy va Dovonga (Farg‘ona 
vodiysi) ko‘chib, so‘ng So‘g‘diyona, Shimoliy Baqtriyaga, undan esa 
Janubiy Baqtriya bo‘ylab tarqalganlar. Yuechjilar 
xyumi, shuanji, 
guyshan, xise 
va 
dumi 
kabi bir-biriga qarindosh qabilalardan iborat 
edilar. Aynan ushbu qabilalar Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirib 
barham bergan. 
Bir tomondan yuechji, ikkinchi tomondan ko‘chmanchi 
saklarning shiddatli hujumlari natijasida Yunon-Baqtriya davlati 
ag‘darib tashlanadi. Guyshuan qabilasining sardori Kudzula Kadfiz 
qolgan 4 ta qabilani birlashtirib Kushon davlatiga asos solgan va o‘zini 
“Shohlar shohi” 
deb e’lon qilgan. Shu tariqa Kushon podsholigi tashkil 
topgach, u Parfiya bilan zafarli urushlar olib boradi. Kanishka davrida 
Qashqar, Yorkent va Xutan ham Kushon saltanati tarkibiga kiradi. Shu 
davrda Kushon saltanatining yerlari Hindistondan Orol dengizigacha, 
Parfiyadan Xutongacha yoyilgan edi. Bu davrda Kushonlar saltanatining 
poytaxti 
Baqtriyadan 
Peshovarga ko‘chirilgan. 
Aynan Kushon podsholigiga ham asosan Baqtriya ta’sir 
o‘tkazgan. Unda Baqtriyada bo‘lgan siyosiy tizim joriy qilingan. 
Xo‘jalik rivojlangan davrida xo‘jalikning hamma tarmoqlari rivoj topdi. 
Gang, Hind, Oks, Jamna kabi katta-kichik daryolarning bo‘ylaridagi 
unumdor yerlar dehqonchilikning markazlari edi. Yunon-Baqtriya 
davrida suv omborlari, kanallar, ariqlar va suv inshootlari qurilishiga 
katta e’tibor berilgan. Ziroatkorlar bug‘doy, arpa, sholi, g‘o‘za, tariq, 
kunjut, mosh, no‘xat kabi ekinlar ekib, ulardan mo‘1 hosil olganlar. 
Dehqonlar podsholikning O‘rta Osiyo qismida qovoq, bodring, qovun, 
tarvuz ekib polizchilik bilan shug‘ullanganlar. Podsholikning ko‘p 
joylarida, ayniqsa, tog‘ va tog‘ oldi yerlarida, bog‘bonlar olma, nok, 


26 
o‘rik, gilos, shaftoli, anor, anjir kabi mevali daraxtlarni ekib parvarish 
qilganlar. Kushonlar podsholigi davrida chorvachilik ham ancha rivoj 
topadi. Baqtriya hukmronligi davrida hunarmandchilik ham rivoj 
topgan. Podsholikda temirchilik, to‘qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik, 
me’morchilik, 
zargarlik, 
kemasozlik 
ancha 
yuksalgan 
edi. 
Hunarmandchilikning yirik markazlari – shaharlar va katta qishloqlar 
bo‘lgan. 
Baqtriya davrida savdo-sotiq ham rivoj topgan edi. Hind 
savdogarlari “Buyuk Xitoy yo‘li” va boshqa savdo yo‘llarining 
tarmoqlari orqali Xitoy, O‘rta Osiyo, Old Osiyo mamlakatlari bilan 
savdo qilganlar. Yunon-Baqtrya podsholigida juda ko‘p xalqlar va 
elatlar yashaganlar. Shuning uchun ularning madaniyati rang-barang 
bo‘lgan. Bu narsa tasviriy san’atda, diniy e’tiqodda ham o‘z aksini 
topgan. Yunon-Baqtriya podsholigidagi qabila va elatlar buddizm, 
zardushtiylik va ibtidoiy din shakllariga e’tiqod qilgan. Yunon-Baqtrya 
davrida ilmiy-amaliy bilimlar – falsafa, tarix, geografiya, tabobat, 
matematika kabi fanlar rivojlangan edi. Kushon madaniyati Qadimgi 
Hindiston va O‘rta Osiyo xalqlarining mashaqqatli mehnati bilan 
yaratilgan. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin