Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zoro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi. “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitish ikkinchi va
uchinchi bosqichlarda amalga oshiriladi. Mazkur fan anatomiya, fiziologiya, psixologiya,
pedagogika, biomexanika, bioximiya, sport turlari nazariyasi va uslubiyati, maxsus fanlarni
o‘qitish nazariyasi va uslubiyati, jamiyatshunoslik, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti,
informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog‘liqdir.
Fanning ilm-fan, sport hamda ishlab chiqarishdagi o’rni. “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy ta’limining nazariy
poydevori hisoblangan keng bilimlar majmuasini o‘z ichiga olgan asosiy umumiy ixtisoslik
fanidir. Mazkur fan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda asosiy
sanaladi. Bu fanning zaruriyati inson faoliyatining ta’lim, tarbiya, ishlab chiqarish, dam olish,
sport singari ko‘pgina sohalariga tobora chuqurroq kirib borayotgan serqirra ijtimoiy hodisa –
jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi xilma-xil ilmiy-amaliy bilimlarni yaxlit holda anglashga intilish
bilan taqozo etiladi. Nazariya va uslubiyat inson kamolotining deyarli barcha tomonlarini ochib
berar ekan, mutaxassisning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kasbiy o‘sishi uchun zarur
barcha imkoniyatlarini yaratadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda tarbiyaviy va ta’limiy vazifalarni hal
etish uchun mashg‘ulotlarni olib borishning quyidagi interfaol shakllaridan foydalaniladi,
masalan: interfaol sayr (ekskursiya), keys texnologiyalardan foydalanish, videoanjumanlar, ish
va rolli o‘yinlar, case-study (muayyan, amaliy vaziyatlar tahlili), guruhli o‘quvbahslar, treninglar
o‘tkaziladi.
“Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda fanning pedagogik
ta’minot vositalari – darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar, egallangan
bilimlar darajasini aniqlash uchun test topshiriqlari, ko‘rgazmali qurollar (jadvallar, chizmalar,
tarqatma materiallar, illyustratsiyalar) dan foydalaniladi.
“Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda ta’limning texnik
vositalari, o‘quv va taqdimot uskunalari bilan ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan zamonaviy
axborot texnologiyalari: video, DVD, multimedia proektorlar, slayd proektorlar, ekran, interfaol
6
doska, flin-chartlar, marker doskalari, ular uchun markerlar to‘plami, flin-chartlar uchun
bloknotlar, internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari mavjud.