Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


MUSTAMLAKA BOSHQARUV TUZUMINNNG QAROR



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

MUSTAMLAKA BOSHQARUV TUZUMINNNG QAROR 
TOPISHI 
Reja
1. O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi davrida. Turkiston o‘lkasida davlat 
boshqaruv tizimining o‘zia xos hususiyatlari
2. O‘lkaning uyezdlarga bo‘linishi. 1886-yilgi “Turkiston o‘lkasining 
boshqarish haqida nizom” va boshqaruvning kuchayishi


91 
Tayanch so‘z va iboralar. 
Mustamlaka boshqaruv usuli, Bekovich-
Cherkasskiy ekspeditsiyasi, Angliya raqobati, ingliz josuslari, Zirabuloq 
jangi, Gandimiyon shartnomasi, Turkiston general-gubernatorligi, 
“Muvaqqat Nizom”, harbiy va fuqarolik hokimiyati, harbiy komendant, 
biy, oqsoqol, rais, qozi, boshqaruvchi, “Turkiston o‘lkasini boshqarish 
to‘g‘risidagi nizom”, ma’muriy-hududiy bo‘linish, markaziy boshqaruv, 
viloyatlar, uyezd (tumanlar) lar, uchastka (volost) lar, shahar, qishloq, 
ovul boshqaruvi, viloyat boshqarmasi. 
Turkistonni bosib olish masalasi rus podsholari va imperatorlarini 
doimo diqqat markazida bo‘lgan. Turkistonni Rusiyaga qaram qilish 
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy ochiq harakat Petr I davridan boshlandi. 
U o‘zining sharqqa nisbatan tajovvuzkorlik siyosatini, Markaziy Osiyo 
va Hindiston yerlariga suqlanib qarayotganligini yashirib ham o‘tirmadi. 
“Sharq bilan aloqada Qirg‘iziston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. 
Shuning uchun, millionlab so‘m sarflansa ham Qirg‘izistonni 
bo‘ysundirish yoki hech bo‘lmasa, u yerda Rusiya ta’sirini o‘rgatish 
zarurdir”. Petr I o‘z fikrlarini amalga oshirish uchun amaliy tadbirlarni 
ishlab chiqdi. O‘zining tajovvuzkorlik siyosatini amalga oshirish 
maqsadida 1717-yilda knyaz Bekovich-Cherkaskiyni katta qo‘shin bilan 
yuboradi. Biroq bu harakatga Xiva xoni Sherg‘ozixon uzil-kesil chek 
qo‘yadi. Ammo Rusiya hukmdrolari o‘z niyatlarini amalga oshirish 
maqsadida, 1717-yilda Omsk, 1718-yilda Semipalatinsk, 1720-yili Ust-
Kominagorsk, 1720-yilda Orenburg harbiy qal’alarini qurdi. 
XVIII asrning o‘zida chor ma’murlari yovuz niyatlarini amalga 
oshirish uchun hozirgi Qozog‘iston hududlarida 46 ta katta, 96 ta kichik 
harbiy qal’alar qurganlar. Shunday qilib, 1839-1840-yillarda podsho 
Nikolay I ning buyrug‘i bilan Orenburg harbiy gubernatori A. Perovskiy 
katta qo‘shin bilan Xivaga qarab yo‘lga chiqdi. Ammo u orqaga 
qaytishga majbur bo‘ldi. Turkiston yerlarini bosib olishning yangi 
to‘lqini 1847-yilda boshlandi. Shu yili Sirdaryoning Orol dengiziga 
quyiladigan joyi Qo‘qon xoniga qarshi Raim harbiy qal’a egallandi va 
ruslar o‘zini Orol harbiy qal’asi barpo qilindi. 1852-yili rus qo‘shinlari 
Oq machitni (Qizil o‘rda) egalladi, jang 22 kun davom etdi. 
Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksandr II tomonidan 
1859-1861-yillarda o‘tkazilgan saroy kengashida muhokam qilindi va 
birinchi navbatda, Qo‘qon xonligini bir yoqli qilish va unga qarshi 
harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilindi. Shu tariqa, 1864-yildan 
g‘arbdan Veryovkin, sharq tomondan Chernyayev qo‘shinlari urush 
harakatlarini boshlab yubordilar. Shu tariqa Toshkentni 1865-yil 15-


