3.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish.
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib, insoniyat qadimgi tarixi
va madaniyati o‘choqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar
natijasida mintaqaning turli viloyatlarida umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini
takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan va ilmiy doiraga tatbiq etilgan. Chunonchi,
O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy
jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi
qabilalar hamda elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo
xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, qadimgi davrlar
haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston tarixi” atamalarini yonma-yon
ishlatishimizning boisi ham ana shundadir. Ma’lumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi
uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi yillarda
O‘rta Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatikaga oid ko‘plab
tadqiqotlar olib borildi hamda tariximizni xolisona yoritish uchun xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar
to‘plandi. Ushbu ma’lumotlar va ashyolar o‘lka tarixining turli bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va
ijtimoiy- siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib, ular eng
qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning paydo bo‘lishi, xo‘jalikning
ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab chiqarishda metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va
savdo-sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlariga
bog‘liq ravishda bo‘ladi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy e’tibor qaratish muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida
turlicha nuqtayi nazarlar mavjud. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga
qadar bo‘lgan tariximizni davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar,
masalaga sivilizatsion yondashuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabi masalalarga A.Asqarov,
E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar e’tibor qaratganlar. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan
tadqiqotlardan kelib chiqib, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim.
Chunki o‘rganilayotgan tarixni, avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‘lib, har bir davrning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtayi nazaridan ma’ruzalar belgilash hamda dars soatlarini
taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‘rinmasin, bu jihat ham murakkab masala
hisoblangan tarixni to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni esa yoshlarimizga
ilmiy asoslangan davrlashtirish yuzasidan tarix fanidan ta’lim berishdir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni yaratish borasida olib
borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish
inkor etildi. Qadimgi tarixni davrlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy
omillariga asosiy e’tiborni qaratish g‘oyalari paydo bo‘ldi. Xususan, A.Sagdullaevning fikricha, Markaziy
Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga oladi. Yevropa va Osiyo
hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy
madaniyatdagi o‘zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga tegishli tarixiy sana va
davrlashtirish bir-biridan farqlanadi. A.Asqarovning fikricha, O‘zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy
qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Ular
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir. Har bir xalq yer kurrasining
qaysi mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o‘tishi shart.
Ammo jamiyat rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan. Jamiyatning notekis rivojlanish qonuniyati
esa qadimgi zamonlarda ko‘proq mintaqaning tabiiy- geografik va ekologik imkoniyatlariga bog‘liq
bo‘lgan. Jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, Markaziy Osiyo tarixining
rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, Markaziy Osiyo, xususan,
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish mumkin. Tarixni davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek
xalqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida ham keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda
nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’kidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga
muvofiqligi ilgari surilgan. Unda jamiyatda yuz bergan tub o‘zgarishlar hisobga olingan holda, birinchidan,
har bir ulkan tarixiy davrda jamiyatning iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi?
Ikkinchidan, jamiyatda mulkka egalik qilishning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy
hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? - degan savollar qo‘yilib, kishilik jamiyati
tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan. Shu bilan quyidagi davrlashtirish taklif etilgan:
O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri”. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk
egaligining shakllanish davri”. Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi: 1-bosqich - matriarxat urug‘ jamoasi
bosqichi. 2-bosqich - XX asrning ikkinchi yarmi davomida jahon fanida Shimoliy-Sharqiy Afrikaning
Olduvay darasida olib borilgan arxeologik va antropologik izlanishlarga ko‘ra, odamzodning ilk ajdodlari
bundan 2,5-3 million yil avval Afrika qit’asida yashay boshlagan. “Homo sapiyens, sapiyens” (aqlli odam)
esa, yer kurrasida mil. avv. II million yildan boshlab yashay boshlagan, degan tasavvur paydo bo‘ldi. 3-
bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri”. “O‘rta
asrlar davri. Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini “Mustamlakachilik” deb
atash mumkin. Uning davriy chegarasi - Rossiya imperiyasi bosqinidan to 1917-yil oktabr to‘ntarishiga
qadar davom etgan davrni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hukmronligi davri” bo‘lib, bu davr 1917-yildan 1991-
yilgacha davom etgan. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri eng yangi deb nomlanib, bu davr 1991-yil
31-avgustdan to bugungi kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Yuqorida akademik А.Аsqarovning
mulohazasi bo‘yicha guruhlar ma’lum juz’iy o‘zgarishlar asosida qabul qilindi.
Mazkur davrlashtirish uslubida ham O‘zbekiston hududining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li aks etgan.
