19
Ahamoniylar urushlarining hammasida faol ishtirok etganlar, ularning
qurollari qoldiqlari, ayniqsa, bronzadan ishlangan nayza uchlari Yaqin
va Kichik Osiyo hamda Yunonistondan ko‘plab topilgan.
Ahamoniylar davrida ko‘pgina Sharq xalqlarining siyosiy birligi,
keng madaniy va iqtisodiy aloqalar rivojlandi. Bu davrda O‘rta Osiyoga
oromiy yozuvi kirib keldi, keyinchalik oromiy yozuvi asosida mahalliy
xalqlarning Parfiya, so‘g‘d, baqtriya va xorazm yozuvlari shakllandi va
ilk o‘rta asrlargacha mavjud bo‘ldi.
Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlarining asosiy mashg‘uloti
dehqonchilik bo‘lgan, shu davrga oid qadimgi manzilgohlardan ko‘plab
dehqonchilikka oid mehnat qurollari topilgan.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona,
Farg‘ona, Shosh hududlarida ko‘plab shaharlar va qishloqlar mavjud
bo‘lgan. Yirik shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan
o‘rab olingan bo‘lib, bu davrda shaharlarning nafaqat siyosiy markazlar
sifatida, balki ijtimoiy hayot uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga
kelgan madaniy va iqtisodiy markazlar sifatidagi ahamiyati ham oshib
bordi. Shaharlarda kulolchilik va temirchilik, bronzadan buyumlar
yasash, to‘qimachilik va savdo-sotiq rivojlangan, shahar atroflaridagi va
shahardagi barcha aholi uchun shahar ichida joylashgan ibodatxona
asosiy diniy marosimlarni bajaruvchi markaz bo‘lib qolgan.
Dostları ilə paylaş: