O‘qitishningtarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. O‘qitishningrivojlantiruvchi vazifasio‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi. 5.O‘qitish jarayonining bosqichlari.O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentlarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak. O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat: o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;
bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi;
hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash (kompetensiyalarni tarkib toptirish).
Har bir bosqich uchun o‘quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o‘qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi.