Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua


-topshiriq.Tarbiya jarayoni, uning maqsad va vazifalarining o‘zlashtirilishiga doir blits-so‘rov savollari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə107/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

2-topshiriq.Tarbiya jarayoni, uning maqsad va vazifalarining o‘zlashtirilishiga doir blits-so‘rov savollari
1.Tarbiya deganda nima tushuniladi?
2.Tarbiyaning tor va keng ma’nolardagi ifodasini izohlang.
3.Tarbiya jarayoni deb nimaga aytiladi?
4.Tarbiyadan ko‘zlangan maqsad nima?
5.Tarbiya mazmuni deganda nimani tushunasiz?
6.Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?


3-topshiriq.Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari va tamoyillarini aniqlashtirishga doir “Charxpalak” metodi

Xususiyatlar

Tarbiyaning vazifalari

Tarbiyaning xususiyatlari

Tarbiya qonuniyatlari

Jamiyat a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;










Maqsadga yo‘naltirilganligi;










Jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgani jtimoiy madaniyatga mos etarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash










Faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;










Ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog‘liqligi;










Tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;










Tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;










Ko‘p qirrali jarayon










madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash










Tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;










Ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish










Uzoq muddat davom etishi;










Tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi;










Uzluksizligi;










YAxlitligi;










Tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish










Variativligi;










Natijalarning oldindan aniqlanmasligi;










Ikki tomonlamalilik;










4-topshiriq. NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro tadqiqotlar haqida nimalarni bilasiz?
  2. Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?


  3. PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi nechta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi?

  4. Xalqaro dastur – PISA tadqiqotiimkoniyatlari haqida ma’lumot bering.

  5. Jahon hamjamiyatida PISA tahlillari natijalarini tahlil qiling.

  6. PIRLS- xalqaro tadqiqoti imkoniyatlari haqida ma’lumot bering.

  7. TIMS xalqaro monitoringi ta’lim tizimida qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

  8. TALIS qanday xalqaro tadqiqot hisoblanadi?

5-topshiriq. Quyida ko‘rsatilgan adabiyotni o‘qib, milliy tarbiyaning o‘ziga xosliklariga doir esse yozish.
Adabiyot: Quronov M. Milliy tarbiya – T.: Ma’naviyat. 2007


MAVZU:JAMOANING SHAXS TARBIYASIGA TA’SIRI. GURUH RAHBARINING TARBIYAVIY ISHI
Reja:
1.Jamoa va uning o‘ziga xosliklari.
2.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari va bosqichlari.
3.Guruh rahbarining tarbiyaviy funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va ish shakllari.


1-topshiriq. Guruh rahbarining haftalik va yillik ish rejalarini tuzishda quyidagi chizmaga asoslaning.


Haftalik ish reja namunasi



Kunlar yoki sana

Rejalashtirilgan ishlar mazmuni

Izoh

Kunlar yoki sana

Rejalashtirilgan ishlar mazmuni

Izoh

Dushanba (sana)







Payshanba (sana)







Seshanba (sana)







Juma (sana)







CHorshanba (sana)







SHanba (sana)







Yillik ish reja namunasi

T/r


Ish yo‘nalishlari va mazmuni

Muddati

Mas’ullar

O‘tkazilish joyi

Izoh



















Tarbiyaviy ishlar rejasida yoritiladigan ishlar mazmuni quyidagi yo‘nalishlar asosida bo‘lishi mumkin.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning nutq va asarlarini o‘rganish.

    2. Milliy mafkura tarbiyasi.

    3. G‘oyaviy-siyosiy tarbiya masalalari.

    4. Ma’naviy-ahloqiy tarbiya.

    5. Huquqiy tarbiya.

    6. Iqtisodiy va ekologik tarbiya.

    7. Jismoniy va estetik tarbiya.

    8. Giyohvandlikva OITSga qarshi kurash.

    9. Milliy bayramlar va tarixiy sanalarni nishonlash.

    10. Oila va mahalla hamkorligi.



2-topshiriq. “Har qanday guruh jamoa bo‘la oladimi?” mavzusida munozarani o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar

  1. O‘qituvchi munozara uchun savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi.

  2. Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga yozib boriladi.Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi,.

  3. Hamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi.

3-topshiriq. Jamoa va uning o‘ziga xos belgilarini o‘zlashtirilishiga doir blits-so‘rov savollari

  1. Jamoa deganda nima tushuniladi?

  2. Jamoaning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat?

  3. Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsad deganda nima tushuniladi?

