aytganda, metodologiya fanlar ichidagi fan hisoblanadi.
Avvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy ma’nosi grekcha “Metodos” va
“Logos” degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod, ya’ni usul - tadqiqot olib borish usuli (yo‘li),
nazariya, ta’limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya, ya’ni uslubiy ilmiy tadqiqot ishini
olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning
eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukammal
g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma’noda esa metodologiya
ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar
haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari
to‘g‘ri yetaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi deganda metod (usul)lar majmui tushuniladi. O‘zbekistonning
eng yangi tarixi fanini o‘qitish metodologiyasi deganda bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va
rivojlanishi, ularning natijalarini asoslash yo‘llarini amaliyotga tadbiq etilishi, mazkur fanga xos bo‘lgan
ilmiy bilimlar mexanizmining samarali usullari tushuniladi. Tarix fani metodologiyasi deb tarix fanlari
doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilish tamoyillariga, shakli va ilmiy jihatdan O‘zbekistonning eng yangi
tarixi fani doirasida qo‘llaniladigan ta’limotga aytiladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan
sifatidagi nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning qonuniyatlari va tamoyillarini, faqatgina shu
fanga xos bo‘lgan qat’iy tushunchalar majmui va bilish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek, tarix fani metodologiyasi
yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy va ikki
tomonlama bog‘liqlik har ikkala yo‘nalishning umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik
qonuniyatini, mumtoz tarixshunoslik va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan holda
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo‘lish tavsiya etiladi:
•
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyaviy
va falsafiy
asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:
•
Din bilan dunyoviylik o‘rtasidagi mo‘tadil munosabat;
•
Tarixning milliy, umuminsoniy, qaytarilmas hodisa hamda qadriyat ekanligi;
•
Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazaridan turib, ilmiy va xolisona asnoda
yondashish;
•
Tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion - tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb bilish;
•
Tarixga milliy mentalitet nuqtayi nazaridan, o‘zgalar tarixiga hurmat ruhida murojaat etish;
•
Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika
hamda sinergetika qonuniyatlari asoslarida rivojlanishini anglash;
•
Tarix
milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlaming ma’naviy o‘zagi, tani hamda
g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligini tushunish.
•
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ilmiy usul va tamoyillari quyidagilardan iborat:
•
Ilmiy xolislik (ob’yektivlik);
•
Tarixiy - tahliliylik;
•
Mantiqiy - uzviylik;
•
Vorislik va xronologik izchillik;
•
G‘oyaviylik va vatanparvarlik;
•
Qiyoslash, kuzatish va umumlashtirish;
•
Bahslashish, munozara yuritish va asoslab berish;
•
Matematik hisoblash;
•
Shakllantirish va modellashtirish;
•
Ayrimlikdan umumiylikka (induktsiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduktsiya);
Ma’lumki, sovet davridagi tarix fani o‘tmishni soxtalashtirdi,
din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga
to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qilindi. Sovet davlatida hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura
tarixiy o‘tmishga nisbatan bir tomonlama, sinfiy, partiyaviy yondashuvni rasmiy darajaga olib chiqqan edi.
Tarixni xolisona o‘rganish zamonaviy dunyoda ustuvor darajada bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun ham u
din bilan mu’tadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i hozirgi davrda asosiy ma’naviy mezonlardan biri
bo‘lib turibdi. Bu esa yoshlarni turli xil din niqobi aslida dinga aloqasi bo‘lmagan turli noqonuniy
guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni xolisona haqqoniy
yoritilishiga imkon beradi. Tarixiy o‘tmishni ilmiy va xolisona o‘rganish zamonaviy dunyoning asosiy
mezoniga aylanmoqda.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan va
jahon hamjamiyatining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan ijtimoiy hayot bobida “Ma’rifat
va diniy
bag‘rikenglik” tamoyilini targ‘ib etish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Qayd etish lozimki, tarixiy-tahliliylik tamoyili tariximizda qadimdan muarrixlar tomonidan qo‘llanib
kelingan qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalaming nechog‘liq to‘g‘ri hamda
noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.
Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy
asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining asosini tashkil etib, uning
rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatning
yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil 13-dekabrdagi Farmoniga ko‘ra -
O‘zbekistonning yangi tarixini tayyorlash va nashr qilish haqida qaror qabul qilindi. Shu asosda mustaqillik
davri aks etgan qator adabiyotlar yuzaga keldi. 1998-yilda chop etilgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”
risolasida tarix fanining qator dolzarb masalalariga e’tibor qaratildi.
Masala mohiyatini dolzarblik jihatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012-yil yanvarida qabul qilgan qaroriga asosan Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida
O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Mazkur jarayonni yanada
takomillashtirish maqsadida 2017-yil 30-iyunda Prezident Sh.M.Mirziyoyev imzosi ostida O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Аkademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha
jamoatchilik
kengashini tuzish to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.
Keyingi yillarda mamlakat tarixini ilmiy manbalar, arxiv hujjatlari, tarixiy adabiyotlar asnosida ilmiy
va xolisona tarzda o‘rganish, tadqiq etish, yoshlarni tarixiy bilim bilan qurollantirish, ularda yuksak
axloqiy, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zero,
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator chiqish va nutqlarida ta’lim va tarbiya masalasi bevosita
o‘rin egallamoqda. Xususan, 2021-yil 19-yanvardagi ma’naviy- ma’rifiy masalalarga bag‘ishlangan
yig‘ilishda, respublikamizning mustaqilligining qutlug‘ 30 yillik tantana tadbirlari, 1-oktabr O‘qituvchi va
murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbirda tarix ilmini chuqur va asosli o‘rganish masalasiga alohida urg‘u
berildi. Mustaqillik davrida o‘tgan kunlarni alohida o‘rganish, tadqiq etish, ilmiy-nazariy xulosalar
chiqarishni taqozo etadi. Bu, birinchidan, istiqlol yillarida O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos
nufuzga ega bo‘ldi. Moddiy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, aqliy
va jismoniy salohiyatlariga
ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar bilan tengma-teng turib, hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi;
ikkinchidan, mamlakatimiz uchun og‘ir, mas’uliyatli paytda respublikamizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy
barqarorlik ta’minlandi. Respublika hukumati mana shunday ziddiyatli holatda vaziyatni tezda anglab yetdi
va to‘g‘ri siyosat yuritdi. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda 90-yillarga oid arxiv hujjatlari,
kinofoto va ovozli hujjatlar, tegishli adabiyotlar katta ahamiyat kasb etdi.
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish
imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani jadal
rivojlanmoqda. Butunlay yangicha ruh va mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi,