Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua


Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə28/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.

Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning aniq sharoitlaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’ektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi.
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda aniqlashtiriladi;
ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi;
ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog‘liq;
ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga; o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga bog‘liq;
ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korreksiyaga, ta’sir ko‘rsatishning asoslanganligiga bog‘liq;
ta’limda rag‘batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liq.
SHuningdek, pedagogikada ta’ limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud:

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin