96
7.
XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasining ma’muriy tuzilishi
qanday edi?
8.
Fevral demokratik revolyutsiyasi Turkiston o‘lkasini siyosiy
sharoitiga qanday ta’sir qilgan?
9.
“Sho‘roi Islomiya”ning maqsad va vazifalari nimadan iborat?
10.
MAVZU: TURKISTON MUXTORIYATI MILLIY
DEMOKRATIK DAVLATCHILIKNING DASTLABKI
TAJRIBASI
Reja
1. Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi.
2. Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi
3. Turkiston Muxtoriyatining bolsheviklar tomonidan tugatilishi
Tayanch so‘z va iboralar.
Sho‘roi
Islomiya, Sho‘roi Ulamo,
Muvaqqat hukumat,
Turkiston komiteti,
qurultoy,
Xalq Komissarlari
Soveti,
markaziy hokimiyat,
Turkiston muxtoriyati,
Milliy majlis,
Turkiston o‘lka musulmonlar sho‘rosi.
1917-yil 27-fevralda Petrogradda demokratik inqilob g‘alaba
qozonib, Rossiya imperatori Nikolay II taxtdan ag‘darib tashlandi. Bu
inqilob Turkiston o‘lkasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Xususan,
Turkiston jadidlari, ziyolilari va islom ulamolarining tashabbuslari bilan
1917-yil martida “Sho‘roi Islomiya”, 1917-yil iyunida “Sho‘roi Ulamo”,
1917-yil iyulida “Turk Adami Markaziyati” (“Turk federalistlari
Dostları ilə paylaş: