3-kitob: «Rassomdek o’g’irla»(Кради как художник) Muallif: Ostin Kleon
Oustin Kleon – «The Wall Street Journal» va «The New York Times» kabi jurnallarda rassom va yozuvchi bo’lib ishlagan. «Rassomdek o’g’irla» kitobida Octin yosh ijodkorlar uchun maslaxatlar bergan. Kitob, chiroyli tarzda yaratilgan bo’lib qiziqarlidir, bu o’z g’oyalarini amalga oshirishni xohlaydiganlarga ilhom beradi.
Ostin Kleonning asosiy g’oyasi: siz ijodkorlik bilan shug’ullanishingizni kutmang, aynan o’sha jarayonda sizning kimligingiz aniq bo’ladi. Siz hozir tayyorsiz, harakat qiling! Olg’a! 4-kitob: “Allaqachon vaqti kelgan” (Давно пора) Muallif: Barbara Sher
Barcha dunyo kitobxonlariga birday manzur bo’ladigan mashhur “Garry Potter” romaning muallifini Barbara Sherni hayotning murabbiysi, deb ataydilar. Barbara iste’dodni qanday ochish va har kuni rivojlantirish uchun 7 ta eng yaxshi sotilgan kitoblar muallifidir. “Allaqachon vaqti kelgan” kitobi har bir kitobxon uchun amaliy qo’llanma hisoblanadi, kitobning asosiy g’oyasi shundaki, biz har xilmiz va har birimiz o’z usulimizga egamiz. Barbara xech qachon hammaga bir xil maslaxat bermaydi, balki o’zingizga to’g’ri keladigan yo’lni qanday topa olishingiz mumkinligi haqida maslahat beradi.
«Har birimiz bu dunyoga o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lgan qobiliyatlar bilan kelamiz. Baliq suzishga, qush esa uchib ketishga intilgani kabi, biz ham qobiliyatimizni anglashimiz va ishlata olishimiz kerak. Bu orzularni bajarishga yordam beradi. Ehtimol siz ularni to’liq anglab olmagandursiz, lekin ular bor”. 5-kitob: “Teoga akasidan xatlar” (Письма к брату) Muallif: Vinsenta Van Gogo
Ushbu kitob – buyuk rassomning akasiga yozgan maktublaridan tashkil topgan. Kitob insonlarga sevimli mashg’ulotini bajarish uchun sabr-toqat va kuch- g’ayrat berib, ilhomlantiruvchi hikoyadir. Van Gog kitoblari bilan kelajakdagi yangi yosh rassomlarning qalbida qolishni xohlagan. Kitob juda qimmatli bo’lib, qiyin va uzoq, ammo kelajagi porloq yo’lni tanlaydigan har qanday ijodkorga foydalidir.