Qiziqishlar markazi – muayyan bir mavzuga tegishli turli kolleksiya va ekspozitsiyalar orqali o‘quvchilarni qiziqishlarini orttirishga hizmat qiladi. Masalan o‘quvchilarga o‘zlarining etnik eklib chiqishlarini izohlovchi turli materiallar, oila shajarasining rasmlarini maktabga olib kelish va uni sinfdoshlariga so‘zlab berish vazifasi topshiriladi. Bu metod orqali o‘quvchilarning dunyo millatlarini kelib chiqishini o‘rganishga qiziqishlari ortadi va o‘zga madaniyat namoyondalarini hurmat qilishgao‘rgatiladi
Hamkorlikda o‘qitish-yuklatilgan vazifa va muammolarni bir guruh bo‘lib hal etishga o‘rgatadi.
Ommaviy madaniyat tazyiqi - ommaviy axborot vositalari umuman ommaga qarshi tura olishga va turli stereotiplarni engishga o‘rgatadi.
Debat – muayyan mavzu yoki muammoli vaziyatga turli nuqtai nazarlar bilan yondoshish va o‘z fikrini omma oldida himoya qilishga o‘rgatadi.
Debrifing – muayyan tajriba yoki sinovdan so‘ng o‘z hissiy kechinmalari va intelektual zaxiralari bilan almashinishdan iborat bo‘ladi.
Demonstratsiya – muayyan jarayon yoki qurilmani sihlash va faoliyat yuritishini ko‘rsatish ya’ni namoyish qilishdir.
Kashfiyot yoki tadqiqotchilik – muayyan vaziyat yoki holatga nisbatan yangilik yoki o‘z nuqtai nazarni ilgari surishni taqazo etadi.
Diskussiya –muayyan mavzu, vaziyat yoki holatni muhokama qilish.5