Uy vazifasi uchun topshiriqlar. 1.So‘fiylik ta’limotida etuk inson muammosini talqin etilishini izohlab bering.
Adabiyotlar: Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
7-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: ABU NASR FAROBIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI.ABU ALI IBN SINO TA’LIM –TARBIYA HAQIDA Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarda hozirgi kunda Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino pedagogik merosini o‘rganish bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish.
Amaliy mashg‘ulotning rejasi. Forobiyning ilmiy-falsafiy ta’limoti.
Forobiy axloqiy, ijtimoiy, nafosat tarbiyasi haqida.
Forobiyning fozil insonni shakllantirishga oid qarashlarining hozirgi davrdagi ahamiyati.
Ibn Sino fanlar tasnifi to‘g‘risida. Ibn Sino aqliy va jismoniy tarbiya haqida.
Abu Ali ibn Sino ta’limotida ta’lim va tarbiya usullari, shakl va metodlari.
Ibn Sino pedagogik qarashlarining hozirgi davrdagi ahamiyati.
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar. topshiriq.Mavzu yuzasidan quyidagi testlarni ishlang.
1. Abu Nasr Forobiyning fikriga ko‘ra insonda go‘zal fazilat qanday hosil qilishini aniqlang.
a) Forobiy insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi har ikkalasi birlashsa, etuklik nomoyon bo‘ladi deb hisoblaydi.
b) Forobiy insonda go‘zal fazilatlar faqat ta’lim yo‘li bilan hosil qilinadi deb hisoblaydi.
v) Forobiyning fikricha insonda go‘zal fazilatlar faqat tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi.
2. Ibn Sino inson kamolotida qanday tarbiyalarning aloqada amalga oshirishning ilmiy ta’limotini, usullarini yaratdi.
a) Aqliy, axloqiy, jismoniy.
b) Aqliy, axloqiy, estetik.
v) Aqliy, axloqiy, iqtisodiy.
3. Ibn Sino inson salomatligini saqlash faoliyatining boshqa barcha tomonlarini bilan bog‘lab olib borish g‘oyasini qaysi asarida ilgari suradi.
a) "Xay ibn YAkzon".
b) "Kitob at - ishorat va at tanbixon".
v) "Tib qonunlari".
4. Kimga qanday pandu-nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil.
a)Amir Unsurul-Maoliy Kaykovus.
b)Abu Ali ibn Sino.
v)Axmad YUgnakiy.
5.SHarq “Uyg‘onish davri”ga oid ilm-fan rivojlanishidagi uch yo‘nalish bu
A)Matematika –tibbiyot, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’limiy-axloqiy.
B)Ta’limiy falsafiy, ta’limiy-axloqiy, matematika-tabiyot.
V)Matematika-tabiyot, ijtimoiy-falsafiy, ta’limiy-axloqiy.
6. Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ta’lim-tarbiyaga ta’rif bergan alloma....
A)Al-Xorazmiy.
B)Al-Farobiy.
V) Al-Farg‘oniy.
7. “Donishnoma” asarining muallifi
A) Ibn Sino.
B) Farobiy.
V) Al-Motrudiy.