Фаолият фалсафаси (праксиология)



Yüklə 1,18 Mb.
tarix09.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#95306
fazoni idrok qilish

Reja:

  • Idrok haqida tushuncha
  • Idrokning predmetliligi va yaxlitligi
  • Fazoni idrok qlish

Idrok haqida tushuncha.

  • Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.
  • Shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir butun holda aks ettirishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi.

Idrokning predmetliligi.

  • Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o‘qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko‘z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Idrokning predmetliligi tug‘ma hisoblanmaydi. Sub‘ektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma’lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda to‘yish va harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Harakatlar ishtirok etmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo‘lmagan, ya’ni tashqi olam ob’ektlariga qaratilmagan bo‘lar edi.
  • Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:
  • Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi.
  • Masalan, qovunni idrok qilish.
  • Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi.
  • Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil etadi.

Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok-qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo'lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va "bu nima",

  • Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok-qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo'lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va "bu nima",
  • "buning nomi nima " degan savol tug'iladi. Shuningdek, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. Ya'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so'z bilan aytiladi mavjud tushuncha doirasiga kiritadi. Masalan: "bu gul", bu mashina, "bu kitob" va boshqalar,

Idrokning quyidagi turlarga ajratiladi:

  • 1. Fazoni idrok qilish.
  • 2. Vaktni idrok qilish.
  • 3. Harakatni idrok qilish.
  • Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini hajmini va o'zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o'lchovda idrok qilinadi, narsalarning shakli: uch burchakli, to'rt burchakli, kub kvadrat doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta kichik, o'rtacha, yirik mayda va boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o'ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzokda va hokazo.

Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.

  • Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin