Mahsuldor ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi; ijod qilishga layoqatli bo'lgan o'qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo'ladi.
Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro'y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklami dadil o'zlashtirish va targ'ib qilishni anglatadi, ya'ni uning asosida g'oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
Kreativ ijodkorlikda o'qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o'z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o'qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste 'dodi deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig'indisi. iste'dodining yuksak cho'qqisi - uning intellektini belgilaydi. "ln^'lekt - bu aqlan ish ko 'risk, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati" (Veksler), ya'ni intellekt insonning atrof muhitga to'liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi.
Intellektning tarkibiy tuzilishi olimlar tomonidan quyidagicha ta'riflanadi:
INTELLEKTNING ASOSIY SIFATLARI Ijod- O'qituvchi faoliyatida mehnatning moddiy va ma'naviy mahsulotini yaratish, yuksak natijalarga erishish qobiliyati Fikrlash tezligi Ta' lim-tarbiya jarayonida yangi holatga tez va to'g'ri munosa-bat bildirish; faoliyatni tanlashda ta-fakkur tezligi-Mahorat-Pedagogik faoliyatda erishilgan muvaffaqiyatlar oichovi;
kasbiy bilimlarni mukammal bilish qobiliyati
Chuqur idrok etish -yangi bilimlarai o'zlashtirishda narsalar va hodisalar mohiyatiga chuqur kira bilish, sababini tushunish, ilmiy tafakkurga eaa bo'lish Epchillik - bir g'oyadan boshqasiga, shujumladan,o'zinikiga qarama-qarshi bo'lgan g'oyaga o'ta olish qobiliyati Tanqidiylik — bilimlarini va hodisalarini o'rganishda ob'ektiv baholash, farazlar va echiralarda sbubha uyg'otish Intellekt - lotincha intellectus -anglash, tushunish, egallash.