Shuningdek, biz o‘rganayotgan davr, ya’ni O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “O‘zbekistonning eng
yangi tarixi” deb atalib, ushbu davr ham o‘z ichida bir necha bosqichlardan iboratdir. Xususan, mustaqillik
davrida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar, respublika
aholisining fidokorona mehnati tufayli qo‘lga kiritilgan katta yutuq va natijalarni, ularning mohiyati va
ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot davrining 3 bosqichga bo‘linishini ko‘rish mumkin. Birinchi
bosqich 1991-2000- yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning poydevori bunyod etilib, “o‘zbek
modeli” asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, O‘zbekiston jahon hamjamiyati tomonidan
tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotiga keng kirib bordi.
2001-2010-yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy hayot sohalarini izchil isloh qilishni ta’minlash davri bo‘ldi.
Uchinchi bosqich esa 2010-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davr hisoblanib, bunda davlat hokimiyati
va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolik institutlarini rivojlantirish, bozor islohotlarini va
iqtisodiyotni
liberallashtirish-chuqurlashtirish davri bo‘lib qoldi. Ushbu davrning boshlanishi
mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
konsepsiyasining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixida yuqoridagi bosqichlarga qo‘shimcha ravishda 2017-
yildan keyingi davrni ham alohida jarayon sifatida qabul qilish lozim. Mazkur davr tarixi 2016-yil dekabr
oyida saylangan O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng
ko‘lamli jadal islohotlar davri boshlangani bilan izohlash mumkin. Bu davr hozirgi kunda Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot davri deb ham nomlanmoqda.
Mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda O‘zbekistonning eng yangi tarixini yozish soha
xodimlari oldidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida
“O‘zbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish” to‘g‘risidagi Farmoyishiga muvofiq hamda
xalqimizning yangi tarixini o‘rganish va yozish, mamlakatimiz hayotida sodir bo‘layotgan katta
o‘zgarishlar va uning jahonshumul tarixiy ahamiyatini ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 1996-yil 16- dekabrdagi “O‘zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish
to‘g‘risidagi qarorining o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi tarixi”ni
yozishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar e’tiborga olinishi belgilab berildi:
-
xalqimiz o‘tmishidagi millat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq
etish va xolisona yoritish;
-
“O‘zbekistonning yangi tarixi”ni yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy- siyosiy taraqqiyot uzluksiz
jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish;
-
O‘zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga
munosib hissa qo‘shganligini e’tirof etgan holda o‘ziga xos davlat qurilishi an’analari va ularga nisbatan
fikrlar, qarashlar xilma- xilligi mavjudligini hisobga olish;
-
“O‘zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qism va bo‘limlarini yozishda biryoqlama, sub’yektiv
yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasdan yagona tadqiqot uslubiga amal qilish;
-
O‘zbekiston tarixiga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko‘hna Turonzamin, Movaraunnahr,
Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo‘lganligini yodda tutish;
-
O‘zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘lgan ijtimoiy- tarixiy voqea-hodisalar
hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini va ularning bir-biriga o‘zaro ta’sirini
hisobga olish;
-
tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va o‘tmishni
soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, tarixiy jarayonlarni xolisona baholash;
-
yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy
voqea-hodisalarning ahamiyatini e’tiborga olish.
“O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini
tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop
etish, ilm-fanning ta’lim hamda boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini
mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari
faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim
maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida
mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida” O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qarori ham O‘zbekistonning eng yangi tarixini yaratishda muhim burilish bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qaror
bilan
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining quyidagi asosiy vazifalari
belgilandi:
-
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning “o‘zbek modeli” mohiyati va
mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar olib borish, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish hamda yaqqol
ochib berish;
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga,
tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng
yangi tarixi bo‘yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga
ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va
bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini
amalga oshirish;
-
ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini
muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan,
shuningdek, hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-
madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash;
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv
dasturlari monitoringini shakllantirish;
-
sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab
chiqish va joriy etish;
-
fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, xalqning tarixiy an’analari,
madaniy merosiga hurmat, O‘zbekiston mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash
kabi fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan,
ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;
-
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganishga
yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi
xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka ilmiy asosda yetkazish.
Qarorda, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarni ta’lim bilan integratsiyalashuvini mustahkamlash
va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari
bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz belgilangan bo‘lib, uning asosiy vazifalari sifatida
Jamoatchilik kengashi faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish
bo‘yicha dolzarb masalalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar
yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida
O‘zbekistonning eng yangi tarixi tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari
ro‘yxatiga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nazariy-
metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish, har yili O‘zbekiston eng yangi
tarixining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika konferensiya hamda
seminarlari ro‘yxatini amaldagi tartibda ishlab chiqish belgilangan.
Dunyoda, xususan, O‘zbekistonda yuz berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar davrida tarix fani ham
bir qator masalalarni qayta ko‘rib chiqish va chuqur o‘rganish muammosiga duch kelmoqda. Bu haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 18-dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida “..milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu
borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash lozim”, degan fikrlari bayon qilingan va yuqorida ta’kidlangan masalalr sohaning oldiga
ko‘plab ilmiy masalalarni ko‘ndalang qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: |