92 
iyunda zabt etilganligi, 1865-yil 17-iyunda Toshkent Rossiya 
imperisiyaning tarkibiy qismiga aylanganligi haqidagi bitimga imzo 
chekildi.
1868-yil 22-iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar o‘rtasida sulh 
bitimi imzolandi. 1873-yil 12-avgustda Xiva xoni Muhammad 
Rahimxon bilan Kaufman o‘rtasida Gandimiyon qishlog‘ida shartnoma 
imzolandi va Xiva xonligi Rossiyani vassaliga aylantirildi. 1876-yil 
Po‘latxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon bostirildi (1873-1876-y.) va 
Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan Qo‘qon xonligi tugatilib, 
Farg‘ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga 
kiritildi. Viloyatga esa Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. 1877-
1885-yillar davomida Oloy vodiysida, Qizil Arovat, Ashxabod, Marv 
bosib olindi va 1895-yilda Pomirdagi chegaralar belgilangan. Angliya, 
Afg‘oniston hukumatlari bilan shartnomalar tuzildi va O‘rta Osiyo 
Rossiyaning to‘la mustamlakasiga aylandi. 
O‘rta Osiyoni bosib olgan Rossiya oldida, bu o‘lkani boshqarish, 
idora qilish usulini ham ishlab chiqishdek tadbirlarni amalga oshirishga 
kirishdi. Rossiya harbiy vaziri D. Milyubid va podsho maslahatchisi, V. 
Girs 1867-yilda “Turkiston o‘lkasini boshqarish tartibi” haqida qonun 
loyihasini tuzdilar, u Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amaliy 
kuchga kirdi. Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, o‘lkada 
mutlaq hokimiyat uning qo‘liga o‘tdi. General-gubernotorlik kengashi 
va To‘rtko‘l bo‘limidan iborat mahkama tuzildi:
1-bo‘lim. Ma’muriy va nazorat;
2-bo‘lim. Moliyaviy va xo‘jalik;
3-bo‘lim. Soliqlar va shaharlar mablag‘lari ishlarini boshqargan;
4-bo‘lim. Maxsus bo‘lim deb atalgan.
General-gubernator bir vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug 
qo‘shinlari qo‘mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo‘lgan. U 
Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orqali, Xiva xoini 
esa Amudaryo bo‘limi boshlig‘i orqali nazorat qilib turgan. Turkiston 
general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyat uyezdlarga, uyezdlar 
uchastkalarga bo‘lingan. Viloyat harbiy gubernatorligiga, general 
darajasidagi, uyezd boshlig‘iga kapitan darajasidagi zobitlar tayinlangan. 
Mazkur tuzilmaning negizi-o‘zagi uyezd bo‘lib, uning boshlig‘i general 
-gubernator tomonidan tasdiqlangan va katta vakolatga ega bo‘lgan. 
Uyezd boshlig‘i ma’muriy, politsiya, harbiy hokimiyatni o‘zida 
birlashtirgan. Odamlarga jarima solish, 7 kunga hibsda saqlash mumkin 
bo‘lgan, shu boisdan uni “hokim to‘ra” deb ham atashgan.


