Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə71/72
tarix11.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#96197
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqlik

bo‘lgan ehtiyojni tarbiyalashdir. Ishlashni yoqtirmaydigan, aqliy mehnatdan ham jismoniy 
mehnatdan ham o‘zini olib qochadigan kishilarga qobiliyatlar rivojlanmaydi. O‘z faoliyatida 

27 


katta muvaffaqiyatlarga erishgan barcha ardoqli kishilar qobiliyatlarini rivojlantirish uchun 

jiddiy mehnat qilishning ahamiyati haqida gapiradilar. “Talant, -deydi mashhur aviakonstoktor, 
ikki marta sosialistik Mehnat Qahramoni A.Syakovlev, - olloning inomi emas… bu avvalo sabr 
toqatga ko‘paytirilgan mehnat, mehnat va yana bir karra mehnatdir. Mehnatga bo‘lgan 
ehtiyojni tarbiyalash uchun ishga qiziqish  va unga odatlanish katta ahamiyatga egadir. 
Qobiliyatlar shaxsning boshqa sifatlari bilan uzviy bog‘langan. Kishining talanli ekanligi 
ma’lum darajada uning psixik jarayonlari (idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, tasavvuri, diqqat), 
shuningdek , ko‘pgina psixik xususiyatlarining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim 
qobiliyatlarni rivojlantirishda tegishli bilish jarayonlarining yuqori darajada bo‘lishi hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. Shaxsdagi ko‘pgina jarayonlar va xususiyatlarning ayniqsa kuchli 
rivojlanishi kishining umumiy ravishda har tomonlama layoqatli bo‘lishga olib keladi. Kishi 
o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanar ekan, bu rivojlanish quruq maqsaddan iborat 
bo‘lib, qolmasligiga intilish kerak. Qobiliyatlar-shaxsning faqat bir tomoni, uning psixik 
xususiyatlaridan biridir. Agar talantli kishi axloqiy jihatdan qat’iyatli bo‘lmasa, u ijobiy shaxs 
deb hisoblanishi mumkin emas. Aksincha, yuksak ma’naviy darajaga, prinspiallik, axloqiy his-
tuyg‘ularga va kuchli irodaga ega bo‘lgan layoqatli kishilar jamiyatga juda katta foyda 
keltirganlar va foyda keltirmoqdalar. Testlarni tatbiq etish o‘quvchilarga o‘z shaxsiyatidagi 
xususiyatlarni chuqurroq anglash, kasb tanlashdek murakkab muammoning yechimini oson 
topish, o‘z shaxsiyatining kuchli va ojiz tomonlarini chuqurroq bilib olish imkonini beradi. 
Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muxim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat 
kurtaqlarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko‘ra shaxs qobiliyatlari yunalishini 
ochib berishdir. Shuning uchun xam xozirda ko‘plab intellekt testlari va qobiliyatlarni 
diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda 
qullanmokda
obiliyatlarni o‘lchash muammosi XIX asrning oxiri – XX asrning boshlariga kelib 
izchil xal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va boshqalar 
tomonidan o‘rgananildi. Ular qobiliyat va iqtidorni o‘rganish uchun maxsus testlardan 
foydalandilar. Bu testlarning umumiy moxiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora 
qiyinlashib boruvchi testlar - topshiriqlar batareyasidan iborat bo‘ladi. Masalan, Ayzenkning 
mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, u intellektual jarayonlarning kechishi 
tezligini o‘lchaydi. Bu yerda vaqt mezoni muxim xisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash - 
qobiliyatsizlik belgisi ‘vfc deb, boshqacharoq usullarni o‘uylab topganlar. Ko‘pchilik olimlar 
uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o‘lchashning ishonchli mezoni - bu shaxs 
yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o‘zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir. 
Rus olimi Ye.A.Klimov yoshlar iqtidorining yo’nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - 
xunar soxalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning «Professional - diagnostik 
so‘rovnoma» deb atadi. Shunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo’naltirilgan soxasiga 
ko‘ra 5 toifaga bo‘ldi:
P(T) - tabiat (o‘simlik, xayvonlar, mikroogranizmlar);
T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;
Ch(O)- odam (odamlar guruxi, jamoalar); 
Z (B)- belgilar (turli malumotlar, belgili simvollar); 
X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa). 
So‘rovnoma shaxsni turli kasblarga moyilliqni aniqlaydi. Unga 20 juft savollar 
kiritilgan bo‘lib, tekshiriluvchi maxsus javob varaqasida qay darajada u yoki bu mashgulot 
turi bilan shugullanishga moyilligini belgilashi kerakAmaliy psixologiyaning bugungi 
kundagi eng muxim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaqlarini ilk yoshlikdan 
aniqlash, intellekt darajasiga ko‘ra shaxs qobiliyatlari yunalishini ochib berishdir. Shuning 
uchun xam xozirda ko‘plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari 
ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo‘llanmokda.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin