Biror ilmni (bilimni) baland ovoz bilan aytmoqning mumkinligi xaqida.
Sahoba Abdullox ibn Amr aytadilar: «Rasululloh sallalloh alayhi va sallam bir safar vaktida bizdan orkada koldilar. Asr nomozi o‘qiydigan vaktda bizga etib oladilar. Biz tahorat olayotgan edik, oyoqlarimizni, suv bilan artayotganimizda (suvni kam ishlatish maksadida) Rasulullox baland ovoz bilan: «It azobidan oyoq kaftlarining xoliga voy!» - deb 3 marta nido qildilar».
Ilmu xikmatni orzu qilmoq.
Xazrat Umar raziyallox anxu bunday deganlar:”Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chukur o‘rganing. Rasulullox sallalohu alayxi va sallamning saxobalari yoshlari ulg‘ayganda xam ilm o‘rganganlar. Rasulullox sallalohu alayxi va sallam:”Ikki narsadan o‘zgasiga xasad qilmoq joiz ermas,bir kishiga ollox taolo xalol mol-dunyo bersa-yu,uni xak yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa,ikkinchisi-kishiga ollox taolo ilmu xikmat ato etsa-yu,u shu tufayli oliy makomga erishib,xukm surayotgan,odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘lsa”,-deganlar”.
Ilm fazilatlari xakida.
Rasulullox aytganlar:”Tushimda menga bir idishda sut keltirildi, qongunimcha ichdim, xatto tirnoklarimdan sut chiqqanini ko‘rdim” . Saxobalar so‘radilar: «YO Rasulullox, sutni nimaga yo‘ydingiz?», «Ilmga»- dedilar Rasulullox sallalohu alayxi va sallam.
2- topshiriq. Mavzu yuzasidan quyidagi testlarni ishlang.
So‘fi Olloyorning fiqx ilmiga oid yaratgan asarlari:
A) Siroj ul-ojizin, Sabot ul-ojizin
B) Lison-ut tayr, Xamsa
V) SHajarai-turk, Gulshan ul-mulk
G) Boburnoma, Xumoyunnoma
D) Axloqi Muxsiniy
Nechanchi asrlar Xadis ilmi uchun oltin davr xisoblanadi?
A)VIII-IX asrlar
B) VI-VII asrlar
V) XVIII-XIX asrlar
G) XV-XVI asrlar
D) XVI-XVII asrlar
Pedagogika tarixida birinchi bo‘lib yoshni davrlarga bo‘lishga urinib ko‘rgan olim.
A) Arastu
B) Demokrit
V) Suqrot
G) Pifagor
D) Platon
Sufiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo‘lida to‘rt bosqichni bosib o‘tish kerak deb xisoblaydilar.
A) muruvvat, shariat, xaqiqat, mehr
B) saxovat, tariqat, ma’naviyat, savob
V) xaqiat, tariqat, baxt, saodat
G) SHariat, xaqiqat, tariqat, ma’rifat
D) SHariat, ma’rifat, ixlos, osudalik
Xujjatul- islom laqabini olgan sufiylik asoschisini ko‘rsating
A) Imom G‘azzoliy
B) Axmad YAssaviy
V) YUsuf Xamadoniy
G) Xoja Abdulloh G‘ijduvoniy
D) Mansur Xalloj
Dostları ilə paylaş: |