Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


partiya MK qarorlarini qat’iy bajarishga qaratilgan boshqa chora-



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA


partiya MK qarorlarini qat’iy bajarishga qaratilgan boshqa chora-
tadbirlarni ko‘rish huquqlariga ega edi. Ushbu komissiyaning asosiy 
maqsadi – mahalliy aholi manfaatlari yo‘lida ishlash emas, balki 
Turkistonda 
sovet 
hokimiyatining 
mavqeini 
mustahkamlash, 
imperiyaviy markaz bilan lenincha rahbariyatning go‘yo “strategik 
to‘g‘ri yo‘lini buzgan”, yangi hokimiyatning maqsad va mohiyatlarini 
“buzib” ko‘rsatgan mahalliy arboblar faoliyatini nazorat qilish hamda 
ular o‘rtasidagi masofani uzoqlashtirishdan iborat edi. 
Turkiston komissiyasi amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, 
xo‘jalik va partiya tashkilotlariga rahbarlik qilib, Markazdagi 
bolshevikcha siyosatni qat’iy ravishda amalga oshirishga kirishdi. 
Turkkomissiya o‘lkadagi butun hokimiyatni to‘laligicha o‘z qo‘lida 
to‘plab, faqat markaz manfaatlarini amalga oshiruvchi “davlat ichidagi 
davlat” vazifasini bajardi. 
Sovet hokimiyatining Turkiston respublikasida hayotga tatbiq 
etgan dekret va qarorlari mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida 
tutib turish uchun xizmat qilgan edi. Xususan, Butunrossiya MIKning 
1920-yil 10-apreldagi “Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi 
to‘g‘risidagi” qarorida, 1921-yil 11-apreldagi “Turkiston Sovet 
Sotsialistik Respublikasini ta’sis etish to‘g‘risidagi” dekretda, RKP (b) 
MK 1920-yil 19-iyunda qabul qilgan “Turkiston Respublikasi 
to‘g‘risidagi” Nizomda, umuman, RKP (b) tomonidan e’lon qilingan 
ko‘plab dekretlar, chaqiriqlar, murojaatnomalarda ko‘zda tutilgan 
xalqlarga erkinlik berish, o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash, ajralib chiqib 
mustaqil davlat tuzish huquqi o‘rniga Turkiston o‘lkasiga yarim huquq 
va erkinliklar berish, uni Rossiya tarkibidagi avtonom respublika 
shaklida saqlash siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Turkiston 
o‘lkasi mustamlakachilikning yangi “sovet” shakliga aylandi. 


108 
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka 
boshqaruv siyosati hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv 
organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli 
noroziliklariga sabab bo‘ldi. Milliy kommunistlar o‘lkadagi bolsheviklar 
siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy rahbar 
xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 1919-yil martda 
tuzilgan o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) Muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Chunonchi, Qayg‘usiz Otaboyev, Yusuf Aliyev, Abdulla 
Rahimboyev, Sanjar Asfandiyorov, Nazir To‘raqulov, Inomjon 
Xidiraliev kabi ko‘plab milliy rahbar xodimlar Turor Risqulov 
raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar. 
1920-yil yanvar oxirlarida Musbyuroning III konferensiyasi bo‘lib 
o‘tdi. Ushbu konferensiyada Turkistondagi uchta partiyaviy tashkilot – 
TKP O‘lka komiteti, Musbyuro va ajnabiy kommunistlar partiyasi 
yagona kommunistik partiyaga birlashtirildi. Konferensiya qarorida 
“Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasi” deb rasmiy 
nomlangan ushbu partiya keng mehnatkashlar ommasining partiyasi 
bo‘lishi, RKP (b) MKga nisbatan viloyat (o‘lka) komiteti huquqlaridan 
foydalanuvchi va unga bo‘ysunuvchi o‘z MK tomonidan boshqarilishi 
kerak edi. Shuningdek, konferensiyada T.Risqulov tomonidan Turkiston 
Sovet Respublikasi nomini o‘zgartirib, uni 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin