Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

Turkiston Sovet avtonom 
respublikasi
” haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda 
davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya 
organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va ularning sovet 
Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom 
Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, 
Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik 
chegaralaridagi butun hudud Rossiya sovet federatsiyasining 
Turkiston 
Sovet Respublikasi
deb e’lon qilindi. “Nizom”da Turkiston 
Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o‘z xatti-harakatlarini 
Rossiya 
Sovet 
Federatsiyasi 
markaziy 
hukumati 
bilan 
muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. Syezdda “markaziy hukumat bilan 
o‘zaro munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya 
tashkil etish va Moskvaga yuborishga qaror qilindi. 
Syezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi — 
Markaziy Ijroiya Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu 
komitetning yarmi bolsheviklar, yarmi so‘l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu 
komitet sovetlar syezdlari oralig‘idagi davrda o‘lkada oliy hokimiyat 
vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo‘ldi. Turkiston MIK 
raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari P.A.Kobozev 
(hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 
16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so‘l eser) kiritildi. Mahalliy millat 
vakillaridan to‘rt kishi – S.Jo‘raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev va 
S.Azimboevlar Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo‘jayev sog‘liqni 
saqlash xalq komissari sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar. 
1918-yil 17-25-iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston 
bolsheviklarining 
o‘lka 
konferensiyasi 
Turkiston 
kommunist-
bolsheviklar partiyasining I syezdi deb nomlandi. O‘lkadagi 
kommunistik guruhlar ushbu syezdda ilk marta tashkiliy jihatdan 
rasmiylashib, Rossiya KP (b) tarkibidagi Turkiston Kompartiyasiga asos 
soldilar. Syezdda 7 kishidan iborat Markaziy komitet saylanib, uning 
tarkibiga mahalliy komunistlardan Nizomiddin Xo‘jayev ham kiritildi. 
“Temir qonun”, “po‘latdek kuchli intizom”, “diktatorlik vakolatlari” 
kabi sinfiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Turkiston KP Rossiya 
KP (b)ga bo‘ysunar edi. Turkiston kommunistlari Markaz bergan har 
qanday topshiriqlarni so‘zsiz ijro etishlari natijasida Turkiston 
o‘lkasining Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam 
asoslarda shakllandi. 


105 
Turkiston avtonom respublikasi sovetlarining VI favqulodda 
syezdi 1918-yil 5-14-oktyabrda g‘oyaviy kurashlar jarayonida kechgan 
bo‘lsada, unda Turkiston MIK maxsus komissiyasi tomonidan tuzilgan 
Turkiston avtnom Respublikasining 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin