II. (Qish fasli ) 1. (Ekologik mavzuda seminar)
2. (Ekoviktorina)
3. (Videofil’m, videoroliklar namoyishi)
4. (Ekologik harakat faollari bilan uchrashuv)
5. (Tabiat muzeyiga sayohat)
III. (Bahor fasli ) 1. (Ekotadbir).
2. (Tabiat qo‘yniga sayohat).
3. (“Navro‘z” bayramini o‘tkazish).
4. (“Gullar va qushlar” bayrami).
4-topshiriq. “Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga erishish nima uchun zarur?” mavzusida erkin yozish va muhokama qilish. Topshiriq:“Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga erishish nima uchun zarur?” mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma:
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi mahlum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. CHunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.
9-topshiriq. O‘ylang / juftliklarda fikr almashing. Quyida keltirilgan SHarq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir qarashlari bilan tanishing va ularni muhokama qiling.
1.Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi (Abu Nasr Forobiy).
2. Insonga er yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun xar bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim (Abu Rayxon Beruniy).
3. Ma’lumki, inson hech qachon tug‘ilganda yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi... Biroq har bir kishida biron bir fazilatga yoki qabixlikka mayl, qobiliyat bo‘ladi: 1. Fikriy fazilat aqliy quvvatga kirib, aqllilik, donolik fahm-farosatlilik zehnlilikdan iborat. 2. Xulqiy fazilat – intiluvchi quvvatga kirib iffat, injoat, sahiylik va adolatlilikni o‘z ichiga oladi. YOmon fazilatlar razillikdir (Abu Nasr Forobiy).
4. YAxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo‘ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo‘lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo‘r bo‘ladi (Abu Ali ibn Sino).
5. Kishi ikki narsa bilan xayotda mangu qoladi: biri xushxulqlik bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi so‘z (YUsuf Xos Xojib).
6. Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmagil. Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat etadi, sening ko‘nglingga ham undan ziyodroq shodlik va yozish xuramlik etishur. Demak, bu jahonda yaxshilik va yomonlik mukofoti, albatta, etgusidur. Yаxshilikning yaxshilik bilan qaytishi ayni haqiqatdir (Kaykovus).
7. Insonda ikki narsa bo‘lsa unga muruvvat yo‘li yopiladi: biri bexuda so‘zlarni ko‘p gapirsa, ikkinchisi, uning so‘zlari yolg‘on bo‘lsa (Ahmad YUgnakiy).
8. Ulug‘likka etsang, unutma o‘zing
Agar atlas kiysang, unutma bo‘zing (Ahmad YUgnakiy).
9. Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham uluglaydi (Amir Temur).