  4. Jamoaning birgalikdagi umumiy faoliyati nimalarda aks etadi?

  5. O‘quvchilar jamoasining majburiy mas’uliyatli munosabatini yo‘lga qo‘yish nima uchun zarur?

  6. Jamoaning rasmiy va norasmiy tuzilishidagi farqlar nimada namoyon bo‘ladi?

4-topshiriq. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari va bosqichlarini aniqlashtirishga doir toifalash jadvali

O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari

O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari mazmuni

O‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlari

O‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlari mazmuni













5-topshiriq. Guruh rahbarining funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va ish shakllariga doir amaliy topshiriqlar
5.1-topshiriq. Quyida keltirilgan fikrlar bilan tanishing va ularni mazmunan guruh rahbarining qaysi funksiyasini ifoda etishini aniqlang.
1) hududiy, mikromuhit, ta’lim muassasasi, o‘quvchilarning o‘zlarini rivojlantirish bilan bog‘liq ulardagi ijobiy tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash;
2) o‘quvchilar tarbiyasidagi mavjud holat va doimiy o‘zgarishlarni aniqlab borish, tarbiyalanuvchi shaxsi hamda individual rivojlanishini tadqiq va tahlil etish, samarali natijalarga erishilmayotganligining sabablarini izlash;
3) o‘quvchilar bilan birgalikda tarbiyaviy faoliyatga doir maqsadlarni aniqlashtirish, guruh rahbarining burchi o‘quvchilarning yoshi va guruh jamoasining shakllanganlik darajasini hisobga olish;
4) o‘z-o‘zining va guruh jamoasi faoliyatini oqilona tashkil etishga yordam berish, pedagogik faoliyatning ketma-ketligini belgilash, pedagogik jarayonning ketma-ketligi, izchilligi, tizimliligini ta’minlash;
5) tarbiyalanuvchilarning jismoniy, aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi uchun shart-sharoityaratish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga muvafaqqiyatli moslashuvini ta’minlash.

5.2-topshiriq. Quyida keltirilgan muammoli pedagogik masalalar bilan tanishing va ularning echimini toping.


1-masala.guruhni bir necha yil davomida saylangan qat’iy faollar boshqarib,boshqa a’zolar ularga bo‘ysunib kelishdi. Keyinchalik esa, ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. YAngi guruh rahbari avvalgi o‘qituvchining xatosini to‘g‘rilash maqsadida qat’iy chora ko‘rdi.Guruhda qat’iy saylov o‘tkazilib, avvalgi faollar o‘rniga o‘quvchilar orasidan yangi faollar saylandi. Lekin oradan bir oz vaqt o‘tib, saylov o‘zini oqlamaganligini ko‘rsatdi.yangi saylangan faollarning bir qismi o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortishsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o‘rnatishga harakat qilishdi.Guruhda yangi norasmiy guruhlar tashkil topib,befarq, mas’uliyasiz o‘quvchilar soni ikki barobar ortdi.
Sinf rahbari qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak edi? Qanday yo‘l bilan faolning jamoani jipslashtirishiga erishish mumkin?
2-masala.guruh rahbari sotsiometriya metodini qo‘llash orqali guruhdagi kamsuqum Aziza guruh sardori Dildoradan ko‘ra katta obro‘ga ega ekanligini aniqladi.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra Dildora guruh sardori sifatida noto‘g‘ri saylangan, uni Aziza bilan almashtirish kerak, degan xulosaga kelish mumkinmi? Guruh rahbari mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?
3-masala. YOsh o‘qituvchini IX sinfga rahbar etib tayinlashdi. Bu sinf ancha murakkab bo‘lgan va yaqinda qayta tuzilgan edi. Ana shu sababli sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o‘qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda o‘tkazilgan har bir tadbir o‘zaro sog‘lom munosabatni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan edi. Sinf o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida shunday yozadi: “Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu erda mening diomo yordamga tayyor do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda mazmunsiz hayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni sevishga, ularning mehrini qozonishga, o‘z xatti-harakatlarim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror zarar etkazishdan xavotirlanaman”.
YOsh sinf rahbari faoliyatini tahlil eting. Ancha jiddiy e’tiborni talab etadigan sinfda ijobiy natijalarga erishishga nima yordam berdi deb hisoblaysiz?
6-topshiriq. Quyida keltirilgan fikrlarni o‘qing va ularni ikki –guruh rahbarining huquqlari va majburiyatlari tarzida turkumlang.
1. Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishi haqida ma’lumotlar olish.
2. Murakkab muammolarni hal etishda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish.
3. Har bir o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish.
4. O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini nazorat qilish.
5. O‘quvchilarning shaxsiy salohiyatining rivojlanishi uchun sinfda maqbul ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
6. Mazkur guruhda dars beradigan o‘qituvchilar ishini muvofiqlashtirish.
7. Maktab jamoasidan zurar pedagogik yordam olish.
8. Ota-onalar bilan aloqa o‘rnatish va ularga tarbiyaviy ishda yordam berish.
9.Bolalar bilan indiviudal ishlash tartibini aniqlashtirish.
10. “Kichik pedkengash”, pedagogik konsilium, mavzuli va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali guruh o‘quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin