GLOSSARIY Ma'lumot – bunda nafaqat o‘qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta'sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishi ko‘zda tutiladi.
Inson kamoloti – bu insonning keng ma'noda ichki va tashqi omillar ta'sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etilishi ta'kidlanadi.
Individ – To‘g‘ilgandan bir yoshgacha bo‘lgan bola chaqaloqlik davri, go‘daklik davri.
Rivojlanish – Vazmning oshishi suyak va muskul to‘zilishining, tanosil a'zolarining nerv funksional faoliyatining kamol topishi, aql – zakovatining shakllanishidan iborat.
Irsiyat - Bolaga nasldan – naslga o‘tadigan biologik xususiyatlar o‘xshashliklar.
Muhit - Kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealar yig‘indisidan iborat. Individuallik - shaxsning o'ziga xos xususiyatlari.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo'lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Faoliyat — shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko'rinishi.
Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me'yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o'zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Dars – ta'limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta'lim jarayoning yaxlitligi nuqtai nazaridan ta'limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi.
Tizim – o‘zining xossalari va bog‘lanishlari bo‘yicha u yoki bu tartibdagi o‘zaro bog‘liq ko‘p elementlardir.
Sinf – yoshi va bilimi jixatdan bir xil bo‘lgan ma'lum miqdordagi o‘quvchilar guruxidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik – T.:SANO-STANDART 2017
Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012.