93 
Qishloqlarni boshqarish uchun uchastka boshlig‘iga bo‘ysinuvchi 
bo‘lis (volost) va ovul, ma’muriy boshqaruvi joriy etildi. Tub yerli aholi 
orasidan bo‘lis boshqaruvchisi (oqsoqol yoki mingboshi) qishloq 
oqsoqollari - (yuz boshi, ellik boshi, o‘n boshi) hamda ovul oqsoqollari, 
ularning o‘rinbosarlari saylanadigan bo‘ldi. Ammo bu mahalliy aholi 
vakillari ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lganlar. Toshkent shahrini 
boshqarish Nizomi ishlab chiqildi va u 1877-yili Sank-Peterburgda 
maqullangach, kuchga kirdi. Nizomga ko‘ra, shahar dumasi va 
boshqarma saylandi. 3000, 1000, 500 so‘mlik mulkka ega 
bo‘lganlargina saylov huquqiga ega bo‘ladilar xolos. Ushbu mablag‘i 
bo‘lmaganlar saylov huquqidan mahrum edilar.
Duma – farmoyish beruvchi organ bo‘lib, uning Rossiyaliklardan 
saylangan oqsoqollar boshqargan.
Hokim – noiblardan saylanuvchi shahar boshqarmasi tashkil etadi, 
ijro etuvchi hokimiyat organ vazifasini bajaradi. 
O‘lkada tashkil etilgan politsiya va sud idoralari ham 
mustamlakachilik tartibini mustahkamlashga, mahalliy aholini har 
qanday norozilik harakatini bo‘g‘ish va bostirishga qaratilgan edi. 
Chorizmning ma’muriy idora usuli o‘lkani iqtisodiy o‘zlashtirish, 
aholini ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati bilan 
uyg‘unlashtirilgan edi.
Xulosa shuki, Rossiyaning mustmalakachilik siyosati; 1) Markaziy 
Osiyo xalqlarining milliy davlatchiligimizdan mahrum qildi; 2) ularni 
taraqqiyotning umum sivilizatsiya jarayonlarida mustaqil ishtirok etish 
yo‘llarini kesib qo‘ydi; 3) jamiyatning ijtimoiy jarayonlariga jiddiy zarar 
yetkazdi.
II masala. 1917-yilning 15-22-noyabrida Turkiston o‘lkasi ishchi, 
Askar va dehqon deputatlari sho‘rosining III syezdida Turkistonni 
boshqaradigan bolsheviklardan iborat hukumat idoralari tashkil topdi. 
Ya’ni o‘lka hokimiyatining siyosiy xarakteri va strukturasi turdi. Ushbu 
qurultoy qarorlari to‘la-to‘kis shovinistik va millatchilik ruhi bilan 
bitilgan qarorlar qabul qildi. Avvalo, Turkiston o‘lka Xalq Komissarlar 
sho‘rosi raisi etib shovinist F.I. Kolesov, uning o‘rinbosari qilib Zeleski 
saylandi.
Qurultoyda Komissarlik (vazirlikka to‘g‘ri keladi) lavozimlari ham 
quyidagicha taqsimlandi. Hammasi bo‘lib 14 komissarlikni tashkil 
qiladi.
1) temir yo‘llar Pochta va telegraf komissari – Kolesov 
2) Xalq maorifi komissari – Permezskiy 


