Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə38/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

Kompetensiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. CHunki umumta’lim maktabi o‘quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.
Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqelikning aniq belgilangan ob’ektlariga munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma’no-mazmun) yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir.
O‘quvchi uchun kompetensiya - bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq mo‘ljal(orientir). Biroq maktab ta’limi davrida o‘quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi.
Umumta’limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. YAna shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab ta’limi davrida o‘quvchi eng asosiy - fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning etakchilik roli saqlanib qolishi zarur.


2.TA’LIM MAZMUNINI LOYIHALASH TAMOYILLARI VA MEZONLARI
Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin