Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 Xiva xonligi davlat boshqaruv tizimi



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

5. Xiva xonligi davlat boshqaruv tizimi 
Xiva xonligi xon tomonidan saroy amaldorlari yordamida 
boshqariladigan, yakka hokimlikka asoslangan davlat bo‘lib, xonlikdagi 
eng yuqori unvon xon bo‘lib, u siyosiy, harbiy va diniy hokimiyatga ega 
edi. Xon va boshqa amaldorlarning mansabi bu xonlikda meros 
tariqasida avloddan-avlodga o‘tgan. 
Xon davlatni boshqarishda harbiy ma’muriy, harbiy va diniy 
amaldorlarga tayangan, xonlikdagi mansab va unvonlar 3 toifaga 
bo‘lingan. 
Xondan keyingi eng katta nufuzga inoq, otaliq va biylar 
unvonlarga ega bo‘lgan. Ular xonning eng yaqin maslahatchilari bo‘lib, 
davlatning siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, harbiy, hayotini nazorat qilgan. 
Inoq – vazirlik, xondan keyingi birinchi mansabdor bo‘lgan. 
Davlat hokimiyatining markazlashuvi va kuchayishi natijasida XIX 
asrning birinchi yarmidan boshlab inoqlarning ahamiyati pasayib, 
qushbegining ta’siri orta boradi. Qushbegi asosan, xonning barcha yorliq 
va farmonlari uchun javobgar, o‘troq aholiga boshchilik qilish, soliqlarni 
davlat xazinasiga tushib turishi ustidan nazorat olib borgan. Mehtar esa 
xonlikning moliya ishlari hamda uning Shimoldagi o‘troq aholisini 
boshqarishga rahbarlik qilgan. 
Xonlikning siyosiy iqtisodiy hayotida ulardan tashqari naqib, 
amir-ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi, parvonachi, 
dasturxonchi, eshik og‘asi, shotir, yasovulboshi, udaychi, mingboshi, 
mirobboshi va boshqa mansabdorlar ham muhim o‘rin tutgan. Diniy 
hokimiyat Shayxulislom boshliq din peshvolari qo‘lida bo‘lgan. 
Mahalliy shayxlar Said ota Shayx avlodlari, Darvish shayxlari 
davlatdagi nufuzli diniy amaldorlar sirasiga kirar, barcha diniy 
mansablar ularning vakillariga berilar edi. 
Barcha farmonlar, davlat ishlari, hujjatlar o‘zbek tilida yozilardi. 
Dastlab xonlik ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo‘lingan bo‘lsa, 
keyinchalik (XVIII asrning boshlari XIX asrning boshlaridan) 
davlatdagi asosiy ma’muriy birlik bekliklar deb yuritila boshladi. 
Bu davrda xonlik 16 ta beklik va 2 ta noiblikdan iborat bo‘lgan. 
Ular Hazorasp, Gurlan, Xonqa, Ko‘hna Urganch, Qo‘shko‘prik, Gitraq, 
Fazovot, Qiyot, Shobboz, Shovot, Toshhovuz, Ambarmanaq, Urganch, 
Xo‘jayli, Shumanay va Qo‘ng‘irot bekliklari hamda Beshariq, Qiyot-
Qo‘ng‘irot noibliklaridan iborat bo‘lgan. 


89 
Bu beklik va noibliklarni xon tomonidan tayinlanadigan beklar va 
noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir (inoq) tomonidan 
boshqarilgan. 
Inoqlar ta’siri kuchaygan davrda ulardan 5 kishi a’zo bo‘lgan. 
Xon Kengashi ham bo‘lib, u maslahat organi hisoblangan. 
Xonlikning o‘troq aholi qavmlar bir masjidga birlashgan bir 
guruh aholi bo‘lib, uning boshida saylanib qo‘yiluvchi oqsoqol turgan. 
qavmlar eng boshling‘ich soliq va ma’muriy birlik bo‘lgan. Xonlikdagi 
shaharlarni idora qilish hokimlar va ularning yordamchilari yuzboshi va 
oqsoqollarga topshirilgan. 
Xonlik tarkibiga kirgan qozoq va qoraqalpoq aholisini biylar, 
turkmanlarda esa vakil va bek boshqargan. Bir necha avlodga birlashgan 
urug‘larni biylar boshqargan u otaliqqa, ular esa beklar begiga 
bo‘ysungan. 
Xonlikda asosiy sudlov ishlarini qozilik idoralari tomonidan 
amalga oshirilgan. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, oliy shaxs xon 
bo‘lib, og‘ir jinoyatlarni o‘zi ko‘rib hal qilgan. Undan keyingi o‘rinda 
Bosh sudya – qozikalon turgan. Xonlikdagi barcha viloyat, tuman 
kasaba, shaharlarda xon tomonidan tayinlangan qozilar bo‘lib, ular o‘z 
yordamchilari – muftilar yordamida mulkchilik bilan bog‘liq 
mojarolarni hal qilish, mayda jinoyatlarni ochish va shu kabi ishlar bilan 
shug‘ullangan. Viloyatlardagi jinoyatlarni ko‘rib chiqishda mahalliy 
hokimning ishtirok etish huquqi bor edi. Qishloqlardagi mayda 
mojarolar qishloq oqsoqollari tomonidan hal qilinardi. 
Aybdorlarga nisbatan o‘lim jazosi, tana a’zolarini (barmoq, 
qo‘lini) kesish, kaltaklash, mol-mulkini musodara qilish, jarima solish 
va boshqa jazo choralari tayinlanardi. 
Xonlik hayotida Muhammad Rahimxon I (1806-1825) tomonidan 
o‘tkazilgan siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy islohotlarining ahamiyati katta. 
Islohotlarga ko‘ra xon saroyi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 
Kengash ta’sis etilgan, soliqlar tartibga solinadi. Ularning muntazam 
ravishda yig‘ilishi tufayli xazina daromadlari oshib boradi. 
Bojxona tashkil etilib, tashqi savdodan keladigan daromadlar 
ko‘paytirilgan. Ichki muomala uchun oltin va kumush tangalar zarb 
etilgan. Orolliklar – qoraqalpoqlar Xiva tarkibiga qo‘shilgan. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin