Kreativ inson bo’lishni xohlaydigan, lekin boshlashdan qo’rqadiganlar uchun 5 ta kitob!
19 Yanvar, 2019
Latofat Sherzodovna
Bu qiziq!
Ba’zi odamlar kreativ-ijodkorlik o’ziga xos mahoratni va iste’dodni talab etadi, deb o’ylaydi va ishonadi.”Greenoteka” nashri ijodkorlik hammada mavjud ekaniga ishonish uchun beshta kitobni tafsiya qilmoqda.
Har bir inson ijodkor bo’lib tug’iladi. Ijodkorlik tabiiy holat bo’lib, ammo biz odatda atrofimizdagilarning xulq-atvori, fikrlari sababli buni anglab yetmaymiz. Manbada yozilishicha, ushbu tanlab olingan beshta kitob qobiliyatingizni anglashga va rivojlantirishga yordam beradi.
1-kitob: “Yaratuvchanlik uchun jang” (Война за креатив) Muallif: Stiven Pressfild
Stiven Pressfildning aytishicha, har birimizda ikkita hayot bor: biri biz yashayotganimiz, ikkinchisi esa ichimizdagi hayotdir. Sizga quyidagi holatlar tanishmi, siz qachon nima qilishingizni, nima bilan shug’ullanishni hohlashingizni ham aniq bilasiz, lekin har doim ortga surib, jur’at qilolmay doim o’zingizni tanqid qilyapsizmi?
Keling, dastavval bularning tashqi sabablarni qidiramiz. Bizni o’zimizga qulay bo’lgan joyga intiltiradigan kuch bu qarshilikdir. U qanchalik kuchli bo’lsa, biz va bizning ichki rivojlanishimiz uchun nimadir qilish shunchalik muhim narsadir deydi,– Stiven Pressfild.
Muallifning ta’kidlashicha, odatda ijodkorlik tez daromad keltirmaydi va muvaffaqiyatga kafolat bermaydi – bu bizni eng qo’rqitadigan va qiziqishni so’ndiradigan narsadir. Ammo qarshilikni qanday yengib o’tish kerak, ichki qo’rquv va shubhalardan qutulish kerakmi? Shu va shunga o’xshash boshqa ko’plab savollarga javoblarni ijodkorlik haqidagi eng mashhur mana shu kitobdan topasiz. Sizning kasbingiz sizga eng oson yo’l bilan beriladi shuni unutman!
2- kitob: “Rassomning yo’li” (Путь художника) Muallif: Julia Kameron
Julia Kameron AQSHdagi ijodkorlik bo’yicha eng mashhur mutaxassislardan biri. U 30 ta kitobni chiqarib, yuzlab she’r, sahna sinariylarini yozgan. «Rassomning yo’li» kitobi xuddi shu nomdagi trilogiyaning birinchi qismi bo’lib, ijodga oid eng amaliy va ilhomlantiruvchi kitoblardan biri hisoblanadi. Kitob ichimizdan ijodkorlik uchun istakni topib, uni rivojlantirishga yordam beradigan 12 haftalik dasturdan tashkil topgan.
Kurslardan biri-kunni ertalabki sahifalar bilan boshlashdir. Har kuni ertalab kundaligingizni oching (tutmagan bo’lsangiz tuting) va uchta sahifaga yozing. Hattoki, miyyangizda hech qanday fikr yo’q bo’lsa ham yozing, o’sha yo’qligi haqida yozing, tahlil qilmang va o’ylamang. Bunaqa amaliyot ichki xotirjamlik va yengil ijodiy quvvat berishga o’rgatadi.