94 
3) Oziq-ovqat ishlari komissari – Domogatskiy 
4) Tashqi ishlar komissari – Perefilov 
5) Mehnat komissari – Poltaratskiy 
6) Savdo vasanoat komissari – Lyapin 
7) Dehqonchilik komissari – Chegodaev va hakozo 
Ushbu hukumat tarkibiga birorta mahalliy millat vakillaridan 
kiritilmadi. Ular mahalliy xalqning na tilini, na dinini, na madaniyatini, 
na milliy urf-odatlarini, bu yerda asrlar osha tarkib topgan tarixiy, 
iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini bilmas edilar. Ayniqsa, bu o‘lkada 
jahonga tanilgan Fan va diniy ta’lim maskani bo‘lib aniq va dunyoviy 
fanlar yuzasidan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarni 
eshitmaganlar. Bu hol keyinchalik o‘lkada Sho‘rolar hokimiyati “tartib 
qoidalarini” o‘rnatish chog‘ida o‘zining eng yaramas va jirkanch 
qiyofasini ko‘rsatdi. Chunki bu Yevropadan yuborilgan tasodifiy rahbar 
unsurlar mahalliy shart sharoitlar bilan hisoblashmadilar. Turkistonda 
ulug‘ rus shovinistik siyosatini zo‘rlik yo‘li bilan davom ettirdilar. 
Zo‘rlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o‘zining ilk davridan 
boshlab Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik 
siyosatini yuritdi. Chor Rossiyasini mustamlakachilik tizimi sobiq sovet 
Rossiyasi davrida yanada takomillashtirildi.
O‘lkada “sovet avtonomiyasi”ni bevosita tashkil etishni RKP(b) 
MK va RSFSR XKM Turkistonning favqulodda vakolati berilgan P. A. 
Kobozev zimmasiga yuklandi. V. I. Leninning vakili Toshkentga 1918-
yil aprel oyining boshida yetib keldi. 20-aprelda Turkiston sovetlarining 
V syezdi ish boshladi. U respublikaning rasmiy maqomini tasdiqlash 
lozim edi. 1918-yil 20-aprel kuni tegishli sinfiy mezonlar asosida 
saylangan syezd delegatlari “Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston 
sovet Respublikasi haqida Nizom”ni qabul qildilar. Unda sotsialistik 
davlatchilik tuzilishining asoslari belgilab berilgan edi. Ushbu hujjatga 
muvofiq Turkiston o‘lkasining butun hududi uning geografik 
chegaralarida, Buxoro va Xivani istisno qilgan holda, “Rossiya 
federatsiyasining Turkiston respublikasi” deb e’lon qilindi va u 
“avtonom” tarzda boshqarilib, RSFSR Markaziy hukumatini tan oladi 
hamda o‘z faoliyatini markaziy hukumat bilan muvofiqlashtiradi, deb 
belgilab qo‘yildi. 
Nizom markaziy va mahalliy davlat organlarining mavjud 
tuzilmasi va funksiyalarini mustahkamlab qo‘ydi: 1) ishchi soldat, 
dehqon deputatlari Sovetlari syezdi Turkiston Respublikasining oliy 
qonun chiqaruvchi organi, 2) markaziy ijroiya qo‘mita doimiy oliy 


95 
qonun chiqaruvchi organ, 3) Xalq komissarlari sovet ijroiya organi, 4) 
sovetlar va ularning ijroiya qo‘mitalari – joylardagi hokimiyat deb e’lon 
qilindi.
Shunday qilib, Turkiston muxtoriyatida mujassam bo‘lgan o‘ziga 
xos milliy davlatchilikni siqib chiqarish g‘oyasining lenincha 
strategiyasidan kelib chiqqan holda, “sovetlar asosidagi avtonomiya”, 
“milliy o‘z taqdirini o‘zi belgilash”ning sovet varianti deb e’lon qilindi. 
Amalda u tub joy aholiga amaldagi suverenitetni bermadi, o‘lkaning 
“sotsialistik markazga qaramligiga yo‘naltirilgan edi”. Buni “Rossiya 
sotsialistik 
sovet 
federatsiyasining 
Turkiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi” tasdiqlar edi. Unga muvofiq mudofaa, tashqi aloqalar, 
pochta telegraf, dengiz ishlari, temir yo‘llar, bojxona, savdo-sanoat va 
moliya sohalari, federal hukumati qo‘lida bo‘lishi alohida aytib o‘tilgan. 
Mahalliy aholining rasmiy e’lon qilingan “avtonom huquqlari” faqat 
tashviqot maqsadini ko‘zlar edi. Mahalliy millat vakillaridan chiqqan 
davlat arboblari –Turkiston ASSR XK Kengashi raisi K. Otabayev, TKP 
MQ kotibi N. To‘raqulov, TASSR MIK raisi – Rahimboboyev, F. 
Xo‘jayev, A. Ikromovlar Turkistonda yuz berayotgan siyosiy 
xatoliklarni ro‘y-rost tanqid qildilar. Biroq ularni barchasini repressiya 
qilindi. Shunday qilib, oktyabr to‘ntarashidan keyingi dastlabki yillar, 
sotsializm to‘la va o‘zil kesil g‘alabasiga, rivojlangan sotsializm deb 
atalgan yillarda ham sovet sotsialistik davlatchiligining faol tarzda 
zo‘rlab tiqishtirilishi davri bo‘ldi. Milliy davlat o‘z taqdirini o‘zi hal 
etishdan iborat qonuniy huquqidan mahrum qilinganligi O‘zbekiston 
jamiyati turli qatlamlarining kuchli ijtimoiy va davlat tuzumini joriy 
etishga muvofiq bo‘ldi. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin