Talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishning muhim jihatlari abduakimov Sunnat Abdukaxar o’g’li Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, «Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar»



Yüklə 22,15 Kb.
tarix24.03.2023
ölçüsü22,15 Kb.
#89600
Тезис-2Абдуакимов Суннат КИДТ


TALABALARNI ILMIY TADQIQOT FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISHNING MUHIM JIHATLARI


Abduakimov Sunnat Abdukaxar o’g’li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, «Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar» fakulteti 2-bosqich magistranti
sabduakimov@gmail.com Mob. tel.: 991999938


Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga to’g’ri yo’naltirishning muhim jihatlari hamda ilmiy tadqiqotning afzalliklari haqida so’z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: ilmiy tadqiqot, bilish , BMI, kurs ishi.
Oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida bo‘lajak mutaxassislarning o‘z yo‘nalishlarida tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi oliy ta’limni rivojlantirishning strategik vazifalari qatorida keltirilgan. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishning asosida shaxsda shakllangan tadqiqotchilik qobiliyati turadi. Tadqiqotchilik qobiliyatining dastlabki sifatlari mutaxassisning sohaga oid muammolarni aniqlay olishi, kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi, topilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi, tanqid va tahlil qilish asosida muammoni hal etishga ijodiy yondasha olishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Olib borilgan tadqiqotlar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘z yo‘nalish va mutaxassisliklari bo‘yicha nufuzli tashkilotlarda ishlab ketishlari ko‘p jihatdan ularning professional malakalari bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Shu bois, biz oliy ta’lim o‘quv jarayonida talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishda samarali natijalar beruvchi omillarni aniqlashni loyihaning e’tibori qaratilgan masalalardan biri sifatida belgilab olingan.
Buni amalga oshirish quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
- ilmiy tadqiqotning afzalliklarini aniqlash (talaba nima uchun ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishi kerak?);
- o‘quv jarayoni tashkiliy jihatlarining talabalarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishini asoslash;
- ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanishga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash.
Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlar va nazariyalarni aniqlash jarayoni”
“Har qanday ilmiy tadqiqot bu – bilishning maxsus tashkil qilingan jarayoni bo‘lib,
unda voqelik haqidagi nazariy bilimlar o‘rganiladi, o‘zlashtiriladi va tizimga solinadi” Ya’ni, ilmiy tadqiqot bu - yangi bilimlarni qidirish, dalillarga asoslangan holda maqsad sari tizimli izlanishlar olib borishdir. Birmuncha torroq ma’noda tadqiqot bu - natijasi ilmiy ish bilan yakunlanadigan narsa va hodisalarni o‘rganuvchi ilmiy usul yoki jarayondir.
Umuman olganda, ilmiy tadqiqot – jamiyatni barqaror rivojlantiruvchi muhim strategik hodisa bo‘lib, u aynan uzluksiz ta’limning oliy ta’lim bosqichida kompleks tarzda shakllanadi va rivojlanadi. Oliy ta’limda tahsil olish jarayonida har bir talaba fanlarni o‘zlashtirish orqali ilmiy tadqiqotning muayyan shakllarini bajaradi. Jumladan, referat, mustaqil ish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyalarini tayyorlash o‘ziga yarasha tadqiqot olib borishni talab etadi. Sanab o‘tilgan ilmiy-ijodiy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lganligi bois, erkin ilmiy tadqiqot hisoblanmaydi. Ilmiy ijodkorlik qobiliyatiga ega talabalar o‘quv jarayonidagi ushbu vazifalarni bajarish davomida berilgan tadqiqot ishlari (referat, kurs ishi, BMI, MD va hokazo)ni haqiqiy ijodiy jarayonga aylantira olishi bilan tadqiqotchilik ko‘nikmalarini namoyon qiladilar. Bu esa, erkin ijodiy tadqiqotning dastlabki ko‘rinishlari – ilmiy maqola va tezislarning yaratilishiga sabab bo‘ladi.
Tadqiqotchilik ko‘nikmalari talabalarning quyidagi sifatlarida namoyon bo‘ladi:
- mutaxassislik bo‘yicha chuqur bilim;
- tanqidiy va tahliliy fikrlash (voqea-hodisalar mohiyatini sabab va oqibat dialektikasi asosida tushunish);
- nostandart, kreativ mulohaza yuritish;
- sohaga oid muammo va muammoli vaziyatlarni anglash;
- amaliy muammolardan ilmiy muammolarni shakllantirish;
- kerakli manbalarni qidirib topish;
- topilgan manbalarni qayta ishlash;
- o‘zlashtirilgan bilimni yangicha taqdim eta olish;
- ilmiy tadqiqot olib borishdan maqsadga ega bo‘lish;
- mas’uliyat va mahnatsevarlik;
- tartiblilik, vaqtdan unumli foydalanish;
- maqsadga erishishda qat’iyatlilik va hokazo.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari ularni yuzaga kelayotgan nazariy va amaliy muammolarni oqilona va samarali hal eta oladigan ijodkor shaxslar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Bo‘lajak mutaxassislarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarining bo‘lishi – yuqori malakali kadrlarga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim.
Oliy ta’lim o‘quv jarayonida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishdan ko‘zlangan maqsadlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
- sohaga oid muammolarga ilmiy yechim topish orqali kasbiy salohiyatni rivojlantirish;
- ilmiy izlanish, tadqiqotlar olib borish natijasida ilmiy ijodkorlik muhitini yaratish;
- jamiyatning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
- fan tarmoqlari bo‘yicha jahonning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va o‘zlashtirilishi, yaratilishi asosida mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy turmush tarzi, barqaror rivojlanishi uchun poydevor yaratish va hokazo.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/4545884.

  2. Pedagogik atamalar lug‘ati. –T.: Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, 2017.

  3. Педагогическое исследование: содержание и представление результатов / Е.В. Яковлев, Н.О. Яковлева. – Челябинск.: Изд-во РБИУ, 2010. – С.5.

Yüklə 22,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin