Pedagogik-psixologik talablar: keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.
Estetik talablar: imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi;
matnlar o‘quvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi;
bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;
rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.
Gigienik talablar: matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo‘lishi;
harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida" 2015 yil 3 iyundagi 146-son qarori talablariga mos bo‘lishi lozim.
STEAM ta’lim. STEAM ta’lim texnologiyasi maktab o‘quvchilarini yangicha o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida to‘rtta – fan texnologiya, muhandislik, tasviriy san’at, matematika bo‘yicha o‘qitishga mo‘ljallangan. STEAM fan bo‘yicha emas, balki mavzular bo‘yicha integratsiyalashgan o‘qitish tizimidir.
STEAM ta’limi amaliy mashg‘ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash tushuniladi.
Prezident maktablarida “STEAM” ta’lim dasturi asosida o‘qish tashkil qilinishi, 9-11-sinflarda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqishiga qarab ayrim fanlarni tanlash orqali individual bilim olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi bilan umumta’lim maktablaridan tubdan farq qiladi. CHunki Prezident maktablarining asosiy vazifalaridan biri – tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning innovatsion bilimlarni o‘zlashtirishi, ularning intellektual, ilmiy-ijodiy salohiyatlarini ochib berish va rivojlantirishdan iborat.
STEAM yondashuviga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalari Kembrij universiteti, shu jumladan Oksforduniversitetining Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan chop etilgan. Kembrij taklif qilayotgan o‘quv dasturining asosiy afzalligi jahon mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, o‘quvchilarda tegishli zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga urg‘u berishdir.
O‘quvchilarga mazkur fanlarni o‘qitishda malakali mahalliy o‘qituvchilar bilan bir qatorda, xorijlik o‘qituvchilar ham hamkorlikda saboq beradilar. YUqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga yollashda mazkur yo‘nalishda ko‘p yillik tajribaga ega “Teachaway” (Kanada) va “TIC Recruitment” (Buyuk Britaniya) rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.
9-11-sinf o‘quvchilarining qiziqishlari va xususiyatlariga qarab, Prezident maktabida ta’lim o‘quv jarayonini individualizatsiya qilingan holda olib boriladi.
Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro nufuzli oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rishadi.
STEAM ta’lim tizimi nima?
Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: STEAM bu — S – science, T – technology , E– engineering, A – art va M – math.
Ingliz tilida bu shunday bo‘ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotganini unutmang. SHuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.