Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

konstitutsiyasi 
muhokama etildi va 
tasdiqlandi. Yangi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumni mustahkamlash 
maqsadida qabul qilingan ushbu konstitutsiya Turkistondagi quyidagi 
Xalq komissarliklarini qonun kuchi bilan mustahkamladi: tashqi ishlar, 
harbiy ishlar, ichki ishlar, adliya, mehnat va ijtiomiy ta’minot, maorif, 
pochta va telegraf, temir yo‘l, dehqonchilik, oziq-avqat, davlat nazorati, 
millatlar ishlari, xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi. 
Konstitutsiyaga ko‘ra, ishchi, soldat va dehqon deputatlarning 
sovetlari Respublika mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanib, 
Turkiston avtonom Respublikasining tarkibida 5 ta: Sirdaryo, Yettisuv, 
Farg‘ona, Kaspiy orti, Samarqand viloyatlari mavjud bo‘lgan. Syezdlar 
orasida viloyat (oblast)ijroya komiteti davlat hokimiyat organi bo‘lib 
hisoblangan. Markazda va joylarda inqilobiy komitetlar (revkom) ham 
tuzilib, ular nazorat va reviziya (taftish) qilish, kengashlarni tarqatib 
yuborish kabi vakolatlarga ega bo‘lganlar. Viloyat kengashlari va ijroiya 
komitetlari qoshida boshqaruv, harbiy, adliya, mehnat va ijtimoiy 
ta’minot, xalq maorifi, moliya, pochta va telegraf, yer-suv, oziq-ovqat, 
davlat nazorati, sog‘liqni saqlash, kommunal sovet kabi bo‘limlar 
ochilgan. 
Konstitutsiyaga ko‘ra, viloyatlar uyezdlarga, volost, shahar, 
qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uyezd, shahar sovetlari o‘zlarining 
ijroiya komitetlari va bo‘limlariga bo‘lingan. Qishloq va ovul ijroiya 
komitetlari esa o‘z bo‘limlariga ega bo‘lmagan. Rossiyaning 
Turkistondagi siyosiy hukmronligi, birinchidan, o‘lkada sovetcha 
asosdagi avtonomiyaning o‘rnatilishi bilan joriy etilgan bo‘lsa, bu 
jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy vazifalarining 
markaziy federal hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo‘li bilan 
rasmiylashtirilishi bo‘ldi. Zero, Turkiston Respublikasi Kosntitutsiya-
sining 7-bob, 30-§ ilovasida yozilishicha, mudofaa, tashqi aloqalar, 
pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo‘llar, bojxona, savdo-sotiq, 
sanoat va moliya masalalari markaziy federal hukumat ixtiyorida 
qoldirilgan edi. 
Achinarli tomoni shunda ediki, mahalliy aholining katta qismi 
o‘lkaning davlat tuzilishini belgilab beruvchi asosiy hujjat bilan hech 
bo‘lmaganda umumiy tarzda ham tanisha olmadi. Sababi, u mahalliy 
tillarda e’lon qilinmagan edi. Ushbu hujjatda sovetlarga xos “o‘z 


106 
taqdirini o‘zi belgilash” Turkistondagi mahalliy aholining mustamlaka 
holatini o‘zgartirmadi. Davlat hokimiyat organlarining tarkib topgan 
tuzilmasida, ularni shakllantirishning tor sinfiy tomonli sharoitida ular 
har qanday avtonomiyaning asosiy negizi bo‘lgan huquqdan-milliy-
hududiy birlik aholisining davlat hokimiyatini mustaqil amalga 
oshirilishi huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega emas edilar. 
Tadqiqotchilarning fikricha, konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan 
“sovet avtonomiyasi” o‘z mohiyatiga ko‘ra milliy-hududiy birlik edi. 
1919-yilning mart oyida Turkiston respublikasi sovetlarining 
Favqulodda VII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unga qadar 1918-yil 10-avgustda (V 
o‘lka syezdida) Milliy ishlar xalq komissarligi bo‘yicha maxsus Nizom 
qabul qilingan edi. Ushbu Nizomga ko‘ra, Milliy ishlar xalq 
komissarligida statistika, tashkiliy-tashviqot va madaniy oqartuv 
bo‘limlari tashkil qilingan edi. Ammo Turkiston hukumati a’zolaridan 
Kazakov, Uspenskiy, Salkin kabilar Turkiston MIK qoshidagi milliy 
ishlar seksiyasini tarqatib yuborishni so‘rab VII syezdga loyiha taqdim 
etdilar. Ular mazkur seksiyani “millatchilikning bir ko‘rinishi” sifatida 
baholadilar. 
Shunga qaramasdan, milliy masaladagi murakkab vaziyatni 
hisobga olgan RKP (b) MK 1919-yil 3-iyulda “Hokimiyatga mutanosib 
vakillik to‘g‘risida” degan qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu 
qarorda Turkiston mahalliy aholisining partiyaga mansubligi shart qilib 
qo‘yilmasdan, ularni mutanosib ravishda davlat qurilishi ishlariga keng 
jalb qilish zarur deb ko‘rsatilib, mahalliy aholining mol-mulkini 
majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olishni (rekvizitsiya) to‘xtatish 
vazifasi ham qo‘yilgan edi. Turkiston respublikasi hukumati bu qarorni 
yashirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, shov-shuvlardan so‘ng uni e’lon 
qilishga majbur bo‘ldilar. Ammo ushbu qaror bo‘yicha e’tiborga molik 
biror-bir amaliy ish qilinmadi. 
Sovetlar tuzumi Turkistondagi boshqaruvni tashkil etishda katta 
byurokratik apparatning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan edi. Biroq, 
tadqiqotchilarning fikricha, bolsheviklarning kadrlar masalasidagi 
siyosati nafaqat milliy sohada, balki uquvsizligi bilan ham ajralib turadi. 
Misol uchun:davlatning mas’ul lavozimlarida mutlaqo savodsiz 
odamlarning ishlashi tabiiy hol edi. Bu xodim bolsheviklar manfaatini 
himoya qilishi kifoya edi. Undan tashqari, Turkistondagi oliy hokimiyat 
– Turkiston MIK, hukumat – Turkiston XKS, g‘oyaviy rahnamo – 
Turkiston KP kabi o‘lka boshqaruvida Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
tashkilotlar mahalliy aholi ixtiyorida bo‘lmagan. 


107 
1919-yilning 8-oktyabrida V.Lenin Butunrossiya MIK va RSFSR 
XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) tuzish 
to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Bu komissiya tarkibiga Sh.Z.Eliava – 
rais, M.V.Frunze, V.V.Kuybishev, Ya.Rudzutak, F.I.Golosheykin, 
T.I.Bokiylar kirdilar. Ushbu komissiya juda katta vakolatlarga ega 
bo‘lib, jumladan, Butunrossiya MIK va XKSning vakolatiga, Turkiston 
hududlarida va qo‘shni davlatlarda ularning nomidan ish ko‘rish 
huquqiga, RKP (b) MK nomidan respublikada oliy partiya nazorati va 
rahbarligini amalga oshirishga, o‘lka partiya tashkilotlarini tarqatib 
yuborish, favqulodda syezdlar va konferensiyalar chaqirish hamda 
Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin